Doimiy xotira
. Kompyuterlarda berilganlar unga avvaldan joylashtirilgan
doimiy xotira (BIOS-Basic Input- Output System-kiritish chiqarishning asosiy
sistemasi) mavjud. Bunday xotiradan faqat o`qish mumkin. Shuning uchun ham
u ROM (Read Only Memory-faqat o`qish uchun) deb ataladi. IBM PC
kompyuterlarda bu xotira kompyuter jihozlarini ishlashini tekshirish, operatsion
sistemasini boshlang‘ich yuklanishini ta‘minlash, qurilmalarga xizmat
ko`rsatishning asosiy funksiyalarini bajarish uchun ishlatiladi.
Kesh xotira
. Kesh xotira kompyuterning ishlash tezligini oshirish uchun
ishlatiladi. U tezkor xotira va mikroprotsessor orasida joylashgan bo`lib, uning
yordamida amallar bajarish tezkor xotira orqali bajariladigan amallardan ancha
tez bajariladi. Shuning uchun kompyuter xotiraning ko`proq ishlatiladigan qismi
nusxasini kesh xotirada saqlab turadi. Mikroprotsessorning xotiraga
murojaatida, avvalo, kerakli programma va berilganlar kesh xotirada qidiriladi.
Berilganlarni kesh xotirada qidirish vaqti tezkor xotiradagiga nisbatan ancha
kam bo`lgani uchun kesh xotira bilan ishlash vaqti ancha kam bo`ladi.
PENTIUM_2,3 kompyuterlarda kesh xotira hajmi 512 K ni tashkil qiladi.
Videoxotira.
Videoxotira
monitor
ekraniga
Videoma‘lumotlarni
(videotasvirlarni) saqlab turish uchun ishlatiladi. Shuni aytish lozimki,
videotasvirlar (ayniqsa rangli) kompyuter xotirasida ko`p joy egallaydi. Shuning
uchun Videoxotira hajmi qancha katta bo`lsa, shuncha yaxshi albatta.
Videoxotiraning 1 Mbaytdan kam bo`lmagani yaxshi.
Shina
. Kompyuterda har bir qurilmaning ishini boshqaruvchi electron sxemalar
mavjud bo`lib, ular adapterlar (moslovchilar) deb ataladi. Barcha adapterlar
mikroprotsessor va xotira orqali berilganlarni ayirboshlovchi magistral yo`l deb
ataluvchi shinalar orqali bog`langan bo`ladi. Shunday qilib, oddiy so`z bilan
aytsak, shinalar turli qurilmalarni bog`lovchi maxsus simlardir. Kompyuterda bir
qancha shinalar bo`lishi mumkin. Kompyuterlarning elektron sxemasi electron
plata deb ataluvchi modullardan iborat. Uning modul tuzilishiga ega bo`lishi
kompyuterlar ta‘mirini oson bajarish, uni foydalanuvchi ehtiyojiga qarab yig‘ish
va o`zgartirish imkoniyatini beradi. Sistema platasi kompyuterning asosiy
platasi hisoblanib, unga BIOS, mikroprotsessor, tezkor xotira, kesh xotira,
shinalar joylashtirilgan bo`ladi. Bundan tashqari, unda ba‘zi bir qurilmalar, ishni
boshqaruvchi elektron sxemalar, klaviatura, disk qurilmalari adapteri ham
joylashgan bo`ladi. Hozirda shinalarning PCI ISA turi keng ishlatilmoqda.
Bunday shinalarning ma‘lumot ayirboshlashi tezligi yuqori bo`lib, u orqali
kompyuterga ko`p tashqi qurilmalarni ulash mumkin. Kompyuterda kiritish-
chiqarish portlari kontrolerlari mavjud bo`lib, ular sistema blokining orqa
qismida joylashgan slot deb ataluvchi joylar orqali printer, sichqoncha va
boshqa qurilmalar ulanishi uchun xizmat qiladi. Kiritish-chiqarish portlari
parallel va ketma-ket bo`ladi va ular mos ravishda LPT1-LPT4 va COM1-
COM3 deb belgilanadi. Odatda LPT portga printer va COM portga faks-modem,
sichqoncha va boshqa qurilmalar ulanadi.
Monitor
. Monitor (displey) kompyuterda matn va grafik ma‘lumotlarni
tasvirlash (ko`rish) uchun xizmat qiladi. Garchand tashqi ko`rinishidan u
televizorga o`xshab ketsada, ular bajaradigan ishlari bilan keskin farq qiladilar.
Monitorlar rangli va rangsiz bo`ladi. Kompyuter tarqatadigan nur umuman
aytganda zararli, shuning uchun ham ba‘zi kompyuterlarda past radiatsiya
(Lowe radiation) so`zlarini uchratish mumkin. Lekin ularning inson organizmiga
ta‘siri tobora kamayib boradigan rusumlari yaratilmoqda. Buning misoli keyingi
yillarda chiqarilgan 17-21 dyymli SVGA (SUPER VideoGrafic Adapter-katta
Videografik adapter) monitorlarda nurlarning ta‘sirini ancha kamaytirilishiga
erishilganligini keltirish mumkin. Monitor asosiy xarakteristikalaridan biri uning
tasvirlash qobiliyatidir. Tasvirlash qobiliyati ekranning gorizontali va
vertikalidagi nuqtalar soni bilan beriladi. Masalan 14 dyymli monitorda
tasvirlash qobiliyati 800×600, 1 dyymli monitorda 1024×768, 17 dyymli
monitorda 1280×1024 va 21 dyymli monitorda esa 1600×1200. Bundan
tashqari, monitorning yana bir xarakteristikasi tasvirlarni hosil qiluvchi piksellar
(nuqtalar) o`lchovining katta-kichikligidir.
Tasvirlash qobiliyati 800×600 ga teng bo`lgan monitorlarda piksel 0,31mm ga,
1024x768ga teng bo`lgan monitorlarda esa piksel 0,28 yoki 0,25ga teng bo`lishi
kerak. Monitorning tez ishlashi uning adapteriga bog`liq bo`ladi. Matn rejimida
monitorlar nisbatan tez ishlasada, grafik rejimda u sekinroq ishlaydi. Uning
tezligini oshirish yo`llari ham mavjud.
Dostları ilə paylaş: |