Jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish mahkum:
a) ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan yoki uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyati uchun sud tayinlagan
jazo muddatining kamida uchdan bir qismini;
Oldingi
tahrirga qarang.
b) og‘ir
jinoyati uchun, shuningdek qasddan sodir etgan jinoyati uchun, agar shaxs ilgari
qasddan sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan bo‘lsa, sud
tayinlagan jazo muddatining kamida uchdan ikki qismini;
(73-modda uchinchi qismining “b” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 23-martdagi O‘RQ-
825-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 03/23/825/0164-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
v) o‘ta og‘ir jinoyati uchun, shuningdek jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan yoki
jazosi yengilrog‘i bilan almashtirilgan shaxs jazoning o‘talmagan qismi mobaynida qasddan yangi
jinoyat sodir etganligi uchun hukm qilingan bo‘lsa, sud tayinlagan
jazo muddatining kamida
to‘rtdan uch qismini haqiqatda o‘tab bo‘lganidan keyin qo‘llanilishi mumkin.
(73-modda uchinchi qismining “v” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 23-martdagi O‘RQ-
825-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 03/23/825/0164-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining
536-moddasi
.
Jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish:
Oldingi
tahrirga qarang.
a) umrbod yoki uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilgan shaxsga;
(73-modda to‘rtinchi qismining “a” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 11-iyuldagi O‘RQ-99-
sonli
Qonuni
tahririda — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 6-son, 248-modda)
b) o‘ta xavfli retsidivistga;
v) uyushgan guruh yoki jinoiy uyushmaning tashkilotchi va qatnashuvchilariga;
Oldingi
tahrirga qarang.
g) javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o‘ldirganlik, o‘n sakkiz yoshga
to‘lmagan jabrlanuvchining nomusiga tekkanlik yoki unga nisbatan zo‘rlik ishlatib,
jinsiy ehtiyojni
g‘ayritabiiy usulda qondirganlik, o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxsni jinsiy aloqada bo‘lish yoki
jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirish bilan bog‘liq holda jinsiy aloqa qilishga majbur etganlik,
o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilganlik yoki jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda
qondirganlik yoki unga nisbatan uyatsiz-buzuq
harakatlar qilganlik, voyaga yetmagan shaxs
tavsiflangan yoki tasvirlangan pornografik mahsulotni tarqatish,
reklama qilish, namoyish etish
maqsadida O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirganlik, xuddi shuningdek uni tayyorlaganlik,
tarqatganlik, reklama
qilganlik, namoyish etganlik yoxud voyaga yetmagan shaxsni pornografik
xususiyatga ega harakatlarning ijrochisi sifatida jalb etganlik, voyaga yetmagan shaxsni jalb etgan
holda qo‘shmachilik qilganlik, fohishaxonalarni tashkil etganlik yoki saqlaganlik, O‘zbekiston
Respublikasiga, tinchlikka va insoniyat xavfsizligiga qarshi jinoyat sodir etganlik, yadroviy, kimyoviy,
biologik va boshqa xildagi ommaviy qirg‘in qurollarini, shunday qurollarni
ishlab chiqarish uchun
foydalanish mumkinligi ayon bo‘lgan material va uskunalarni, kontrabanda qilganlik uchun hukm
qilingan shaxslarga nisbatan qo‘llanilmaydi.
(73-modda to‘rtinchi qismining “g” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi O‘RQ-
829-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksi 112-moddasining
uchinchi qismi
va
164-
moddasi
.
Jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilinib, jazoning o‘talmagan qismi
mobaynida qasddan yangi jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan sud ushbu Kodeksning
60-
moddasida
nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq jazo tayinlaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro
etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning (ro‘yxat raqami: 2495, 29.07.2013-y.)
472 — 480-bandlari
.
LexUZ sharhi