278 -modda. Kompyuter axborotini modifikatsiyalashtirish Kompyuter axborotini modifikatsiyalashtirish, ya’ni kompyuter tizimida saqlanayotgan
axborotni qonunga xilof ravishda o‘zgartirish, unga shikast yetkazish, uni o‘chirish, xuddi
shuningdek bila turib unga yolg‘on axborotni kiritish fuqarolarning huquqlariga yoki qonun bilan
qo‘riqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga ko‘p miqdorda zarar yoxud
jiddiy ziyon yetkazilishiga sabab bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang. bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yilgacha axloq
tuzatish ishlari yoki ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish
bilan jazolanadi.
(278 -modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ- 586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) O‘sha harakatlar:
a) juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
v) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang. bir yildan ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash
yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(278 -modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi O‘RQ- 389-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda) 278 -modda. Kompyuter sabotaji O‘zganing kompyuter uskunasini yoki xizmatda foydalaniladigan kompyuter uskunasini
qasddan ishdan chiqarish, xuddi shuningdek kompyuter tizimini buzish (kompyuter sabotaji) —
Oldingi tahrirga qarang. 3 3 3 3