Yorqinoy mirzayeva tut ipak qurti


O‘tilgan mavzuni mustahkamlash uchun savollar



Yüklə 7,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/87
tarix19.12.2023
ölçüsü7,12 Kb.
#185020
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   87
pdf

O‘tilgan mavzuni mustahkamlash uchun savollar. 
1.Hayvonlarda qanday ikkita asosiy tip muskullar bo‘ladi? 
Bulardan qaysi biri hasharotlar uchun xos? 
2.Tut ipak qypti tanasi qisqarishini ta’minlovchi muskullarning tuzilishi va joylanishini bayon qiling. 
3. Tut ipak qurtning boshida joylashgan muskullar faoliyatini bayon qiling. 
4.Muskullardagi uglevod birikmalarining parchalanishi qanday ikki formada bo‘ladi , u yoki bu 
formada muskullar holati qanday o‘zgaradi? 
5.Muskullar ishlayotganda issiqlik qanday hosil bo‘ladi? 
2.13. Tut ipak qurtining chiqarish organlari 


Organizmning hayot faoliyati jarayonida hujayra va to‘qimalarni tashkil 
etuvchi moddalarning (ular almashinishi natijasida) shu organizmdan chiqarib 
yuboriladigan bir qancha parchalanish mahsulotlari hamda energetik birikmalar- 
uglevodlar va yog‘larning ajralish (oksidlanish) mahsulotlari hosil bo‘ladi. Bundan 
tashqari, foydalanilmagan oziq moddalarning ma’lum miqdori organizmda qoladi va 
ular gemolimfaga tushadi, bu moddalar ham borib-borib parchalanadi va ular ham 
tashqariga chiqarilib yuborilishi kerak. 
Tashqariga chiqarib yuborilishi kerak bo‘lgan moddalarning asosiy qismi oqsil 
almashinuvi mahsulotlari hisoblanadi.Bundan keyin oksidlanish jarayonlari 
mahsulotlari- korbanat angdirid va suv, mineral tuzlar, foydalanilmagan vitaminlar va 
pigmentlar tipidagi boshqa murakkab birikmalar chiqariladi. 
Oqsil almashinuvi mahsulotlari, asosan tarkibida azot bo‘lgan moddalardir. 
Yuuqoridagi aytib o‘tilganidek, organizm ichida moddalar almashinuvida 
qatnashuvchi moddalar yo gaz holatida, yoki suyuq holatda(eritma shaklida) bo‘ladi. 
Parchalanish jarayonlari vaqtida hosil bo‘ladigan oqsil almashinuvi mahsulotlarini, 
suyuq holatda organizmdan chiqarib yuborish uchun juda ko‘p suv sarflash kerak. 
Vaholanki, hashoratlarning suv resursi juda kam, boshqa hayvonlardan farqli o‘laroq, 
ularga suv faqat oziq tarkibidangina kiradi. Tut ipak qurtlariga faqat tut barglaridagi 
suvning o‘zigina kiradi. Moslanish jarayonida hashoratlar organizmida azotli 
mahsulotlar chiqarishning eng kam miqdor suv sarflanadigan formasi hosil 
bo‘lganligi tabiiydir. Sut emizuvchi hayvonlarda tarkibida azot bo‘lgan bunday 
parchalanish mahsulotlari -amidlar mochevina(siydik) tarzida ajralib chiqadi, bunday 
hol hashoratlarda suv bo‘lgan taqdirdagina mumkin, ammo hashoratlarda bunday 
chiqarish formasiga ega bo‘lish imkoniyati yo‘q, ularda parchalanish mahsulotlari 
siydikka emas, balki siydik kislotaga aylanadi.
Siydik kislota organizmning hujayra va to‘qimalaridan gemolimfaga, undan esa 
maxsus chiqaruv organlariga - Malpigiev naychalariga tushadi. Gemolimfada ko‘p 
miqdor siydik kislota bo‘lishi hashoratlar sinfi uchun xarakterli belgi bo‘lib ,bu bilan 
hashoratlar sinfi boshqa umurtqasizlardan farq qiladi. Siydik kislota tuplangani sari


uning konsentratsiyasi oshib boradi, siydik kislota, umuman suvda yaxshi erimasligi 
sababli, undan chiqindi –kislota kiristallari paydo bo‘la boshlaydi. Bu kristallar 
ichakning orqa qismida to‘planuvchi ekskriment (axlat ) tarkibiga kiradi va u bilan 
birga hashorat tanasidan tashqariga chiqarilib yuboriladi. Tut ipak qurtlari tarkibida 
azot bo‘lgan parchalanish mahsulotlarning 85% dan ortiqrog‘i ana shunday yo‘l bilan 
tashqariga chiqarib yuboriladi. 
Malpigiev naychalarida ajralib chiqadigan moddalar orasida siydik kislotadan 
tashqari ko‘pincha kalsiy oksalat kristallari ham uchraydi, bular ipak qurtlari ozig‘ida 
tarkibida kalsiy bor tuzlarning ko‘payib ketishi natijasida hosil bo‘ladi. Tut ipak 
qurtlari organizmida hosil bo‘luvchi kalsiy karbonat ,kalsiy fosfat, natriy xlorid, 
ammoniy va boshqa anorganik birikmalar ham xuddi ana shu yo‘l bilan tashqariga 
chiqarib yuboriladi.
Malpigiev naychalari oltita uzun, ingichka naychalardan iborat bo‘lib, ular 
ichakning har bir yon tamoniga uchtadan joylashgan. Bu naychalar to‘g‘ri ichak 
devorining oldingi chegarasiga yaqin joydagi ichki qavatdan boshlanib , ularning 
boshi berk (ko‘r) bo‘ladi. Naychalar egri-bugri holda to‘g‘ri ichakning orqa 
chegarasigacha boradi, yana orqa tomonga qayrilib ,ana shunday egri-bugri holda , 
endi ichak devorining anchagina ustki qavati bo‘ylab, to‘g‘ri ichakning oldingi 
chegarasiga keladi va shu yerdan tashqariga chiqadi. Shundan keyin yo‘g‘on va 
ingichka ichaklar devorini mayda egri-bugri bo‘lib qoplab olgan holda,o‘rta ichak 
bo‘ylab ko‘krak bo‘g‘imlari tomon yo‘naladi,bunda to‘rtta naycha tananing orqa 
(elka) tomonidan, ikkitasi esa qorin tomonidan keladi. O‘rta ichakning o‘rta 
qismlarida ,taxminan, qorin qismining uchinchi- to‘rtinchi bo‘g‘imlari baravarida 
naychalar orqa tomonga qayriladi. Tananing orqa tomonidan kelayotgan to‘rtta 
naychaning o‘rtadagi ikkitasi bir oz beriroqdan orqaga qayriladi, shuning uchun ham 
ular yon tomondan kelayotgan naychalarga qaraganda kaltaroq bo‘lib ko‘rinadi. 
Tananing bir yon tomonidagi Malpigiev naychalarining uchtasi ingichka ichakka 
borib, bitta umumiy kalta yo‘lga (nayga) qo‘shiladi va bu yo‘l siydik pufagiga 
(qovuqqa) ochiladi. Tananing har qaysi yon tomonidan bittadan ikkita siydik pufagi 


kalta yo‘llar (naylar) bilan ingichka ichakka tutashadi. Malpigiev naychalarining 
devorlari yirik hujayralardan iborat, ularning har biri naychalar ko‘ndalang kesimi 
aylanasining yarmini egallaydi. Hujayralarning tuzilishi organizmning yoshiga, 
fiziologik holatiga va naychasining qismiga qarab o‘zgaradi. Ipak qurti yosh vaqtida 
hujayralar yadrosi yumaloq, keyinroq borib, tarmoqlangan shaklga kiradi. Hujayra
protoplazmasi juda to‘rsimon yoki katak- katak holda tuzilgan va pigmentli 
donachalari bo‘ladi, buning natijasida naychalar ko‘kish tovlanadigan sarg‘ish-
qo‘ng‘ir rangda ko‘rinadi. 
Malpigiev naychalarining faoliyati ikki bosqichga bo‘linadi. Birinchi bosqich 
tarkibida siydik kislota tuzlari bo‘lgan suvli eritmalar tana bo‘shlig‘idan 
naychalarning orqa bo‘limi bo‘shlig‘iga so‘riladi. Bu erdan suvli eritma naychaning 
oldingi bo‘limga o‘tadi. 
Yo‘lda avval siydik kislotaning ishqorli birikmalaridan erkin siydik kislota 
ajralib chiqadi. Oldingi bo‘limda ikkinchi bosqich o‘tadi; bunda eritmadan suv ajralib 
chiqadi hamda karbonad ishqorlar bilan birga shu bo‘lim devorlaridan so‘riladi va 
yana qaytadan tana bo‘shlig‘iga ajralib chiqadi. Konsentrlangan eritmadan esa 
Malpigiev naychalari yorig‘iga siydik kislota kristallari cho‘kadi,ular siydik pufagi 
tomon harakatlanadi va bu yerdan orqa ichakning ingichka ichagiga tushadi. Shu 
kristallar bilan birga ingichka ichakka kalsiy oksalat va suyuq holatda ajralib chiqqan 
boshqa mahsulotlar ham tushadi. Ingichka va yo‘g‘on ichaklarda bu mahsulotlar 
batamom suvsizlanadi va ekskrementga qo‘shilib ketadi.
Malpigiev naychalarining oldingi va orqa bo‘limlarida sodir bo‘ladigan 
jarayonlarning har xilligiga ko‘ra bu bo‘limlar hujayralarining faoliyati ham har xil 
bo‘ladi. Ajralish jarayonida orqa bo‘lim hujayralari faqat suyuq qismini beradi,oldingi 
bo‘lim hujayralari esa suvni so‘rib olish va kristallik birikmalarini ajratib chiqarish 
xossasiga ega bo‘ladi. Bunday kristallik birikmalar hujayralarda va siydik 
tutashadigan naychalarning past tomonga tushuvchi shoxchalari yorug‘ida ayniqsa 
ko‘p. 


70-rasm 
Malpigiev naychalari 
(o‘ng tarmog‘i): 
1-.-orqa chiqaruv teshigi 
2-keyingi ichak 
3-sp -suyuqlik pufakchasi 
(siydik pufakchasi): 
Naychalarda ajralib chiqqan mahsulotlar naychalarning devorlari va ichakning orqa 
bo‘limi muskullaridagi bosimning ichak devorlarida joylashgan naychalarning uchi 
berk qarab bosishi natijasida ichakning orqa bo‘limi tomon suriladi. 
Malpigiev naychalarida ajralib chiqadigan mahsulotlarning tarkibi va miqdori 
organizm rivojlanishining har xil bosqichlarida moddalar almashinuvi amalga 
oshirishda sodir bo‘luvchi biokimyoviy jarayonlardagi sifat va miqdoriy 
o‘zgarishlarni o‘zida aks ettiradi. Kichik yoshdagi ipak qurtining Malpigiev 
naychalarida ajralib chiqadigan moddalar tarkibida siydik kislotaga qaraganda kalsiy 
oksalat birmuncha ko‘p bo‘ladi. Katta yoshdagi ipak qurtlari Malpigiev naychalarida 
ajralib chiqadigan moddalar tarkibida esa, aksincha, siydik kislota ko‘p bo‘ladi. 
Shunday bo‘lishiga qaramay, kichik yoshdagi ipak qurtlari beshinchi yoshdagi ipak 
qurtiga qaraganda tirik vazn birligiga nisbatan ikki marta ortiq siydik kislota ajratib 
chiqaradi. Bunday farqlar bo‘lishining sababi,bir tomondan, ipak qurti ozig‘i tarkibi 
o‘zgaradi, ikkinchi tomondan esa, kichik yoshdagi ipak qurtida,asosan,o‘sish va ko‘p 
energiya sarflash jarayonlari sodir bo‘ladi,bunda oqsil moddalari intensiv ravishda 
parchalanadi va to‘la foydalaniladi, natijada siydik kislota ko‘rinishidagi chiqindi 
ko‘p hosil bo‘ladi: beshinchi yoshda esa yuqorida aytib o‘tilgan jarayonlardan 
tashqari, oqsillar shaklida ham, shuningdek sintez qilingan yog‘lar shaklida va qisman 


uglevodlar shaklida ham zahiralar (rezervlar) to‘planadi, binobarin, chiqindilarning 
solishtirma miqdori ham kamayadi. Buni quyidagi jadvaldagi ma’lumotlardan ko‘rish 
mumkin.

Yüklə 7,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin