Yorqinoy mirzayeva tut ipak qurti



Yüklə 7,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/87
tarix19.12.2023
ölçüsü7,12 Kb.
#185020
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   87
pdf

208 
5.3 
Tut ipak qurtining urug‘lanishi 
212 
5.4 
Tut ipak qurti tuxumining tashqi ko‘rinishi va tuzilishi 217 
5.5 
Tut ipak qurti tuxumida embrionning hosil bo‘lishi va 
rivojlanishi 
220 
5.6 
Tut ipak qurti urug‘ida rivojlanishining birinchi davri 220 
5.7 
Tut ipak qurti urug‘ida rivojlanishining ikkinchi davri 
- diapauza 
222 
5.8 
Tut ipak qurti urug‘ida uchinchi davr - urug‘ning 
bahorgi rivojlanishi 
224 
VI BOB 
6.1 
Voltinizm
231 
6.2 
Urug‘lar rivojlanishiga tashqi sharoitning ta’siri 
237 
6.3 
Tut ipak qurtining partenogenezi va androgenezi
245 
 
Foydalanilgan adabiyotlar 
253 
 
ILOVA 
254 
 
Ipak qurtini ipagidan va g‘umbagidan 
foydalanayotgan sohalar. 
254 
 
Ipak mahsulotlaridan kosmetologiyada foydalanish 
257 
 
Ipak qurti pillasidan zargarlik buyumlari va 
sovg‘alar tayyorlashda foydalanilishi. 
259 
 
Ipak qurti g‘umbagidan chet davlatlarda oziq ovqat 
sifatida qo‘llanilishi 
262 
 
Aziz ustozlarimga 
264 
 
 
 
 


Kirish 
Aziz va ilmga chanqoq, yurtimiz ertasi, kelajagi porloq talabalar!. Yurtimiz 
tinch, istiqbolimiz porloq, kelajagimiz nurli. Yo‘lboshchimiz xalqi baxti- 
saodati, siz yoshlarni kelajagi uchun, hech bir yurtda yaratilmagan imkoniyatlar 
eshigini ochib bergani sizning baxtingiz. Tug‘ilib o‘sgan yurting uchun, unda 
voyaga еytayotgan farzandlaring kelajagi, baxtu- saodati uchun o‘z hissasini 
qo‘shishni istamagan inson bo‘lmasa kerak.Tinch, osoyishta zaminda 
yashayotgan, yurtini sevib ardoqlagan inson borki, shu zamin rivoji uchun o‘z 
hissasini qo‘shishni istaydi, albatta, men ham. 
Ushbu darslikni yangi nashrini tayyorlashimdan maqsad ustozlar yozib 
qoldirgan darslik, hozirgi zamon Oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarining 
zamonaviy ta’lim dastur talablariga to‘liq javob bera olmasligidir. Yangi nashrda 
chet el davlatlarida va respublikamiz olimlarining ipakchilik sohasida olib 
borilayotgan ilmiy izlanishlari va hozirgi vaqtgacha to‘plangan internet 
yangiliklari bilan to‘ldirib, talabalarga o‘tiladigan har bir mavzu ularni 
tushunishlari va mavzularni oson o‘zlashtirishlari uchun rangli rasmlar bilan 
izohlab, kerakli ma’lumotlar bilan to‘ldirishga harakat qildim. 
Uzoq o‘tmishdagi ajdodlarimiz olamni bilish, tabiat sirlarini ochib,bizga olti 
ming yillar ilgari ba’zi qurtlarning chiroyli va nafis, ingichka, lekin pishiq, 
jilokor va yaltiroq iplar pillasidan o‘zlariga uycha yasashini manbalarda yozib, 
undan foydalanishni o‘rgatib ketganlar. Hozirgi vaqtda ham ayrim hashoratlar 
loy, barg va boshqa materiallardan o‘zlari uchun uycha yasashlarini ko‘rib- 
kuzatganmiz. Ipak qurtlarining ajoyibligi va mo‘jizakorligi shundaki, boshqa 
hashoratlar kabi ipak qurti chetdan
o‘zga narsalardan emas, aksincha o‘zlari 
ishlab chiqqan ipakdan inlarini yasaydi va shu xislatlari bilan boshqa qurtlardan 
ajralib turadi. 
Tabiiy go‘zal va chiroyli, nafis matolar insonlarni o‘ziga doimo jalb etar 
ekan, bu mahsulotlarga va matolarga bo‘lgan ehtiyojlar, tannarxi, iqtisodiy 
hisob- kitoblar yaratuvchi uchun e’tiborga olinishi shart bo‘lgan asosiy 


muammodir. Tabiiy ipakdan xalq xo‘jaligini turli sohalarida, jumladan, 
tibbiyotda, aviatsiya, radio-texnika, kosmonavtika, to‘qimachilik sanoati va 
kosmetologiya, farmatsevtika va boshqa sohalarda keng ko‘lamda foydalanilishi 
sabab ipakchilikni yanada rivojlantirishni davr taqozo etadi. Ipakchilik 
qadimdan taraqqiy etgan sohalardan biri hisoblanib, to‘qimachilik sanoati va 
xalq xo‘jaligini tabiiy ipak xom-ashyosi bilan ta’minlaydi. 
Tabiiy 
ipak 
pishiqligi, 
cho‘ziluvchanligi, 
issiqqa 
chidamliligi, 
ko‘rkamligi,yengil va nafisligi, havo o‘tkazuvchanligi bilan boshqa gazlamalardan 
va sun’iy tolalardan ustunligi bilan ajralib turadi. 
Shuning uchun ham mustaqil respublikamizda ipakchilikni yanada 
rivojlantirib, mo‘l-ko‘l va sifatli pilla yetishtirishni taqozo etadi. Bu masalani 
amalda bajarish uchun yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash zarur bo‘ladi.
Ipakchilik sohasi yetuk mutaxassisi bo‘lish uchun “Tut ipak qurti biologiyasi” 
fanini bilish zarur, chunki ipakchilik sohasiga kirish eshigi - ipak qurti 
biologiyasidir. Ipak qurti biologiyasi fanini muhimligi shundan iboratki, y siz ipak 
qurti ekologiyasi, embriologiyasi, urug‘chilik, seleksiya va kasalliklarini 
o‘rganishingiz uchun asosiy poydevordir.Shuning uchun har bir mutaxassis va 
talabadan bu fanni mukammal o‘rganish talab etiladi. 
Tut ipak qurti biologiyasi umumiy biologiya fanlaridan biri hisoblanib, uning 
asosiy maqsadi ipakchilik sohasi bo‘yicha bilim olayotgan talabalarga ipak qurtini 
tashqi-morfologik, ichki-anatomik tuzilishini va qurt tanasida sodir bo‘ladigan 
fiziologik jarayonlar to‘g‘risida tushuncha beradi. Bu esa talabaga ipak qurti va 
uning tuzilishi to‘g‘risida dastlabki ma’lumotlarni berib, qurtni parvarish qilish 
jarayonida, undagi o‘zgarishlar, yoshdan-yoshga o‘tishda po‘st tashlashi, pilla 
o‘rashi uchun ipak tolasini hosil bo‘lish jarayoni, g‘umbakka, kapalakka aylanishi 
sababini va mohiyatini bilishga o‘rgatadi.
Shuningdek, kadrlar tayyorlash Milliy dasturini amalga oshira borib, 
ipakchilik sohasida yangi, navdor yuqori hosil beradigan, kasalliklarga chidamli 
ipak qurti zotlari va duragaylari yetishtirish, uchun ilg‘or texnologiyaga


asoslangan ilmiy kuzatishlar olib borish, yangi tajriba ma’lumotlarini tahlil 
qilish, ishlab chiqarishga ilmiy asoslangan iqtisodiy jihatdan samarali tavsiyalar 
berish va bu tavsiyalarni nazariy jihatdan asoslab berish uchun ipak qurti 
biologiyasini mukammal bilish lozim. 
Respublikamiz Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi bu masalaga katta e’tibor 
berib maxsus Farmon va qarorlar qabul qildi
.
Respublikamizda pillachilik tarmog`ini yanada rivojlantirsh uchun 
O’zbekiston Respublikasi Prizedentining (1998 yil 30 mart 2000 yil 28 fevral 
2003 yil 22 dekabr, 2005 yil 15 martidagi ,2006 yil 15noyabr) farmonlari 
chiqarilib,Vazirlar Mahkamasining (1998 yil 3 aprel 2000 yil 16 mart 2003 yil 9 
sentyabr, 2006 yil 15 noyabr 515-sonli) qarorlari qabul qilingan Farmoyish va 
qarorda ozuqa bazasini mustahkamlash uchun yangi tutzorlar barpo etish va 
tutning yangi sermahsul navlarini yaratish ipak qurtlarini sifatli urug’ini 
tayorlash va qurt boqishning yangi tehnalogiyasini qo’lash, tayyorlanayotgan 
pilla salmog’ini ko’paytirish va uning sifatini yahshilash, ipak qurtini yangi zot va 
duragaylarni ishlab chiqarish tatbiq etish vazifalari ko’rsatib o’tilgan.
Bu masalalarni amalda bajarish uchun ushbu fanlarni o‘rganish va yuqorida 
qayd etilgan talablarni bajarishda asosan ilmiy yutuqlarga suyaniladi. Ilm-fan 
yutuqlari esa ilmiy kuzatishlar va tajribalarga bog‘liq bo‘lib, buning siru- 
asrorlarini talabalarga o‘rgatish ushbu fanning vazifasi va maqsadidir. 



Yüklə 7,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin