O‘tilgan mavzuni mustahkamlash uchun savollar.
1. Tut ipak qurtining ipak ajratuvchi bezning tuzilishi qanday va u ipak qurti
tanasida qanday
joylashgan ?
2. Tut ipak qurtining ipak ajratuvchi bezlarning kattaligi va joylashuvi
ipak qurtlarining yoshiga
qarab qanday o‘zgaradi ?
3. Tut ipak qurtining mahsuldorligi bilan ipak ajratuvchi bezlarning kattaligi o‘rtasidagi
bog‘lanishni aytib bering .
3. Tut ipak qurtining ipak ajratuvchi bez sekretining tarkibi va ipak qurtining ipak hosil qilishini
so‘zlab bering?
4. Tut ipak qurtining ipagi tarkibidagi Fibroinning qanday fizik – kimyoviy xossalari bor?
5. Tut ipak qurtining ipagi tarkibidagi Seritsin qanday fizik – kimyoviy
xossalarga ega va uning
biologik ro’li qanday ?
6.Tashqi muhit sharoiti ta’sirida seritsinning xossalari qanday o‘zgaradi ? Seritsinning
tarkibiy
qismlarini ( fraksiyalarini)aytib bering.
7.Ipak qurtining ipak tolalarini qanday moddalar bo‘yaydi va ular qurtning
qaysi organida hosil
bo‘ladi ?
8.Seritsin va fibroin bezning qaysi bo‘limlarida ishlanib chiqadi?
9.Fibroin va seritsin qanday moddalar hisobiga hosil bo‘ladi ?
10.Pilla o‘rash davri boshlanguncha bezda ipak massasi to‘planishi va pilla o‘rash vaqtida ipak
ishlanib chiqish protsessini tavsiflang. Tut ipak qurtlari boqish rejimi ipak mahsuldorligiga bo‘lgan
ta’sirini aytib bering.
11.Tut ipak qurtining ipak massasining ipak tolasiga aylanish jarayonini qanday boradi ? Bu
jarayonida siquvchi apparatning roli qanday ?
12.Tut ipak qurti qaysi yoshidan boshlab, ularning bezi ipak ajratadi ?