tomonidan turli imtiyozlar bilan yerlar berilgan.
Yekaterina II davrida 1773
yil farmon chiqarilib, Xarkov guberniyasining
Novo-Vodolaga qishlog‘ida ipak ishlab chiqaruvchi korxona («Шелковое
производство») tashkil qilindi. Saritsin (hozirgi Volgograd) yaqinida qurtxonalar
quriladi.
1774 yilda 20 ta yosh yigitga ipakchilik ilmi o‘rgatilib ipak qurti boqishni
joylarda tashkil etish uchun 10 ta unter ofitser biriktirildi, tut ko‘chatlarini
ko‘paytirish qurtxonalar qurish ishlari yo‘lga qo‘yiladi. Hatto 12
ta pilla
yigiradigan stanok o‘rnatilib, ipak tolasi olina boshlaydi. 1775 yilda esa pillachilik
bo‘yicha birinchi qo‘llanma chop ettiriladi.
1798 yilda pillachilik bo‘yicha dastlabki qo‘llanma I.Lepyoxinning
«Краткое руководство к разведению шелка в России» kitobi bosilib chiqqan.
1800 yilda har bir dehqon yiliga kamida 10 tup tut ekishi va ko‘kartirishi
lozimligi haqida hukumat buyrug‘i chiqdi. Bu borada yaxshi ishlagan dvoryanlarga
mukofotlar berildi, tut ekish uchun yer ajratildi.
Pillachilikni rivojlantirish uchun xukumat tomonidan qilingan bunday
harakatlarga qaramay, bu soha yaxshi rivoj topmadi.
XIX asr o‘rtalarida Fransiyada pebrina epizootiyasi boshlandi. 1858 yilda u
yerda 26 ming tonna pilla tayyorlangan bo‘lsa, 1865 yilga kelib bu raqam 5,5
tonnaga tushib qoldi. Pebrina tez orada Ispaniya, Italiya,
Hindiston va boshqa
mamlakatlar, shu jumladan, O‘rta Osiyo va Rossiyaga ham yetib keldi va
pillachilikning rivojlanishiga katta zarar yetkazdi .
Pillachilik Yevropa va Amerika mamlakatlariga
nisbatan Osiyo
mamlakatlari– Xitoy, Yaponiya, Koreya, O‘rta Osiyo, Afg‘oniston, Eron kabi
mamlakatlarda yaxshi rivojlangan.
Ukraina guberniyasining janubiy rayonlarida ipak qurti boqish uchun shart-
sharoit bo‘lishiga qaramasdan, Rossiyada ipakchilik juda sust rivojlana boshladi.
Bunday bo‘lishiga sabab mutaxassislar yo‘qligi, dehqonlar
bu sohani bilmasligi,
davlat qiziqishi kamligi va qator kamchiliklar mavjudligidadir. Rossiya O‘rta
Osiyoni bosib olgach, ipakchilik bilan koloniyalarni shug‘ullantirish, pilla
tayyorlash miqdorini yildan-yilga oshirib bordi, ipakchilik birmuncha rivojlandi.
Natijada ayrim joylarda
maxsus qurtxonalar qurish, tut o‘stirish va qurt
boqish ishlari rivojlana boshlaydi .
Kavkaz respublikalari pillachiligi tarixi uzoq o‘tmishga ega, lekin bunga oid
ma’lumotlar juda kam. Tarixiy manbalardan ma’lum bo‘lishicha, Kavkazga
pillachilik V asrda kirib keldi. Faqat XIV asrdagina biroz rivojlandi. U Shirvon,
Gruziya, Qorabog‘ va Lezgistonda keng tarqaldi.
Shemaxa Kavkaz orti
mamlakatlari pillachilikning markazi bo‘lganligi bayon etilgan..
M.Eyvazov (1968) ning ma’lumotiga ko‘ra Ozarbayjonda XVIII asrdayoq
pillachilik Sheki, Tog‘li Qorabog‘, Naxchevan, Shemaxada yaxshi rivojlangan. U
yerdan ipak Italiya, Iroq, Eron va boshqa mamlakatlarga eksport qilinardi. Ipakdan
tashqari Yevropaga ipak qurti urug‘ini ham chiqarilgan..
Pillachilik u yerda ayniqsa XIX asr va XX asr boshlarida yanada rivojlandi,
lekin juda qoloq texnikaga asoslangan, ilm-fan bilan bog‘lanmagani uchun pilla va
ipakning sifati zamon talabi darajasiga yetmagan.
« Туркистанские ведомости » [3] jurnalida yozilishicha: «Turkiston
o‘lkasini Rossiya bosib olgan paytda bu yerda pillachilik yaxshi rivojlangan bo‘lib,
har yili 100 ming pud ipak tayyorlanib, uning 20 ming pudi Rossiyaga jo‘natilgan».
Dostları ilə paylaş: