Tutchilik va ipakchilik faniga kirish - 2 soat.
Reja:
Tutchilik va pillachilik to’g’risida O’zbekistan Respublikasi Vazirlar
Maxkamasining qarorlari.
Tutchilikning rivojlanish tarixi, xozirgi axvoli va istiqbollari.
Tutchilik fani to’g’risida, uning maqsadi va vazifalari.
Tayanch iboralar : tutchilik, pillachilik, ipak qurti, hukumat sarorlari, tutchilik va ipakchilik tarixi,
istiqbollari, ko’paytirish va rivojlantirish, tut daraxtining vatani.
O’zbekistonda pillachilikni yanada rivojlantirish, uning oziq bazasini muttasil mustaxkamlashni talab etadi.
Tut daraxtining xo’jalik jixatidan eng axamiyatli qismi bargi bo’lib, u ipak qurtining yagona ovqatidir. Tut bargida ipak qurtining extiyojini to’liq ta’minlovchi oziq moddalar - qand, oqsil, yog’, suv, fermentlar va xar xil vitaminlar mavjud. Ipak qurti urug’i jonlanishi bilanoq tut bargi bilan oziqlanadi va pirovardida pilla o’raydi. Binobarin, tut bargi qancha mo’l bo’lsa, shuncha ko’p miqdorda qurt boqilishi va shuncha ko’p pilla yetishtirish mumkin bo’ladi.
Xo’jaliklarda pillachilik oziq fondini mustaxkamlash va yaxshilashning asosiy manbalari quyidagilardan iborat: tutzorlarni kengaytirish, dala chetlariga, yo’l yoqalariga tut ko’chatlarini o’tkazish va ularni yaxshi parvarishlash tufayli barg xosilini ko’paytirish; o’g’it va mexanizatsiyadan ratsional foydalanish asosida tut barglari tannarxini arzonlashtirish; tutzorlarni yaxshi navli tutlar kalamchasi va payvandlash yo’li bilan yetishtirilgan serxosil ko’chatlardan tashkil qilish barg sifatini yaxshilashda katta axamiyatga ega.
O’rta Osiyo, jumladan O’zbekistonning tabiiy iqlim va tuproq sharoitlari pillachilik oziq bazasini rivojlantirish uchun xar jixatdan qulaydir. Pillachilik xo’jalik uchun qo’shimcha daromad manbai xamdir.
Pilla qimmatbaxo xom ashyo. U xalq xo’jaligining juda ko’p soxalarida ishlatiladi.Tabiiy ipakdan asosan eng noyob, juda chiroyli va pishiq gazlamalar to’qiladi. Ipakdan aviatsiyada,
fazoni tadqiq qilishda, radio- televizorlar ishlab chiqarishda, tibbiyotda, oziq - ovqat sanoatida (nafis elaklar ishlashda), cholg’u asboblarida, fotografiya va kinofotografiyada foydalaniladi. Pillasining g’umbagi esa mo’ynali xayvonlar uchun juda to’yimli oziq xisoblanadi. Bir kg g’umbak mo’ynali xayvonlar uchun 2,5 kg go’sht o’rnini bosishi mumkin.
Tut daraxtining bargi bilan bir qatorda uning mevasi, urug’i va tolasi xo’jalik jixatdan axamiyatlidir. Tut mevasi qand moddasi va vitaminlarga juda boy.
Tibbiyot bobokaloni Abu Ali ibn Sino tut mevasi shirasini og’iz-tomoq illatlarini, shishlarni davolashda, peshob xaydovchi omil sifatida qo’llagan. Balxi tutning sarxil barg shirasini milkak(angina) va tish og’riqlarini qoldirishda ishlatgan. Xalk tibbiyotida Balxi tut mevasi isitma xurujini kamaytiruvchi, kishiga darmon bag’ishlovchi, qon ko’paytiruvchi sifatida qo’llangan bo’lsa, po’stlog’idan tayyorlangan qaynatma yara - chaqalarni davolovchi, o’pkani
yumshatuvchi, balg’am ko’chiruvchi, peshob xaydovchi bo’lib xizmat qiladi. Shotut mevasi jilonjiyda mevasi bilan birlikda bo’g’ma va qizilcha xastaliklariga malham bo’ladi. Og’iz bo’shlig’i yallig’lanib yaralanganda shotut mevasidan tayyorlangan qaynatma bilan chayilsa, aziyatga taskinlik beradi. Bulardan tashqari, Shotut xaroratni pasaytiruvchi, chanqoq qoldiruvchi bo’lishi bilan birga buyrak faoliyati sustligini yaxshilashda ijobiy natija beradi (M.Nabiev. «Toshkent oqshomi», 1978, 18 iyul). Tut daraxtining tanasi juda mustaxkam va chidamli, pardozlaganda jilva beradi. Shuning uchun duradgorchilikda mebellar, xar xil asbob - uskunalar va musiqachilikda xar xil cholg’u asboblari yasaladi.Tut yog’ochini suvda bir necha yil ushlab, so’ngra shamshod deb ataladigan juda chidamli, elastik taroqlar tayyorlanadi. Tut pustlog’i pishiq, qayiluvchan va unda dubil moddasi bo’lib, u tok novdalarini va payvandlarni bog’lashda ishlatiladi. Tut po’stlog’idan qimmatli rang olish mumkin. Qurt boqishdan keyin qolgan novda va shoxlaridan savat, zambil va yengil stullar to’qishda foydalaniladi.
Tarixiy adabiyotlarda tut ildizini
suvda qaynatib yoki quritib, so’ngra tolqon qilib iste’mol etilganda, gijja xaydashi va qisman qand kasalini davolashi mumkinligi bayon etilgan.
Tut daraxti boshqa daraxtlar bilan aralashtirib ekilganda, ekinlarni garmsel va sovuq shamollar ta’siridan saqlashda ixota vazifasini bajaradi.
Tut daraxtining bargi ipak qurtining yagona ozig’i xisoblansa uning mevalari shirin va to’yimliligi xamda, shifobaxshligi bilan inson salomatligi uchun nixoyatda bebaxo xisoblanadi.Tut daraxti juda qadimiy ko’p yillik o’simlik bo’lib, tarixiy manbalarga ko’ra 5000 yil ilgari Xitoyda tarqalib, so’ngra O’zbekistonda xam o’stirilib mevasi iste’mol qilinib, juda noyob xisoblangan, uning bargi bilan ipak qurti boqilib nafis va mustaxkam ipak olingan. Asrlar davomida xalk seleksiyasi tomonidan Shotut, Balxi tut, Marvarid tut, Jarariq va boshka ko’plab tut navlari yaratilib xozirgi paytda xam o’stirilmoqda.
Lekin, keyingi yillarda shuni afsus bilan aytish joizki, xalqimiz tomonidan yaratilgan ana shu noyob tut navlari yo’q qilinmoqda.
O’zbekiston
Respublikasi Vazirlar kengashi, qishloq xo’jalik vazirligi bilan birgalikda chiqargan qarorida ipak qurti uchun oziq beruvchi tut daraxtlarini va tutzorlarni oilaviy zvenolarga va fermerlarga biriktirib qo’yishni, yangi tutzorlar barpo etish va tut ko’chatlari yetishtirishini rivojlantirish xamda tutzorlarni saqlash ustidan nazorat o’rnatish kabi bir qancha kerakli masalalar qabul qilindi.Yana 2000 yil 15 martida, 2006 yil noyabr oyida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining «Pillachilikning ozuqa bazasini mustaxkamlash va ipakchilik maxsulotlari yetishtirish xajmlarini ko’paytirish chora tadbirlari to’g’risida» qarori chiqdi.
Bu qaror o’z vaqtida chiqarildi, chunki keyingi yillarda ko’plab tutlar va tutzorlar yo’q qilinayotgan edi. Kelgusida respublikada ipakchilikni rivojlantirish uchun seleksionerlarimiz tomonidan yaratilayotgan yangi istiqbolli navlar bilan boyitishimiz kerak.
Jaxonda ipakchilik bilan shug’ullanayotgan Xitoy, Yaponiya, Xindiston, Koreya va boshqa mamlakatlarda faqat navdor tut ko’chatlari yetishtirilib, ulardan asosan tutzorlar barpo etib sifatli va mo’l pilla yetishtirilmoqda.
O’zbekistonda ipakchilikning oziqa negiziga, ya’ni tutchilikni xozirgi axvoliga nazar tashlasak yoki taxlil etilsa bor yo’g’i 5% ga yaqin navdor tutlar mavjud xalos. Demak, 95% tutlar duragay xisoblanib navli tutlarga nisbatan 2-3 marta kam xosil va sifati past barg olinmoqda.
Respublikamizda yetishtirilayotgan pillalarni jaxon bozoriga olib chiqishda ipak xurti urug’ining sifatini, boqish agrotexnikasini yaxshilash bilan birgalikda viloyatlarda mavjud bo’lgan (pitomniklarda) kuchatzorlarda ko’plab navdor tut ko’chatlarini yetishtirishni yo’lga qo’yish kerak.
Tutchilik agrobiologik fan bo’lib, tut o’simligi to’g’risida ko’plab ilmiy va ilg’or amaliy ishlab chiqarish yutuqlarini, ma’lumotlarni o’zida mujassamlashtirgan.
Bo’lajak agronom tutchilik soxasining juda nozik va murakkab tomonlarini ilmiy asosda o’zlashtirishda tutchilik fanining axamiyati katta. Bu fanning vazifasi tutni asosiy organlarini tashqi va ichki tuzilishlarini organizmida uzluksiz sodir bo’lib turadigan modda almashinishlarni, nixolcha va ko’chat
yetishtirish usullarini, ipak qurti uchun ozuqabop tut daraxtlarini o’stirish agrotexnikalarini, tut daraxti kasalliklari va zararkunandalariga qanday kurashish choralarini, tashqi muxitga bo’lgan munosabatlarini mukammal o’rgatadi. Demak, tut o’simligi to’g’risida batafsil ma’lumot beruvchi fan bu «Tutchilik»dir. Tutchilik fani albatta boshqa fanlar bilan yaqin bog’liqligi bo’lib, bularga «Tut seleksiyasi», «Mevachilik», «O’simlikshunoslik», «Botanika», «Umumiy dexqonchilik» fanlari kiradi.
Tut daraxti yer yuzida juda qadimdan o’sib uning nomini eronliklar, arablar, turklar, tatarlar, ozarbayjonlar «tut» deb Gruziya va yana ayrim kavkazliklar «tuta» deb ataganlar.
Tut turlari lotincha Moras avlodiga va moratsiya oilasiga mansub. Tarixiy manbalarning ko’rsatishicha qora tutning, ya’ni shotut daraxtining vatani Eron, oq tutniki esa Xitoy xisoblanadi, lekin bizni Turkistonda Turonda ikkalasi xam qadimdan o’sgan. Masalan Dalvarzin tepada topilgan ipak xom ashyosi buning dalilidir.
Tut daraxti keyinroq Yevropa va Amerikaga tarqalgan.
Pillachilikning 90% oziq fondi kam xosilli, maxalliy
xasak tuti xisoblangan, mevasi uchun Xo’roz tut, Balxi, marvarid, Bedona, Safed va Qatlama tutlar o’stirilgan.
Serxosil tutlarni ko’paytirish maqsadida xorijiy mamlakatlarga Yaponiya, Xitoy, Italiyaga borib xosildorligi yuqori bo’lgan tut navlarining qalamchalari va ko’chatlari keltirildi. 1930-31 yilda Yaponiyaga bir gurux mutaxassislar yuborildi, olib kelingan yangi tut navlari ko’paytirilib, o’stirilib ular maxalliy navlarga chatishtirilib yaxshi serxosilli yangi nav va duragaylar yaratildi.
Demak, bu navlar seleksiya ishi uchun dastlabki material bo’ldi. O’zbekistan ipakchilik institutida - Pobeda, SANIISH-1, SANIISH-5, SANIISH-14, kechki; Ozarbayjonda ipakchilik stansiyasida Zarif tut, Sixgez tut, Azeri tut; Tibilisi ipakchilik institutida Gruziya, Tbilnish-24, Tbilisuri, Gibrid-2; Pyatigorski ipakchilik stansiyasida- Ukrain-107, Xarkov-3, Ukrain-9 navlari yetishtirildi. Xozirgi paytda O’zbekistonda juda xam ko’plab navlar va 5 ta tur o’sadi:
Morus alba, Morus multicaulis, Morus bombycis, Morus Kagayamae, Morus nigra-Navlar-Pobeda, Pioner, Tojikiston urug’siz tuti, Bedana - Vuodil, Oktabr, Xosildor, O’zbekskiy, Sovuqqa chidamli, Surx tut, Mirzacho’l-6, Manket, SANIISH-5, SANIISH- 17, Payvandi, Yubeliy, Toshkent va boshqa bir qancha navlar o’sadi, shulardan rayonlashtirilgan navlar: 1) Tojikiston urug’siz tuti; 2) Pioner; 3) Oktabr; 4) O’zbek navi; 5) Manket; 6) Golodnostep -6; 7)
Surx tut; 8) Sovuqqa chidamli; 9) SANIISH-33.
Pilla va ko’chat yetishtirishni ilmiy asosda olib borish maqsadida 1971-75 yillarda qurt urug’i zavodlari bilan tut ko’chatlaridan birlashtirilib, ixtisoslashtirilgan kompleks naslchilik, ipak qurti urug’i xamda tut ko’chatlari yetishtiradigan 14 ta xo’jalik tashkil etildi. Buning natijasida xar yili 62 mln. tup tut ko’chati va nixolchalari yetishtirilar edi. Xozirgi vaqtda (2000 yil) Respublikada 12-13 mln. ko’chat yetishtirilmoqda.
Muxokama uchun savollar:
Xo’jaliklarda pillachilik oziq fondini mustaxkamlashning asosiy manbalari qaysilar?
Jaxonda ipakchilik bilan shug’ullanayotgan mamlakatlar qaysilar?
O’zbekistonda ipakchilikning oziqa negizida necha foizga yaqin navdor tutlar mavjud?
O’zbekistonda rayonlashgan va keng tarqalgan tut navlarini ayting.
Tut daraxtining morfologiyasi-2 soat
Reja:
Tut daraxti ildiz sistemasining tuzilishi.
Tut daraxti tanasining tuzilishi va xo’jalikda axamiyati.
Tut daraxti bargining tuzilishi va ipakchilikdagi axamiyati.
Tut daraxti generativ organlarining tuzilishi.