Yorqinoy mirzayeva tut ipak qurti


tiklovchi, silindrsimon va



Yüklə 7,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/87
tarix19.12.2023
ölçüsü7,12 Kb.
#185020
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   87
pdf

tiklovchi, silindrsimon va 
bokalsimon 
hujayralardan tuzilgan. 
Tiklovchi hujayralar mayda bo‘lib, epiteliy asosidagi uyalarda joylashgan. 
Bulardan epiteliy qavatning boshqa xil hujayralari rivojlanadi. Ular, ayniqsa, ichak 
o‘rta qismining oldingi va orqa tomonlarida ko‘p bo‘ladi. Bu yerlarda ichakning 
o‘rta qismi qurt tanasi kattalashgan sari o‘sib boradi. SHuning uchun tiklovchi 
hujayralar yangi silindrsimon, bokalsimon, o‘ziga o‘xshash tiklovchi hujayralar 
hosil qiladi. Mana shu hujayralar hisobiga o‘rta ichak o‘sadi. Ichakning oldingi va 
orqa tomonlarining o‘sishi hujayralar sonining ortishi hisobiga emas, balki ularning 
kattalashishi hisobiga bo‘ladi. 


Silindrsimon hujayralar o‘z nomidan bilinib turibdiki, silindr shaklidir. 
U markaziga joylashgan yumaloq yadrodan va bir xildagi mayda donli 
protoplazmadan tuzilgan. Bunday hujayralar, bokalsimon hujayralarga nisbatan 
ko‘proq o‘rta qismning oldingi tomonida uchraydi, silindrsimon hujayralarning 
asosiy vazifasi hazm qilish mahsulotlarini surish bo‘lsa kerak, deb taxmin qilinadi. 
Shu bilan birga qator tadqiqotchilar silindrik hujayralarning ovqat hazm 
bo‘lishida ishtirok etuvchi modda ajratish xususiyati borligini ko‘rsatib o‘tgan. Bu 
hujayralarning ayirish faoliyati, ayniqsa qurt och qolgan vaqtda, ya’ni ichak 
bo‘shagan vaqtda fol bo‘ladi. Bu holat boshqa holatlar kabi qurt uchun ovqatlanish 
bilan tinim davrining almashib turishi, ehtimol, fiziologik zaruriyat ekanligini 
ko‘rsatib turibdi. 
Bokalsimon hujayralar pastga tomon siqilib boradi. Bular pastki tomondan 
joylashgan yirik donli protoplazmadan va donli hujayralar suyuqligi bilan to‘lgan 
katta vakuoldan nisbatan kichik yadrodan iborat. 
Hujayra o‘zining keng tomoni bilan ichakning ichki bo‘shlig‘i tomonga 
qaragan. Bokalsimon hujayralar, asosan, ichak shirasi ajratadi. Bu shira bir oz 
yopishqoq bo‘lib, sariq-yashilsimon, suyuqligi kuchli ishqoriy xususiyatga ega. 
Hujayraning ichakning ichki tomoniga qaragan boshqa tomoni 
ko‘ndalang chiziqli ensiz hoshiya bilan qoplangan. Bu hoshiya uni teshib o‘tuvchi 
ko‘p sonli naychalardan hosil bo‘lgan. Uning vazifasi aniq emas, u hujayrali 
qavatni oziqning qattiq bo‘laklaridan himoya qilishi mumkin. Bu vazifani o‘rta 
ichakka xos bo‘lgan maxsus hosila – peritrofik membrana (parda) birmuncha 
yaxshiroq bajaradi. Ichak o‘rta qismining epitelial hujayralari membranani hosil 
qiladi. 


59 - rasm. A-Tut ipak qurtining 
uzunasiga kesimi. Ipakning uch bo‘limi. 
1.oldingi, 2 o‘rta.3.oxirgi qismlari. 4-
tomoq o‘tkazuvchi halqali klapan 5-orqa 
ichakning halqasimon klapani, 6-ingichka 
ichak. 7 –yug‘on ichak. 8-ichak oxirgi 
bo‘limining to‘g‘ri qismi(ichak) 
B-Tut ipak qurti ovqat hazm qilish 
traktining oldingi qismi,
1- qurtning boshi. 2- og‘iz voronkasi, 3-
tomoq, 
4-tomoq o‘tkazuvchi, 
5-tomoq o‘tkazuvchi halqali klapan 


60- rasm.Tut ipak qurti o‘rta 
ichagining gistologik tuzilishi. 
1-tomoq oldi pardasi 2-
(k)sekret tomchilari kelib 
tushadi(s). 3-epiteliyaning 
silindrsimon hujayralari. 
4-halqali muskullar. 
5-uzunasiga ketgan 
muskullar. 6-tiklovchi 
hujayralar uyasi. 
7- epiteliyaning bokalsimon 
hujayralar o‘yig‘ining ko‘nda- 
langiga ko‘rsatilgani 
8- traxeyani ko‘ndalang
kesimi. 
Membrana- strukturasiz yupqa tiniq parda bo‘lib, o‘rta ichakning 
epiteliysiga zich turmaydi. Bu parda epiteliy bilan o‘rta ichak oralig‘ida va 
ichakning yoriq yerida joylashib, tomoq o‘tkazgich klapanining halqali burmasiga 
birlashadi. Membrana xitinsimon moddadan iborat bo‘lib, epitelial hujayralardan 
ichak bo‘shlig‘iga hazm qilish shiralarini yaxshi o‘tkazadi va ovqat hazm bo‘lishi 
natijasida hosil bo‘lgan oziq moddalarini epiteliyning so‘ruvchi hujayralariga 
o‘tishiga to‘sqinlik qilmaydi. Bunday membrana har po‘st tashlashdan keyin 
yangidan hosil bo‘ladi. Membrana hosil bo‘lish jarayoni doimiy bo‘lib turadi va 
uning bo‘laklari ichakning o‘rta qismidan orqa qismiga o‘tib turuvchi oziq 
qoldiqlari bilan sekin-asta tashqariga chiqib ketadi, shu munosabat bilan epitelial 
hujayralar tomonidan oziq oldi pardasini hosil qiluvchi modda doimo ajratib 
turiladi. 
Ichak o‘rta qismining tashqi devori bir-biriga yaqin turgan uzunasiga va 
ko‘ndalangiga joylashgan ko‘p sondagi halqali muskullar bilan o‘ralgan: bularning 
ustida bir ichak oxiridan boshqa ichakka o‘tuvchi uzunasiga ketgan muskullar 
bog‘lami o‘tadi. 
Halqali va uzunasiga ketgan muskullar o‘zaro tutashgan. Uzunasiga ketgan 
muskullar yo‘g‘on (halqali muskulga nisbatan) bo‘lib orqa va qorin tomondagi 


ichakning ustki devorida joylashgan, shuning uchun bu yerdagi ichakning devori 
ichki tomonga qarab birmuncha botgan bo‘ladi. 
Ichak o‘rta qismining eng oxirida, ya’ni oxirgi qism chegarasida, bitta halqali 
klapan bor. Bu klapan o‘zining tuzilishi bilan tomoq o‘tkazgich chegarasida 
joylashgan klapanni eslatadi, lekin yaxshi rivojlanmagan. Bu klapandan keyin 
ichakning keyingi qismi boshlanadi. 
Ichakning keyingi qismida bir-biridan keskin farq qiluvchi ingichka ichak, 
ko‘r ichak yoki yo‘g‘on ichak va to‘g‘ri ichaklar bor.
Ingichka ichak tor va qisqa bo‘lib, orqa tomoniga qarab ingichkalashib 
boradi. Ichak bo‘shab qolganda uning epiteliysi burma hosil qiladi, bu burma ichak 
oziq massasi bilan to‘lganda tekislanadi. Ingichka ichak Malpigiev naylarining 
chiqarish yo‘llari joylashgan. 
Halqali muskullar ingichka ichakning hamma tomonini qoplamaydi, lekin 
ayrim yerlarda ingichka ichak devoriga birikadi. Bu yerda halqali muskullar 
tarnovchalar hosil qiladi, bular muskullar qisqarganda kichkina naychalarga 
aylanadi. Malpigiev naylari ajratgan mahsulotlar naychalardan ingichka ichakka, 
hatto ichak teshiklari torayishiga qaramasdan osongina o‘tadi. Ingichka ichakdan 
keyin juda uzun yoki ko‘r ichak boshlanadi. Ko‘r ichakda uzunasiga ketgan oltita 
burmaning o‘rta qismida – ko‘ndalang kesim (to‘siq) bor. Ko‘ndalang kesim 
borligi uchun yo‘g‘on ichak yulduzsimon formaga ega. 
Bu burmalarning tashqarisidan ichkarisiga qarab uzunasiga ketgan kuchli 
muskullarning oltita bog‘lami o‘tadi. Yo‘g‘on ichakning boshida, o‘rtasida va 
oxirida hamda tashqi tomonida baquvvat muskullarning uchta halqasi joylashgan. 
Bu halqalar orqa ichakning bu qismini katta kuch bilan siqa oluvchi qisqich hosil 
qiladi. 
To‘g‘ri ichak to‘g‘ri nayga o‘xshash bo‘lib, yo‘g‘on ichak bilan orqa 
chiqaruv teshigi o‘rtasida joylashgan. Uning halqali va uzunasiga ketgan 
muskullari kuchsizdir. Uzunasiga ketgan muskullar orqa chiqaruv teshigi bilan 
bog‘liq bo‘lib, uni ochib, yopadi. 


Ichakning keyingi qismining uchala qismi devorining ichki tomonida xitinli 
modda qavati yotadi, buning ketidan epitelial hujayralar qavati joylashgan bo‘lib, 
ustida bazal membrana bo‘ladi. 
Ichak devorining muskullar ta’sirida qisqarishi natijasida ovqat hazm qilish 
yo‘lidagi oziq suriladi. Bu qisqarish ritmik ravishda bo‘lib, keng vaqt oralig‘ida 
ichak oziqqa to‘la yoki yo‘qligidan qat’iy nazar ichak bo‘ylab to‘lqinsimon 
ravishda tarqaladi. Ichakning izchil qisqarishi o‘rtasidagi oraliq vaqt 21

C da 
o‘rtacha 3-4 sekundni tashkil etadi. Bu qisqarish tana muskullaridan boshlanadi, 
so‘ngra oldingi qismning muskulli qobig‘iga tarqaladi, undan o‘rta qismga, nihoyat 
ichakning oxiri- to‘g‘ri ichakka o‘tadi. To‘g‘ri ichakning qisqarishidan orqa 
chiqaruv teshigi orqali chiqindi ajraladi. 
Barg bo‘lagi tomoq orqali o‘ta turib, tomoq o‘tkazgichdagi tomoq o‘tkazgich 
klapani oldida to‘planadi va yuqorida qayd qilingan ovqat hazm qilish yo‘lining 
to‘lqinsimon qisqarishi ta’sirida oziq massasi porsiya-porsiya bo‘lib ichakning 
o‘rta qismiga o‘tadi. Bu yerda ovqat hazm bo‘ladi va organizm uchun zarur 
moddalar qabul qilinadi. 

Yüklə 7,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin