O‘qitish materiallar I to‘plami shaxsiy kompyuter arxitekturasi va jihozlariga texnik xizmat ko



Yüklə 4,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə358/365
tarix19.12.2023
ölçüsü4,98 Mb.
#184900
1   ...   354   355   356   357   358   359   360   361   ...   365
Shaxsiy kompyuter arxitekturasi va ofYendirboyeva Zumrad Zohidjon qizi

Nazorat savollari: 
1.
Kompyuterning Qurilmalari 
2.
MMX Pentium protsessori 
3.
Doimiy xotira 
4.
Kesh xotira
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
R.N.Usmonov, F.A. Raxmatov, B.M.Nurmetov ―Kompyuter 
tizimlariga texnik xizmat ko‘rsatish‖, Toshkent –―ILM ZIYO‖-2012 
2.
N.Xodjayev, R.E.Yaxshiboyev, N.V.Grinyuk ―Shaxsiy kompyuter 
arxitekturasi va texnik xizmat ko‘rsatish‖ , ―Fidokor Yosh Avlod‖ 
Toshkent-2021 
Internet saytlari 
3.
Arxiv.uz 
4.
Ziyonet.uz 
56-Mavzu: Kompyuter dasturini yangilash 
Reja: 
1.
Windows operatsion tizimi. 
2.
Operatsion tizimda ishlash. 
3.
Shutdown komandasi bilan tanishish 
Windows operatsion tizimida kompyuterni avtomat o‗chirish usullari 
Kompyuter bilan ishlash davomida, kompyuter yordamida uzoq vaqt 
bajariladigan ishlarga duch kelib qolamiz. Bu vazifalarni bajarishni kechqurunga 
qo‗yib, keyin uxlashga yotamiz. Misol uchun, katta hajmdagi fayllarni 
internetdan ko‗chirish, disklarni defragmentatsiya qilish, katta hajmdagi 
fayllarni arxivlash,… 
Bu vazifalar kechaning biror qismida yakunlanadi, lekin kompyuter ishlashda 
davom etadi. Ertalab uyg‗onganingizdan so‗ng, kompyuterni o‗chirasiz. Bundan 
ko‗rinib turibdiki, kompyuter kechaning bir qismida hech qanday vazifa 
bajarmaydi va bekor yoqilib turadi. Bu esa elektr energiyani zoya ketishiga olib 
keladi. Yuqoridagiga o‗xshagan muammolarni yechish uchun, operatsion 
tizimlarda, kompyuterni avtomat o‗chirish funksiyasi ishlab chiqilgan. Bu 
maqolamda Windows 7 operatsion tizimida tekshirib ko‗rilgan, kompyuterni 


avtomat o‗chirish funksiyasini ishlatishni ko‗rsataman. Qanday qilib 
kompyuterni avtomat o‗chirish mumkinligini 2 usulini yoritib beraman. 
Birinchisi «komandnaya stroka» orqali, ikkinchisi grafika orqali. Birinchi usuli 
Windows operatsion tizimining boshqa versiyalarida ham ishlaydi, grafik usuli 
esa Windowsning boshqa versiyalarida boshqacha ko‗rinishga ega bo‗lishi 
mumkin. Windows operatsion tizimida kompyuterni o‗chirishga, «shutdown» 
komandasi javob beradi. Bu komanda bilan birga bir necha kalit harflarni ham 
berish mumkin. Demak boshladik. 
1-usul: PUSK -> Programmi -> Standartnie -> Komandnaya stroka, yoki PUSK 
-> Vipolnit -> cmd 
Bu qora ekranga quyidagi komandani berib, shutdown komandasining barcha 
kalit harflarini ko‗rib olishimiz mumkin. 
C:\> shutdown /? 
Biz uchun eng muhim 3 ta kalit harf mavjud, bular: 
S — kompyuterni o‗chirish(aktiv dasturlar bo‗lsa ham). 
T — nechi soniyadan so‗ng o‗chirish kerakligini berish 
A— o‗chirishni bekor qilish 
davom etamiz, kompyuterni avtomat o‗chirish uchun, quyidagi komandani qora 
ekran(cmd)ga yozamiz. 
C:\> shutdown -s -t 3600 
Bu komanda orqali biz, operatsion tizimga, 1 soatdan so‗ng kompyuterini 
o‗chirishimiz kerakligini bildirmoqdamiz(vaqtni istalgancha o‗zgartirishimiz 
mumkin, faqat sekundda berish lozim). Shundan so‗ng hisoblagich ishga tushadi 
va 1 soatni hisoblashni boshlaydi. Bu komandani bekor qilish uchun quyidagi 
komanda beriladi. C:\> shutdown -a 

Yüklə 4,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   354   355   356   357   358   359   360   361   ...   365




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin