taqdirda ham, sinov muddatini hisoblash shu kundan boshlanadi.
Shartli
hukm qilinganda, basharti, bunga asoslar mavjud bo‘lsa, sud mahkumga muayyan
vaqt mobaynida yetkazilgan zararni bartaraf qilish, ishga yoki o‘qishga kirish, yashash joyi, ish yoki
o‘qish joyi o‘zgarib qolsa, bu haqda shartli hukm qilingan shaxsning
xulqi ustidan nazorat olib
boruvchi organga xabar berib turish, vaqti-vaqti bilan kelib bu organlarda ro‘yxatdan o‘tib turish,
muayyan joylarda bo‘lmaslik, muayyan vaqtda yashash joyida bo‘lishi, alkogolizm, giyovandlik,
zaharvandlik yoki tanosil kasalligidan davolanish kursini o‘tashi kabi
majburiyatlarni yuklashi
mumkin.
Shartli hukm qilingan shaxslarning xulqi ustidan ichki ishlar organlari, harbiy xizmatchilar
xulqi ustidan esa, harbiy qism yoki muassasaning qo‘mondonligi nazorat olib boradi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksi 15-moddasining
birinchi qismi
,
32-bobi
(“Shartli hukm qilingan shaxslar ustidan nazorat”).
Hukm qilingan shaxsning xulqi ustidan nazorat olib boruvchi
organning taqdimi bilan sud
sinov muddati davomida unga yuklatilgan majburiyatlarning hammasini yoki bir qismini olib
tashlashi yoki uning zimmasiga yangi majburiyatlar yuklashi ham mumkin.
Agar shartli hukm qilingan shaxs sinov muddati davomida sud unga yuklagan
majburiyatlarni bajarmasa yoxud jamoat tartibi yoki mehnat intizomini
buzganligi uchun unga
ma’muriy yoki intizomiy ta’sir chorasi qo‘llanilgan bo‘lsa sud uning xulqi ustidan nazorat olib
boruvchi organ taqdimnomasiga binoan jazoning shartliligini bekor qilib,
hukmda tayinlangan
jazoni ijro etish to‘g‘risida ajrim chiqarishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining
535-moddasi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23-
maydagi 07-sonli “Sud hukmi to‘g‘risida”gi qarori 30-bandining
beshinchi xatboshisi
.
Oldingi
tahrirga qarang.
Shartli hukm o‘ta og‘ir jinoyati uchun hukm qilinganlarga, shuningdek ilgari qasddan sodir
etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum etish jazosiga hukm
qilingan shaxslarga nisbatan
qo‘llanilmaydi, o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar, birinchi va ikkinchi guruh nogironligi bo‘lgan
shaxslar, ayollar, shuningdek oltmish yoshdan oshgan shaxslar bundan mustasno.
(72-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi O‘RQ-770-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son)
Shartli hukm qilingan shaxs sinov muddati davomida yangi jinoyat sodir etsa, sud unga
nisbatan ushbu Kodeksning
60-moddasida
nazarda tutilgan qoidalar bo‘yicha jazo tayinlaydi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-
fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining
31 —
36 -bandlari
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 22-dekabrdagi 16-sonli “Sudlar
tomonidan amnistiya aktlarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarori 23-bandining
ikkinchi
xatboshisi
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 15-sentabrdagi 21-sonli “Voyaga
yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 10-bandining
birinchi
va
ikkinchi xatboshilari
.
Dostları ilə paylaş: