78 rasm Pilla o‘rashning biodinamikasi [ 18]
1-Pilla o‘rashdan oldin qurt 2-Pilla o‘rashga kirishishdan 3- 8 liklarni
ichini tozalab oladi oldin (chodir los ) o‘rmoncha , to‘qishi
qavatini to‘qib oladi
4-Asosiy qavatini o‘rashi va o‘rab bo‘lgan pilla 5- Pilla ichida qurtni
g‘umbakka aylanishi
Ipak qurti pilla qobig‘ining asosiy qavatini o‘rab bo‘lgandan keyin pilla o‘rash
jarayonining so‘nggi - to‘rtinchi bosqichiga o‘tadi. Bu vaqtga kelib, uning tanasi
birmuncha qisqaradi, boshining bir me’yordagi harakati buziladi, anchagina
ingichkava seritsinga kam bo‘lgan ipak tolalari cho‘ziq, noto‘g‘ri shaklli halqalar
ko‘rinishida o‘raladi.
Ipagini tortib bo‘lmaydigan g‘ovak parda hosil bo‘ladi. G‘umbakning boshi
turgan joyda bu parda yana ham g‘ovakroq tuzilgan bo‘lib, asosiy qobiqdan bir oz
qochibroq turadi.
Pilla o‘rash jarayonida ipak qurti harakatlarining xarakteri va ularning izchilligi
«pilla o‘rash biodinamikasi» deb ataladi. Pilla o‘rash jarayoni tamom bo‘lgandan
keyin qurtlar beshinchi marta pust tashlaydi, ammo bu safar ular eski po‘stini tashlab,
g‘umbakka aylanadi.
G‘umbaklik bosqichi ipak qurti rivojlanishining harakatsiz, oziqlanmaydigan
davridir, bu bosqich mobaynida metamorfoz yuz beradi, ya’ni ipak qurti kapalakka
aylanadi. Dastadan terib olingan va losdan tozalangan pillaning tuzilishi quyidagicha
bo‘ladi, avval chuvalgan qavat, keyin qobiqning ipagi tortiladigan asosiy qavati va
shundan so‘ng parda qavati keladi. Butun kobiqni tashkil etuvchi ipakning 6,5-8,2% i
los qavatda, 5,6 - 6,3%i parda qavatida bo‘ladi. Qobiq ichida g‘umbak va qurt
beshinchi po‘st tashlash vaqtida tashlagan po‘st bor.Ipak qurti bitta yarim shardan
ikkinchi yarim sharga o‘tish vaktida ilgari taxlab qo‘ygan sakkizliklar yoki sinusoidal
egri chiziqlar qavati ustiga har safar ipak tolalarini tashlab o‘tadi, yangi qavatning
tolalari ilgari qo‘yilgan tolalarga ko‘ndalang tushib, seritsin bilan bir-biriga yopishib
qoladi, bu narsa qobiqni pishiq qilib turadi,qobiqning o‘zi esa ko‘ndalang holda bir-
biriga yopishib qolgan ko‘p qavat ipak tolalari to‘ridan iboratdir.
Har bir millimetr ipak tolasiga beshtagacha ana shunday ko‘ndalang yopishgan
tola to‘g‘ri keladi, butun pillada esa ularning miqdori (ipak tolasining uzunligi 1000
m bo‘lganda) 5000 000 ga yetishi mumkin. Pillaning bunday to‘rsimon tuzilganligi
seritsinning sorbsion xossalari bilan birgalikda g‘umbakning faqat tashqi
dushmanlardan mexanik ravishda himoyalanishini ta’min etibgina qolmaydi, balki
pilla ichi gidrometrik sharoitini tartibga solishda ham juda katta ro’l o‘ynaydi. Bu
narsa namligi yuqori va yomg‘ir ko‘p yog‘adigan iqlimli zonalardan kelib chiqqan
zotlar pillasi tarkibida seritsin juda ko‘p bo‘lishi bilan isbotlanadi.
Pillalarning shakli, katta-kichikligi, vazni ularning tabiiy belgilari hisoblanadi,
ammo ipak qurtining rivojlanish sharoiti va qisman dastaning xususiyatlariga qarab,
bu belgilar turlar ichida ham o‘zgarishi mumkin. Pillalar shakli jihatidan sharsimon
(yumaloq), tuxumsimon (oval), duksimon va silindr shaklida bo‘lishi mumkin.
Tuxumsimon va silindr shaklidagi pillalarning beli salgina yoki juda ingichka
bo‘lishi mumkin. Beli ingichka pillalarda g‘umbakning boshi to‘rgan yarim shar
kattaroq bo‘ladi.
Pillalar shaklining zot xususiyatlari ipak qurtining tana tuzilishi bilan bog‘liq.
Olib borilgan o‘lchash ishlari ipak qurtining tanasi ingichka va uzun yoki yo‘g‘on va
kalta bo‘lishi mumkin ekanligini ko‘rsatdi. Tanasi ingichka qurtlar uzun pilla o‘raydi,
tanasi yo‘g‘on qurtlar esa tuxumsimon yoki sharsimon shaklli pilla o‘raydi.
Pilla qobig‘i tashqi qavatlarining xususiyatlaridan biri uning donadorligidir.
Donadorlik pilla qobig‘ining asosiy qismi o‘ralish vaqtida ipak tolalarining los
qavatning siyrak tolalari orasida «osilib» qolishi patijasida hosil bo‘ladi.
Ipak qurti ana shunday yerlarni tekislashga harakat qilib, bu joylarda ko‘proq
ipak chiqaradi, buning natijasida pilla sirtida donadorlik hosil qiluvchi dumboqchalar
paydo bo‘ladi. Do‘mboqchalarning katta-kichikligi chuvalgan qavatdagi ipak
tolalarning oralig‘iga, sakkizliklarining kengligiga va ipak tolasining yo‘g‘on-
ingichkaligiga bog‘liq bo‘ladi. Pillaning uch tomonlari ham, yon tomonlari ham bir
xilda mayda donador bo‘lsa, bunday pillaning ipagi yaxshi tortiladi.
79-rasm.Tut ipak qurti pillasining shakli:
1-sharsimon (yumaloq) pilla ; 2 – beli ingichkalashmagan oval shaklli (ellipsoid) pilla: 3 - beli
salgina ingichka, oval shaklli pilla 4- beli ingichka oval shaklli pilla; 5 - silindr shaklli, uzunchoq
pilla; 6 - 7 - uchi ingichka pillalar
Pillalarning katta-kichikligi ularning shakliga qarab, har xil bo‘ladi:
sharsimon va duksimon, beli ingichka bo‘lmagan tuxumsimon hamda silindr
shaklidagi pillalarning tolasi uzun va yo‘g‘on bo‘lishi aniqlangan. Beli ingichka
pillalarning uzunligi (bo‘yi) va yo‘g‘onligi yarim sharlarning ko‘ndalang
kesimining eng katta va ingichka joyi kesimi eng kichik bo‘lgan joylaridan
o‘lchanadi. Pillalar noniusli shtangensirkul bilan o‘lchanadi
.
80- rasm.Pillalarni o‘lchaydigan noniusli shtangensirkul[27]
a-Tut ipak qurtini pillasi. b- Hind eman ipak qurti pillasi
Pillaning ko‘ndalang kesimi shakl jihatidan to‘g‘ri doiradan farq qiladi,
shuning uchun ham pillaning beli ingichka joyi yoki yarim sharning kengligini
aniqlashda shu joylar ko‘ndalang kesimini ikki marta o‘lchashdan chiqqan
natijalarning o‘rtacha miqdori olinadi.
Yaqin Sharq zotlarining pillasi eng yirik, Xitoy va Yaponiya zotlarining pillasi
eng mada Yevropa zotlari pillasi esa o‘rtacha kattalikda bo‘ladi. Urg‘ochi ipak
qurtlarining pillasi erkak ipak qurtlarnikiga qaraganda o‘rta hisobda birmuncha
yirikroq bo‘ladi. Pillalarning uzunligi 16 mm dan 46 mm gacha, kengligi esa 12 mm
dan 24 mm gacha bo‘ladi. Pillalarning o‘rtacha hajmi ipak qurtlarining zotiga qarab:
erkak qurtlarniki 5 sm
3
dan 11 cm
3
gacha, urg‘ochi qurtlarniki esa 5,5 sm
3
dan 13 sm
3
gacha bo‘ladi.
Pillalarning vazni tirik g‘umbagi bilan birgalikda (bunday pillalar ho‘l yoki
tirik pillalar deb ataladi), ipak qurtining zoti hamda qurt boqish sharoitiga qarab, 1
g dan 3 g gacha bo‘ladi. Urg‘ochi qurtlar pillasining vazni erkak qurtlar pillasidan
o‘rta hisobda 20% og‘irroq bo‘ladi. Ipak qurti g‘umbakka aylanish oldidan po‘st
tashlagan vaqtda pillaning vazni eng og‘ir bo‘ladi, keyin pillaning vazni asta-sekin
kamayib boradi va kapalak chiqish vaqtiga kelib, dastlabki vaznidan 12% gacha
kamayib ketadi. G‘umbaklik davrining o‘rtalarida pilla kuniga o‘rtacha hisobda 1,2
- 1,5% vazn yo‘qotadi.
Pillalarni dastalardan terib olish vaqtiga kelib, ho‘l pilladagi g‘umbakning
vazni, taxminan 76 - 90%, qurt tashlagan po‘stning vazni 0,5%, pilla qobig‘ining
vazni 10% dan 24% gacha bo‘ladi. Erkak qurtlar o‘ragan pillalar qobig‘ining vazni
urg‘ochi qurtlar o‘ragan pillalar qobig‘inikiga qaraganda birmuncha ortiqroq bo‘ladi.
G‘umbagi o‘ldirilgan va havoda quritilgan pillalarning qobig‘i pilla vaznining 43-
50% ni tashkil etadi, bunda pillalar quritilish jarayonida vaznini g‘umbakdagi namlik
hisobiga yo‘qotadi (g‘umbakda namlik 75-80% bo‘ladi), qobiqda esa ho‘l pillada
ham, quruq pillada ham odatdagi sharoitda 10-11% namlik bo‘ladi.
Pillalarning biologik va ayniqsa, texnologik xossalariga irsiyatdan tashqari,
pilla o‘rash sharoiti- harorat, namlik, yorug‘lik, aeratsiya, dastalarning miqdori, sifati
ham katta ta’sir etadi.
Pilla o‘rash vaqtida harorat sharoitining o‘zgarishi natijasida ipak qurtining
pilla qobig‘iga ipak tolalarini o‘rash tezligi va xarakteri ham o‘zgaradi. Harorat oshib
borgan sari ipak qurtining harakat tezligi ham ortadi, boshining tebranish kengligi
kattalashadi, shuning uchun sakkizliklar ham yirikroq hosil bo‘ladi, ipak tolasi esa
ingichkalashib boradi. Pilla o‘rash vaqtida ipak chiqarish ishi ikki jarayondan iborat
bo‘ladi: bir tomondan, ipak qurtining tanasi qisilishi ipak ajratuvchi bezga bosim
orqali ta’sir ko‘rsatadi, ana shu ta’sir ostida ipak massasi siquvchi apparat tomon
suriladi, ikkinchi tomondan, ipak qurti boshining harakati bilan ipak tolasi ipak
chiqaruvchi naychadan sug‘urilib chiqadi. Naychaning uchida hamma vaqt bir
tomchi suyuq ipak bo‘ladi (bu bir tomchi seritsin bo‘lsa kerak), ipak qurti naychasini
biror nuqtaga tegizib, ipak tolasi uchini shu joyga yopishtiradi va boshini tebratib,
naychadan ipak tolasini sug‘urib chiqaradi. Bu harakat qanchalik tez bo‘lsa, ipak
tolasi shunchalik ingichka chiqadi, chunki ipak massasi mexanik ravishda juda ko‘p
cho‘ziladi.
81-rasm
Har xil harortda pilla uchlari va yarim
sharlarida pilla qatlamlaridagi
sakkizliklarning bukik joylari
katta-kichikligining o‘zgarishi.
A-ustki qatlamda (boshlanishi).
B-260 metrdan keyin.
V-600 metrdan keyin:
1-pilla uchlarida:
2- pilla yarim sharlarida.
Harorat 21°C bo‘lganda ipak qurti 3,17 sekund mobaynida buyi 3,5 mm, ipak
tolasining yo‘g‘onligi 24,91 mikron keladigan bitta sakkizlik hosil qiladi, bunda ipak
tolasi chiqarish tezligi sekundiga 2,11 mm bo‘ladi. Harorat 29°C bo‘lganda ipak qurti
bo‘yi 4,6 mm keladigan sakkizliklar hosil bo‘ladi, bunda har bir sakkizlik uchun faqat
1,69 sekund vaqt sarflaydi, ipak tolasining yo‘g‘onligi 20,43 mikrongacha kamayadi,
sakkizliklar hosil qilish tezligi esa sekundiga 6,01 mm gacha ortadi. Ipak tolasining
asosiy texnologik xossalaridan biri uning metrik nomeri
1
va metrik nomerining bir
xil bo‘lmasligidir. Pilla o‘rash davrining boshlarida ipak qurti yo‘g‘on-ipak tolasi,
ya’ni metrik nomeri past -2500-3000 tartibdagi ipak tolasi chiqaradi ; pilla o‘rash
davrining oxiriga kelib, ipak tolasi anchagina ingichkalashadi va shunga muvofiq
ravishda uning metrik nomeri ham oshadi, ya’ni 4000 - 6000 tartibdagi miqdorga
ega bo‘ladi.Odatda, bitta pilla ichidagi ipak tolasining oxirgi uchi metrik nomeri
uning boshlanish qismidagi ipak tolasi metrik nomeridan ikki-uch marta ortiq
bo‘ladi. Ipak tolasining nomeri uning o‘rtacha miqdoriga qarab, odatda, bitta
pillaning ichida 17 - 25% va pillalar orasida 12 - 18% gacha o‘zgarib turadi. Ipak
tolasining o‘rtacha metrik nomeri qanchalik katta bo‘lsa, pilla ichidagi va pillalar
orasidagi har xillik shunchalik kam, pillalarning texnologik xossalari shunchalik
yuqori bo‘ladi. Ipak tolalarining yo‘g‘on-ingichkaligi har xil bo‘lishi bizning
pillakashlik fabrikalarimizda xozir keng qo‘llanayotgan pillalardan avtomatik
ravishda ipak tortishda ayniqsa katta ro’l o’ynaydi.
Pilla o‘rashning harorat sharoiti ipak tolasining metrik nomeri, bu nomerning
har xil bo‘lishi, pillalarning seripakligi va ipak chiqishi kabi texnologik
ko‘rsatkichlarga ta’sir etadi, ipak chiqishi esa seritsinning holatiga bog‘liq bo‘lgan
pillalarning tortiluvchanlik (chuvaluvchanlik) xossasi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri
aloqadordir.
Pilla o‘rash davrida harorat 21°C dan 25°C gacha ko‘tarilsa, pilla o‘rash
muddati, umuman, qisqaradi, ipak tolasining o‘rtacha metrik nomeri kattalashadi,
uning har xilligi kamayadi, pilla seripak bo‘ladi va ipak tolasi ko‘p chiqadi. Harorat
29°C gacha ko‘tarilganda ipak tolasining metrik nomeri yanada kattalashadi va har
xilligi kamayib boradi, ammo buning evaziga pillaning ipagi anchagina kamayib
ketadi va ipak tolasi juda kam chiqadi. Shunday qilib pilla o‘rash davrida past (21°C-
23°C) harorat ham, yuqori (28°C- 29°C) harorat ham pillalarning biologik
ko‘rsatkichlarini va texnologik xossalarini pasaytirib yuborishi aniqlangan ;
Dostları ilə paylaş: |