5- rasm [ 21]Sof tabiiy ipaklar bilan kashta
tikish
6 -rasm [ 21]Ipakni ranglash jarayonlari.
Eramizdan 2205 yil ilgari imperator Yun maxsus farmoyish chiqarib, ipak
qurti boqishni rivojlantirish va undan ko‘proq hosil olish uchun xalq ommasini
pillachilik bilan shug‘ullanishi uchun maxsus tadbir ishlab chiqqan. Shundan
keyin mamlakatda qurt boqish uchun ob-havo sharoiti to‘g‘ri kelgan joylarda tut
daraxtlarini ekish va qurt urug‘ini ko‘paytirish ishlari yo‘lga qo‘yilgan.
Zilbermanning ma’lumotlariga ko‘ra eramizdan 2200 yil oldin Shandun
viloyatida ipakdan juda ko‘p miqdorda matolar va kiyim – boshlar tayyorlangan.
7-rasm [21] Ipakdan tayyorlangan qimmatbaho liboslar.
Bu kiyimlar o‘zining chiroyligi va nafisligi bilan bebaho hisoblanib, noyob
mato sifatida foydalanilgan.
Bunday matolarni tayyorlash yildan-yilga hajmi ortib borgan. Shuningdek,
matolarga oltin suvi va qimmatbaho qush va parranda- larning patlaridan
qo‘shib, to‘qila boshlangan.
Shuning uchun o‘sha davrdan boshlab, ko‘p asrlar davomida Xitoyda ipak
pul muomila vositasi bo‘lib, undan qarzlarni to‘lash mulki sifatida ham
foydalanilgan.
Xitoy davlati IV-asr boshlariga qadar ipak bilan boshqa mamlakatlarda
savdo-sotiq ishlarini qilmagan.
Ipak qurtini boqish va undan ipak olish mamlakatning siri bo‘lib ipak
Xitoy davlatining shon-shuhrati hisoblangan. Xitoyliklar tut barg bilan ipak qurti
boqib, pilla yetishtirib, pilladan ipak olish yo‘llari kashf etilgandan keyin Xitoy
uning sirini oshkor qilishni qat’iy man etgan.
Shunga qaramay ipak qurti boqish asta-sekin 2000 yil oldin Koreyaga,
so‘ngra Yaponiyaga va IV asrda Eron orqali O‘rta Osiyoga, V-VI asrlarda
Kavkaz ortiga ham ma’lum bo‘ladi.
Simate Yano ma’lumotlarida, Xitoy chegaralarida ipakni olib chiqishga yo‘l
ochilishiga sabablar quyidagicha bayon etilgan.
Eramizdan II-asr oldin Xitoy imperatori Sin-Shixuandi mamlakatni
qattiqqo‘llik bilan boshqarib, xalqqa azob berganligi uchun Xitoyda xalq
qo‘zg‘olon ko‘targan, imperator esa qo‘zg‘olonni ayovsiz bostirib, xalqqa jabr
ko‘rsatgan. Ayrim elat va urug‘lar Xitoyni tashlab, Koreyaga ko‘chib o‘tadilar.
Shunda ular o‘zlari bilan ipak qurti urug‘ini olib o‘tadi. Natijada pillachilik birinchi
marotaba Xitoy chegarasidan tashqariga chiqadi. Oqibatda Xitoy imperatori
o‘zgartilib, Xan hukmronlik qila boshlaydi.
Ungacha Xitoy davlatidan tashqariga ipak qurti urug‘ini olib o‘tish va qurt
boqish sirlarini tarqatish qat’iy man etilib, bu qonunni buzgan har bir xitoylik va
uning oila a’zolari o‘lim jazosiga hukm etilgan.
Xan imperatorligidan keyin ipak va ipakdan tayyorlangan matolar asta-sekin
boy savdogarlar tomonidan dunyoning boshqa mamlakatlariga mahsulot sifatida
chiqarilgan va savdo qilingan.
Dunyo xalqlarini bunday qimmatbaho va nafis matoga bo‘lgan talabi, yildan-
yilga ortib borgan. Natijada, ipak mahsulotlari Xitoydan O‘zbekistonga, O‘rta
Osiyoga, va nihoyat Rimgacha tarqala boshlangan va dunyoda ipak yo‘lining
paydo bo‘lishiga sababchi bo‘lgan.
Dunyo mamlakatlarini ipakka bo‘lgan talabini yanada ortib borganligi
sababli Xitoyda pilla yetishtirish yildan-yilga ko‘payib borgan. Tarixchi Parizening
xabar berishicha 1(bir) kg ipak o‘sha davrda Rimda 2000 oltin tangaga teng
bo‘lgan. Boshqa mamlakatlarda esa 1(bir) kg ipak yoki undan tayyorlangan mato
o‘z og‘irligidagi oltinga ayribosh qilingan yoki bo‘lmasa shu oltin bahosidagi
boshqa matolarga, foydali hayvonlar va qimmatbaho narsalarga almashtirilgan.
Rim tarixchisi Plinyaning ma’lumotiga ko‘ra eramizning I-asrida Rim
davlati har yili Xitoy va Hindistondan 100 mln. oltinga teng ipak tolasi va
matolarini sotib olgan.
Shunga qaramasdan, Rim va Yevropaning boshqa mamlakatlarida ipakni
nimadan va qanday yo‘l bilan tayyorlanishi noma’lum bo‘lgan. Natijada Yevropa
mamlakatlarining hukmdorlari olimlardan ipak olish sirini topishni buyurgan.
O‘sha davr tarixchisi Teredot va Teofristlarning fikricha olimlar bunday matoni
maxsus daraxtlardan yoki qushlardan olinib, ular faqatgina Xitoyda bo‘ladi, deb
javob berishgan.
Tarixchi Ammion shunday deb ta’riflagan: Xitoyliklar maxsus daraxtlar
tagida o‘tirib, ulardan ipak tolasi olgan va to‘qib mato tayyorlashgan. II- asrga
kelibgina, dunyo xalqlari ipak tolasini hayvonot dunyosiga kiruvchi ipak
qurtlaridan olinishiga oid, to‘g‘ri ma’lumotga ega bo‘lgan .
II-asrdan boshlab eng nafis ipak tolasi va matolar tut ipak qurtidan olinishi
ma’lum bo‘lgan. Shundan keyin ipakni eman va boshqa daraxt barglari bilan
boqilgan qurtlardan ham olinishi aniqlangan. Lekin ulardan olingan pillalar yomon
yigirilib, sifatsiz matolar tayyorlangan.
Ipakchilik bizning eramizga kelib, boshqa mamlakatlarga tarqala boshlagan.
Jumladan,
Yaponiyaga
II-asrning
oxirida Koreyadan o‘tgan. Boshqa
ma’lumotlarga qaraganda Xitoydan ipakchilik III- asr oxirida Xiu-Siu oroliga va
undan IV asr boshida Yaponiyaga o‘tgan. Umuman olganda, Xitoyda ipakchilik V-
asrdan boshlab, kuchli rivojlanib maxsus sohaga aylangan, natijada Yaponlar
boshqa ekinlarni ekishdan (sholi va boshqa ekinlarni), tut o‘stirish va qurt boqishga
o‘ta boshlagan. Oqibatda Yaponiya davlati hukmdori alohida qonun chiqarib, bu
ishni chegaralab qo‘ygan, chunki mamlakatda ocharchilik xavfi tug‘ilgan.
Tarixchi Zilbermanning xabar berishicha, ipak Xitoydan boshqa davlatlarga
o‘tgunga qadar Hindiston o‘zini pilla yetishtirish sohasiga ega bo‘lib, sariq pilla
o‘raydigan tut ipak qurtlarini boqish bilan shug‘ullangan. Biroq pilladan tola olish
noma’lum bo‘lgan.
Ipakchilik Xitoydan Osiyo mamlakatlariga tarqalgach, asta-sekin G‘arb
tomonga ya’ni Yevropa hududlariga tarqala boshladi. Bu eramizning 527-565
yillarida Vizantiya imperatori Yustenian rahbarlik qilgan davrga to‘g‘ri keladi.
Tarixiy ma’lumotlarga qaraganda 557 yillarda imperator Yustenian
topshirig‘iga binoan ipak qurti urug‘ini O‘rta Osiyodan Vizantiyaga olib keladi.
Vizantiyada o‘sha davrda ipak va ipak matolari Xitoydan ko‘plab sotib olinar edi.
Bu mamlakatda xalqni ipak mahsulotlariga bo‘lgan talabi yildan yilga ortib
boradi. Tarixchi Parizinning ma’lumotlariga qaraganda 1 kg ipak 7 ming oltinga
sotib olingan.
Imperator Yustenian mamlakat iqtisodiyotini ko‘tarish maqsadida
mamlakatda ipakchilikni rivojlanishi uchun maxsus farmonlar chiqarib, pilla
yetishtirishni yildan -yilga oshirib boradi. Ammo pilla va ipakka qo‘yilgan
soliqning ko‘payib borishi pillachilikni imperator xohlagan darajada
rivojlantirishga to‘sqinlik qiladi.
VI asrda Vizantiya imperatori Yustinian bir qancha kishini ipak qurti
tuxumini olib kelish uchun josus sifatida Xitoyga jo‘natadi.
Ikki darvesh (rohib) ipak qurti tuxumini maxsus ishlangan hassa ichiga
yashirib, Xo‘tandan Yunonistonga olib boradi va tezda imperiyaga ipakchilik
tarqaladi.
U yerdan pillachilik Janubiy Yevropa va Kichik Osiyo mamlakatlariga
tarqaladi.
Yevropada pillachilik o‘sha davrda ayniqsa Piloponesa yarim orolida kuchli
rivojlanadi.
8- rasm [19]. Vizantiya imperatori Yustinian ipak qurti tuxumini olib kelish uchun josus
sifatida Xitoyga jo‘natgan ikki darvesh (rohib)
9- rasm [19] 1-2.Rohiblarning ipak qurti urug‘ini yashirin olib o‘tishga ishlangan maxsus
hassasi.
Natijada bu yarim orolchada tut daraxtlari ko‘p ekilib, minglab gektarlab
tutzorlar tashkil etilishi natijasida Morie, ya’ni tutzorlar yarim oroli degan nom oldi
(Tut daraxtini lotincha
Morus
deb ataladi). Pilla yetishtirish asta-sekin Kos orolida
rivojlana boshlandi, chunki uning iqlimiy sharoiti ipak qurtini parvarishlash uchun
juda qulay bo‘lgan. Gretsiyada ipakchilikning rivojlanishi Konstantinopol shahrida
ipakni yigirish fabrikasini qurilishipaxta va kanop tolalariga ipak aralashtirib
chiroyli matolar chiqarila boshlandi. Yevropada ipakchilikni tarqalishiga arab
bosqinchilarning ta’siri ham kuchli bo‘lgan. Arablar Eron va O‘rta Osiyoni bosib
olgach, pillachilikni Sharq mamlakatlarida rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatib,
Afrikagacha etib borishiga asos solindi. Arablar keyinchalik Ispaniya va Kavkaz
mamlakatlarida ham pillachilik bilan shug‘ullanishni yo‘lga qo‘yishadi.
Ipakchilik Fransiyaga XIV-asrda kirib keldi. O‘sha davrda Fransiyaning
janubiy qismida Qoratut ko‘plab o‘stirilar edi. Bu esa ipak qurti rivojlanishiga
ijobiy ta’sir ko‘rsatmadi. Shuning uchun fransuzlar 1495 yilda Italiyaning Neopal
viloyatidan Oq tut ko‘chatlari va urug‘ini olib kelib, uni ko‘paytira boshlashdi.
1589-1610 yillarda Genrix–IV hukmdorligida Fransiyada ipakchilikka katta
e’tibor berilib, pilla yetishtirish salmog‘i yildan -yilga ortib bordi. Genrix –IV
xukmdorligini 1599-yilida mashhur pillachi agronom Olive Di-Serr «Ipak
hosildorligi» nomli qo‘llanma yaratib, qurt boqish shart-sharoitlari va ipak
mahsulotlari yetishtirish atroflicha yoritildi. 1601 yilda Parij shahriga 2000 dona
Oq tut ko‘chati o‘tqazilib, nafaqat pillachilikni rivojlanishi, balki Parij shahrini
chiroyli va ko‘rkam bo‘lishiga sabab bo‘lgan. Fransiyada ipakchilikni yanada
rivojlantirish maqsadida qishloq aholisiga tekinga yerlar va ipak qurti urug‘i, tut
urug‘i tarqatildi. Oqibatda ipakchilik butun Fransiya bo‘yicha rivojlana boshlandi.
Ipakka bo‘lgan talabning yildan- yilga oshishi Fransiyada ipak qurti zotlarini
yaxshilanishga va serhosil yangi zotlarini yaratilishiga asos soladi.
Natijada, XIX asr o‘rtalariga kelib (1853 yilda), Fransiyada 26 ming tonna
pilla yetishtirildi. Biroq tez orada ipak qurtida pebrina kasalligini kelib chiqishi
sababli pillachilik yildan yilga sustlashib, hosildorlik keskin pasayib ketdi.
Shunda pillakorlar davlat rahbarlariga murojat qilib, kasallikni yo‘qotish tadbirini
ishlab chiqarishni so‘radilar. Fransiya hukmdori yetakchi biolog olimlarni to‘plab
bu masalani o‘rganib, uni ijobiy hal qilish masalasini o‘rtaga tashlaydi.
Fransiyaning buyuk mikrobiolog olimi Lui Paster boshqa olimlar qatorida
shu ish bilan shug‘ullanish uchun Fransiyaning rivojlangan janubiy qismiga
ko‘chib borib, 4-5 yil ipak qurti kasalliklarini o‘rganish bilan shug‘ullandi.
Natijada, kasallik ipak qurti urug‘i orqali tarqalayotganligini aniqladi va
kasallikning oldini olish chorasini topdi.
Buning uchun urg‘ochi kapalaklarni tuxum tashlagandan keyin mikroskopda
tekshirib kasallik tarqatuvchi mikroorganizmlar bor-yo‘qligi aniqlangan. Kasallik
mavjud bo‘lgan kapalaklarni tashlagan urug‘i bilan birgalikda kuydirib tashlash,
sog‘lomlaridan esa urug‘ olib, kelgusi yil qurt boqish uchun qoldirilgan. Bu usulni
ipakchilikda sellyulyar usulda urug‘ tayyorlash deb nomlanib, hozirgi kungacha
qo‘llanib kelmoqda. Shunga qaramasdan, Fransiyada ipakchilik oldingi mavqeini
tiklay olmadi va pilla tayyorlash yildan -yilga kamayib ketdi .
XVIII-asrga kelib, Amerika qishloqlarida pilla tayyorlashga qiziqish va
ipak matolariga bo‘lgan talabning ortishi bilan shu asrning 70 yillarida Kaliforniya
shtatida ipakchilik birmuncha rivojlana boshlagan. Ammo pillani qayta ishlash va
yigiruv fabrikalar va mutaxassislar yo‘qligi, qurt boquvchilarning tajribasizligi,
Amerikada pillachilikning rivojlanishga barham bergan .
Yevropaning boshqa mamlakatlariga ham ipakchilik asta -sekin tarqala
boshladi.
Jumladan
Belgiya,
Shveysariya,
Avstriya,
Vengriya
kabi
mamlakatlarida ham qurt boqish va pilla yetishtirish bilan shug‘ullandilar, biroq
iqlimiy sharoit, tut daraxtlarining yo‘qligi bu mamlakatlarda kuchli rivojlanishga
imkoniyat tug‘dirmadi. XIX asrga kelib,Avstriya va Vengriya davlatlari
hukmdorlarining ipak mahsulotlariga bo‘lgan qiziqishi evaziga pillachilik yana
taraqqiy eta boshladi.
XIX asrning 80- yillariga kelib, Vengriya va Avstriya 2 ming tonnadan pilla
tayyorlashga erishdilar. O‘sha asrda Germaniyada ham pillachilik bilan
shug‘ullanishga qiziqish uyg‘onib, maxsus farmonlar chiqarildi. Natijada tut
ko‘chatlari o‘tkazilib, ipak qurti boqila boshlandi. Ammo shart-sharoit, tajriba va
mutaxassislarning yo‘qligi bu mamlakatda ham pillachilikning barham topishiga
sababchi bo‘ldi .
Dostları ilə paylaş: |