Umumiy qoidalar


-modda. Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish hamda



Yüklə 2,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə249/274
tarix19.12.2023
ölçüsü2,53 Mb.
#184929
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   274
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

278-modda. Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish hamda
o‘tkazish
Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni qonunga xilof ravishda tashkil etish
yoki o‘tkazish, shu jumladan ana shunday o‘yinlar uchun qimorxonalar tashkil etish yoki ularni
saqlash —
yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar:
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan bo‘lsa;
b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab, —
yetti yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Voyaga yetmagan shaxsni qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarga jalb qilish,
shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima
yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan
jazolanadi.
(278-modda uchinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 191-moddasining
ikkinchi qismi
.
Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish yoki o‘tkazish uchun
telekommunikatsiya tarmoqlarida, shu jumladan Internet jahon axborot tarmog‘i provayderlari
tomonidan xizmatlar ko‘rsatish, tegishli dasturiy ta’minotdan nusxa ko‘paytirish, uni ko‘paytirish,
tarqatish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima
yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq
tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(278-modda to‘rtinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 191-moddasining
uchinchi qismi
.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 28-martdagi
PQ-608-sonli “Qimor o‘yinlarini tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq noqonuniy faoliyatning oldini olish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 
qarori
va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 16-
avgustdagi 176-sonli “Qimor o‘yinlarini tashkil etish va o‘tkazishni yanada tartibga solish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi 
qarori
.


(278-modda to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-109-sonli
Qonuni
 tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 37-38-son, 377-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.

Yüklə 2,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin