Yorqinoy mirzayeva tut ipak qurti


 ta ko‘ndalang, 168 ta qiyshiq va 110 ta uzunasiga



Yüklə 7,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/87
tarix19.12.2023
ölçüsü7,12 Kb.
#185020
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   87
pdf

268 ta ko‘ndalang, 168 ta qiyshiq va 110 ta uzunasiga
ketgan muskullar bor. Bir guruh muskullarning ishi boshqa guruh muskullar ishi bilan 
bog‘liq bo‘ladi. 


68 -rasm
Ipak qurti muskullarining 
joylashishi
268
- ta ko‘ndalang,
168
ta qiyshiq va 
110
ta uzunasiga
 
Qurtning bosh tomonida bosh va uning o‘simtalari, mo‘ylov, jag‘lar, ostki lab, 
paypaslagichlar va boshqalarni keltiruvchi muskullarjoylashgan. Ichakning bo‘ylama 
va halqali muskullari yurak bilan bog‘liq bo‘lgan muskullar haqida yuqorida aytib 
o‘tilgan. Muskullarning ishlashi nerv tizimi faoliyati bilan bevosita bog‘langan, 
shuning uchun muskullarda nerv uchlari juda ko‘p bo‘ladi. Muskullar ishlayotgan 
vaqtda juda ko‘p oziq moddalari va kislorod talab qiladi, buning oqibatida bularga ko‘p 
miqdordagi mayda nafas naychalari - traxeolalar tutashadi, bulardan organlarga 
kislorod keladi; bundan tashqari har bir muskulga gemolimfa oqib keladi, bu 
gemolimfa tarkibida ichak devori orqali kirgan oziq moddalari bo‘ladi. To‘qimalar 
devorida yoki ichida joylashgan muskullarga gemolimfadan keladigan oziq moddalar 
biriktiruvchi to‘qima pardasi orqali o‘tadi. 
69 rasm Ipak qurti tanasida muskullarning joylashish chizmasi.


Muskullar nerv tizimi orqali hosil bo‘lgan qo‘zg‘alish natijasida qisqaradi va 
bo‘shashadi; buning natijasida muskullarda kimyoviy jarayonlar sodir bo‘lib, katta 
ahamiyatga ega bo‘lgan energiya ajralib chiqadi. 
Bu jarayonlarning kimyoviy energiyasi juda katta tezlik bilan mexanik 
energiyaga aylanadi. Muskullar mexanik ishni moddalar almashinuvi jarayoni 
mahsulotlarining ta’sirida muskul tolalarining oqsil struktura holatining va fizik 
xossasining (mexanik) o‘zgarishi natijasida bajaradi, ya’ni ulardagi biokimyoviy 
jarayonlarda muskullarda bo‘ladigan va unga gemolimfa orqali keladigan organik 
moddalarning boy energiyasi ishtirok etadi. Bunday moddalarning asosiy turlari 
uglevodlar hisoblanadi, uglevodlar muskullarda glikogen holida bo‘ladi; 
gemolimfadan esa trigaloza holida keladi. Muskullardagi glikogen zapasi uncha katta 
emas, shuning uchun muskullar trigalozasiz davomli ishlay olmaydi. 
Bu uglevod moddalaridan ajralgan energiya muskul hujayralarining oqsil 
moddalariga bevosita emas, balki tarkibida fosfor bo‘lgan alohida birikmalar, asosan, 
adenozin, adenozin uch fosfat kislota (AUF) orqali ta’sir etadi. 
Muskullarga kelgan nerv qo‘zg‘alishi ta’sirida adenozii uch fosfat kislota 
fermentativ parchalanadi, bu parchalanish mahsuloti muskulning oqsil moddalariga 
ta’sir etadi va strukturasini o‘zgartiradi; bu esa ularning qisqarishiga sabab bo‘ladi. 
Adenozin uch fosfat kislotaning qaytarilish jarayoni natijasida muskullar yoziladi; 
bunda uglevodlarning parchalanish energiyasi hisobiga adenozin uch fosfat kislota
qoldig‘iga muskullar qisqarganda ajralib chiqadigan fosfor kislota qayta birikadi. 
Tarkibida fosfor bo‘lgan boshqa birikmalar ham qaytariladi. 
Uglevod birikmalari ikki formada dastlab kislorod ishtirokisiz (anaerob), 
so‘ngra esa kislorod ishtirokida (aerob) parchalanadi. 
Anaerob parchalanish muskullar qisqarganda sodir bo‘ladi va glikogenning sut 
kislotaga aylanishdagi (glikogenoliz) reaksiya zanjiridan iborat bo‘ladi. Bu 
jarayonning asosiy ahamiyati shundaki, bunda muskullarning ishlashi uchun zarur 
bo‘lgan energiya ajralib chiqadi. 
Aerob parchalanish muskullarning bo‘shashish (dam olish) holatiga to‘g‘ri 


keladi. Bunda kislorod yutiladi,buning yordamida sut kislota - boshlang‘ich 
gilikogengacha qaytariladi. Bunday o‘zgarishga sut kislotaning beshdan to‘rt qismi 
uchraydi: qolgan qismi esa suv va uglekislotagacha oksidlanadi. Bunda ajralib 
chiqqan energiya faqatgina muskullar ichida bo‘ladigan jarayonlar uchun sarf 
bo‘lmasdan, balki organizmda bo‘ladigan ximiyoviy o‘zgarishlarga, harakatlanishga 
va tanada issiqlikni saqlab turishga xizmat qiladi. 
Shunday qilib, muskullar faqatgina sof mexanik ish bajarmasdan, balki issiqlik 
manbai ham hisoblanadi. Issiqlik energiyasi sintezlangan moddalar energiyasiga 
aylanadi, bir qismi esa organizm tomonidan tashqi muhitga chiqarib yuboriladi. 
Gemolimfadagi uglevod birikmalarining sintezi qurtlar uchun eng zarur sintez 
hisoblanadi. Yuqorida eslatib o‘tilganidek, (qon aylanish bo‘limiga qarang) 
gemolimfa moddalar almashinuvi uchun oraliq joy hisoblanadi. Oziq bilan kiruvchi 
uglevodli moddalar organizmga yetishmaydi, shuning uchun gemolimfada oqsil 
moddalar- aminokislotalar ko‘p miqdorda bo‘ladi. Parchalanishining oxirgi 
mahsulotidan uglevod moddalar sintezlanadi. Bu sintez zapas uglevodlarni erituvchi 
trigaloza hosil bo‘lguncha davom etadi. Uning miqdori qurtlik davrida ( I yoshdan -V 
yoshgacha) 8150 marta oshadi, bu raqam sintetik jarayonlarning gemolimfada juda 
tez borishi va muskullar ishlaganda uglevod birikmalariga katta ehtiyoj sezishini 
ko‘rsatadi


Yüklə 7,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin