Shaxsiy kompyuter arxitekturasi va ofYendirboyeva Zumrad Zohidjon qizi
MMX Pentium protsessori . Intel firmasining keyingi avlod protsessori sifatida
1997 yil yanvar oyidan boshlab chiqarilayotgan MMX (Matrix Multiplication
Extension) Pentium protsessorini aytish mumkin. Dastavval bu protsessor
matritsalarni ko`paytirish uchun kengaytma nomi bilan atalgan bo`lsa,
keyinchalik MultiMedia YExtension-multimedia uchun kengaytma deb atala
boshladi. Bu yangi protsessorni ishlab chiqishdan maqsad, keyingi yillarda
ommaviy qo`llanilib borilayotgan kompyuterning multimedia (ovozi, grafik,
tasvir) imkoniyatlarini har tomonlama barkamollik darajasiga ko`tarish,
multimedia amaliyotlarni tez bajarishni ta‘minlashdan iborat. Bu amallar
qatoriga, jumladan multimedia berilganlarini, ikki va uch o`lchovli grafikalarni
tez bajarish kiradi. Shu bilan birga bu protsessor ko`paytirish va qo`shish
amallarini ko`proq ishlatadigan amaliy programmalarda amallarni tezroq
bajarishga qaratilgan. Shuning uchun ham uni ko`proq matematik soprotsessorni
talab qilmaydigan, butun sonlar bilan ishlash bilan bog`liq masalalarni
yechishda qo`llash maqsadga muvofiq bo`lsada, tajribalar uning har tomonlama
ustunligini ko`rsatadi.
Xotiraning katta-kichikligiga qarab u yoki bu programmalar majmuini ishlata
olish mumkin. Misol uchun 1 Megabayt xotiraga ega kompyuterlarda faqat DOS
sistemasida ishlash mumkin bo`lsa, 4 Megabaytli kompyuterlarda imkoniyatlari
ko`proq
bo`lgan
programmalarni,
xususan
WINDOWS
3.1,3.11
programmalarini ishlatish mumkin. WINDOWS 95 ni to`laqonli ishlashi uchun
16 Megabayt xotira va kamida 486 protsessorli kompyuter, WINDOWS 98,
2000 operatsio sistemasida ishlash uchun, Foto‗Shop, Corell Drawe va boshqa
hozirgi zamon programmalarini ishlatish uchun kamida 32 Mbayt xotirali va
PENTIUM_2,3 protsessorli kompyuterlar lozimdir. Bu ko`rsatkichlar yangi
protsessorlar va programma mahsulotlarini paydo‗bo`lishi bilan yil sayin oshib
boradi.