fibroin
dan va
fibroinni yupqa qatlam o‘rab turuvchi yopishqoq modda -
seritsin
dan iborat. Ipak
tolasida (vazn jihatdan) 70 - 80% fibroin va 20 - 30% seritsin bor.
14-jadvaldagi ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki, I.Ch.Bekkamov tomonidan olib
borilgan ilmiy izlanishlari ma’lumotlaridan Ipak suyuqligi tarkibidagi asosiy
aminokislotalar guruhi va miqdorini aniqlashni (%). (Ipakchi-1 va Ipakchi-2)
zotlarida olib borgan. Ipak suyuqligi tarkibida jami 17 ta eng muxim aminokislotalar
mavjud bo’lib, ularning miqdoriy ko’rsatkichlari 5-yoshning oxirgi kuniga borguncha
asta sekin ko’payib borganligini urganib chiqgan. Jumladan, shu asosiy moddalar 5-
yoshning 3 kunida 5,58% ni tashkil etgan bo’lsa, pilla o’rash oldidan bu ko’rsatgich
9,92% ga teng bo’lib, 3 kundagiga nisbatan 4,24% ga ortganligi aniqlagan. [24]
Ipak suyuqligi tarkibidagi asosiy aminokislotalar guruhi va miqdori (%). (Ipakchi-1 va
Ipakchi-2 zotlarida) 14-jadval
№
Aminokislotalar tartibi
5-yoshning
3-kunida
5-yoshning
5-kunida
5-yoshning
8-kunida
Izoh
1
Asparagin
0,35
0,36
0,48
Tajribada
ikkala zotdan
iborat
5 dona
qurtlarning
nisbati
asosida olindi
2
Treonin
0,30
0,29
0,45
3
Serin
0,27
0,28
0,42
4
Glutamin
0,37
0,36
0,58
5
Promin
0,19
0,27
0,35
6
Glistin
0,20
0,21
0,34
7
Alanin
0,24
0,23
0,34
8
Sistein
0,21
0,22
0,72
9
Valin
0,33
0,33
0,42
10
Metionin
0,48
0,47
0,68
11
Izoleystin
0,45
0,43
0,63
12
Leystin
0,43
0,42
0,67
13
Tirozin
0,59
0,71
0,93
14
Fenilalanin
0,64
0,70
0,74
15
Gistidin
0,43
0,48
0,76
16
Lizin
0,10
0,38
0,71
17
Arganin
0,10
0,33
0,70
Jami
E 5,68%
E 6,47%
E 9,92%
76 rasm.[18]A-Ipak tolasi chin ipak -fibroin: B- Ipak tolasini mikroskopik
- yopishqoq modda -serisin. kurinishi
Fibroinni o‘rab turuvchi qavatda seritsindan tashqari juda oz miqdorda
mineral va mumsimon moddalar, pigmentlar hamda boshqa mahsulotlar bo‘lib, ular
hamma ipak vaznining 2,5- 3,5% ini tashkil etadi. Bu moddalar (seritsin ham)
odatda bitta umumiy nom bilan «qaynatilganda yo‘qoladigan moddalar» deb
yuritilib, ipak tortish vaktida erib ketmaydigan fibroin va ba’zi pigmentlardan farq
qiladi.
Fibroin - tabiiy yuqori molekulyar oqsilli birikma , tarkibida 48 - 49%
uglerod, 6,4 - 6,5% vodorod, 17,35 - 18,89% azot va 26 - 28% kislorod bor;
fibroinning molekulyar og‘irligi 217700. Bu tarkibida oltingugurt bo‘lmagan,
uncha ko‘p uchramaydigan oqsilli jismlardan biridir.
Fibroinning murakkab molekulasi zanjirdan iborat, 2592 aminokislota
qoldiqlaridan- qismlardan tuzilgan. Fibroin molekulasining tuzilishida tabiiy oqsilli
jismlar tarkibiga kiruvchi deyarli hamma aminokislotalar qatnashadi, ammo uning
asosiy massasini glitsin (40 - 44%), alanin (25 - 26,5%) va tirozin (11 - 13%) tashkil
etadi. Bu aminokislotalar zanjiri juda uzun bo‘lib, 0,9 mikrongacha etadi. Alohida
molekulalar bog‘lamlarga birlashadi (har birida 600 gacha zanjir bo‘ladi). Bunday
bog‘lamlar - mitsellalarni elektron mikroskopda ko‘rsa ham bo‘ladi. Mitsellalar, o‘z
navbatida, fibrillalarga (tolalarga) birlashadi. Ipakni odatdagi mikroskopda qarab,
uning shunday fibrillalardan tuzilganligini ko‘rish mumkin. Ipak juft o‘tkazuvchi
yo‘llardan o‘tayotganda uning hamma mitsellalari ham ipning bo‘ylama o‘qiga
parallel holda joylashgan bo‘lavermaydi; buning sababi ipak massaning suyuq
holatda bo‘lishidir; ipak massa cho‘zilib borgan sari, ayniqsa, siquvchi apparatdan
o‘tgandan keyin, mitsellalarning joylashish holati tartibga tushadi va ularning ko‘p
qismi tola o‘qi bo‘ylab joylashadi, bu esa ipak tolasining yuksak mexanik xossalarini
oshirib boradi.
Fibroin uzilmasligi, juda pishik, va elastikligi, spirtda, efirda va boshqa
erituvchilarda erimasligi, ishqor hamda kislotalarga nisbatan chidamliligi,
chirimasligi bilan ajralib turadi. Fibroin suvda erimaydi, ammo o‘z tuzilmasini
o‘zgartirmagan holda bo‘kadi. Fibroinning fizik va ximiyaviy xossalari ipakdan
tayyorlangan to‘qimachilik, texnika buyumlarining nihoyatda pishiq, egiluvchan,
gigroskopik chidamli, yaltiroq, chiroyli bo‘lishi va boshqa bir qancha foydali
sifatlariga sabab bo‘ladi.
Seritsin ham aminokislotalardan iborat oqsil moddadir, ammo
uning tarkibi fibroindan anchagina farq qiladi: bu, asosan, serin (25 - 35%), asparagin
kislota (13-18%), glutamin kislota (10% gacha) va glitsin (11%gacha)dan iboratdir.
Seritsin o‘z molekulasining tuzilishi bilan fibroindan ko‘proq farq qiladi: uning
molekulasi globulyar (sharsimon) shaklda bo‘ladi, bunda aminokislotalar
zanjirlarining mitsellalarini fibrillalar emas, balki globulalar hosil qiladi, bunday hol,
umuman, suvda eruvchan oksillar uchun xosdir. Seritsinning globulyar tuzilishi
uning ko‘pgina xossalarini belgilab beradi: dastavval u juda ham gigroskopik,
cho‘ziluvchan, yopishqoq, suvda erish qobiliyatiga ega bo‘ladi. Biroq bu xossalar
tashqi muhitning bir qator omillari: harorat, namlik, yorug‘lik, vaqt va hokazolar
ta’sirida juda o‘zgarib ketadi. Masalan, yuqori harorat ta’sirida (bu narsa pillalarni
qizdirilgan havo bilan quritish vaqtida sodir bo‘ladi) seritsin suvda eruvchanlik
xossasini anchagina yo‘qotadi, yopishqoqlik xossasi ortib ketib, bo‘kish xossasi
kamayib qoladi. Bularning hammasi seritsinning ikkita - A va B holati bor deb
hisoblashga asos bo‘ldi. Birinchi holat- seritsinning A holati, asosan, hozirgina
ajralib chiqqan yangi seritsinga xos bo‘lib seritsinning ikkinchi- B holati, yuqorida
aytib o‘tilgan faktorlar ta’sirida seritsinning A holatidan hosil bo‘lishi mumkin.
Biroq B seritsin - faqat yangi o‘ralgan pilladagina emas, balki ipak ajratuvchi bezning
suyuqlik pufagidan ham topilgan; A seritsinning B seritsinga aylanish jarayoni bez
hujayralari seritsin ajratib chiqargan va vaqtdan boshlansa, tashqi muhitning noqulay
sharoiti esa u jarayonini anchagina tezlashtirishi mumkin.
Umuman, shunday xulosaga kelish mumkin: seritsin beqaror birikma, uning
fizik va kimyoviy xossalari, ayniqsa, pillalarni bug‘lash va quritish hamda ipak
tortish oldidan ularni bug‘lash natijasida o‘zgarib ketadi. Seritsin rangsiz, hidsiz,
ta’msiz modda bo‘lib, spirtda, efirda atsetonda va boshqa shunga o‘xshash
eritmalarda erimaydi; suvdan tashqari,ishqor va kislotalarning suvli eritmasida
eriydi. Suv seritsinning birdan-bir neytral erituvchisi hisoblanadi; seritsinning erish
harorati 70 - 80°C dir.
Seritsin tut ipak qurtining biologiyasida ham ipak tolasi olishning texnologik
jarayonlarida, to‘qimachilik va texnika buyumlari tayyorlashda xam juda katta ro’l
o‘ynaydi. Tarkibida seritsin borligi tufayli pilla qobig‘i ipak qurti g‘umbagini
mexanik himoya qilibgina qolmay, balki pilla ichidagi harorat va namlikni tartibga
solib turish vazifasini ham bajaradi. Seritsin bo‘kkan vaqtda uning hajmi
kattalashadi, binobarin, pilla teshiklari torayadi yoki kengayadi, bunda pilla
bo‘shlig‘iga (ichiga) tashqi havo kirishi tartibga solinadi. Seritsin suv bug‘larini
yutgan vaqtida bir oz miqdor issiqlik chiqaradi, bu esa pilla ichidagi haroratga ta’sir
etadi va, aksincha seritsin yutgan suv bug‘larining bir qismini chiqarib, pilla ichidagi
havodan bir qism issiqlikni oladi va bu bilan uning haroratini pasaytiradi.
Seritsinning barcha xossalarining kompleks ravishda namoyon bo‘lishi natijasida
pilla ichidagi havo harorat va ayniqsa, namligi tartibga solinib turadi. Kuzatishlar
shuni ko‘rsatadiki, tashqi havo harorati 14 – 15°C bo‘lganda pilla ichidagi havo
harorati 17– 18°C, tashqarida 27 – 28°C bo‘lganda pilla ichida 24 – 25°,C hatto,
tashqi havo harorati 31°C bo‘lganda pilla ichidagi temperatura faqat 28C°C bo‘ladi.
Pilla qobig‘i, ayniqsa, pilla ichidagi havo namligini doim bir me’yorda qilib turadi:
tashqaridagi havoning nisbiy namligi 70 - 73% bo‘lganda pilla ichidagi havoning
nisbiy namligi 76 - 77%, tashqi havoning nisbiy namligi 35 - 40% gacha pasayganda
esa pilla ichidagi namlik 80 -84% bo‘lgan. Havo harorati va namligining bunday
tartibga solib turilishi pilla ichidagi g‘umbakning rivojlanishi uchun qulay sharoit
yaratib beradi. Agar g‘umbak pilla ichidan chiqarib olinsa, u tashqi havo harorati va
namligining yuqorida keltirilgan misollardan ko‘rinib turibdi. Tashqi muhit
sharoitining bunday keskin o‘zgarishi g‘umbakda sodir bo‘lib turuvchi
jarayonlarning borishi uchun qulay bo‘la olmaydi, albatta. Seritsinning bunday
tartibga solish xossalari moslanish xarakterida bo‘lib, bu xossalar ipak qurti
evolutsiyasi jarayonida vujudga kelgandir.
Seritsinning yopishqoqligi tufayli ipak ajratuvchi naydan ipak tolasi chiqish
vaqtida va uning juda tez qotib qolishi natijasida, birinchidan, ipak tolalari bir-biriga
yopishadi (ipak ikkita toladan iborat), ikkinchidan, ipak qurti tushib ketayotganda
hamma vaqt ipakning uchinchi shoxchaga yoki boshqa biror narsaga ilashtirib
(yopishtirib) qo‘yib, ikkinchi uchini siquvchi apparatda qisib qoladi, so‘ngra siquvchi
apparat pressini asta-sekin bo‘shatib, sekingina yerga tushadi. Seritsinning
yopishqoqligi qurt po‘st tashlash vaqtida biror narsaga ilashib olishi uchun ham juda
muhimdir. Agar qurt tashlab chiqqan po‘stni olmoqchi bo‘lsak, uning ipak tolalari
bilan biror narsaga (qog‘oz yoki shoxchaga) ilashib yotganini ko‘ramiz, va, nihoyat,
faqat seritsinning yopishqoqligi tufayli, pilla qobig‘idagi ipak tolalari minglab
nuqtalarda (ular bir-biriga tegib turgan hamma joyda) bir-biriga jipslashgan bo‘ladi,
bu esa pilla umumiy qobig‘ining mexanik jihatdan nihoyatda pishiq bo‘lishini ta’min
etadi.
Ipak tortish vaqtida ham seritsinning xossalari ana shu jarayonning normal
borishi uchun juda muhim ro’l o‘ynaydi: agar seritsin suvda eruvchanlik xossasini
yaxshi saqlasa, pilla qobig‘ining yopishqoqlik xossasi anchagina bo‘shashadi va ipak
tolasi pilladan osongina ajralib chiqadi: pillada g‘umbakni o‘ldirish, quritish va
bug‘lash natijasida seritsinning ko‘p qismi A holatdan B holatga o‘tib qolsa (bu
narsa tajribada ko‘p uchrab turadi), va, binobarin. uning eruvchanlik xossasi
yomonlashib qolsa, qobiq tolalarining yopishqoqligi yetarli darajada kamaymaydi,
pilladan ipak tolalari yaxshi chiqmaydi va, ko‘pincha, uziladi, bu narsa ipak sifati va
mehnat unumdorligining pasayishiga olib keladi. Seritsinning holati ipakdan ipak
mahsulotlari tayyorlashdagi keyingi jarayonlar uchun ham katta ahamiyatga ega:
xom ipak o‘rashda ipak tolalarining ravon (silliq) yurishi, xom ipak kalavalarining
zich o‘ralishi, gazlama to‘qish jarayonida va yuvishda ipak tolalarining qarshiligi,gul
bosishga moyilligi va hatto mashina detallariga ishqalanish natijasida hosil bo‘luvchi
elektr toki bilan elektrlanish darajasi- ana shularning hammasi seritsinning holatiga
bog‘liqdir.
Yuqorida aytib o‘tilganlardan ma’lumki, pilla qobig‘ida fibroin, asosan,mexanik,
skeletlik ro’lini o‘ynaydi, seritsin faol modda hisoblanadi. Seritsin tufayli g‘umbak
tashqi havoning gigrotermik sharoitida yuz beradigan keskin o‘zgarishlardan
saqlanadi, shu bilan bir vaqtda pilla yetarli darajada aeratsiya bilan ta’minlanadi, bu
ham juda muhim , chunki g‘umbakda moddalar almashinuvining birdan -bir formasi
nafas olishdir.
Pillalarning rangi ipak qurti gemolimfasiga tut bargidan kirib turuvchi
pigmentlarga –bo‘yoq moddalarga bog‘liq. Gemolimfada tirozinaza fermenti
ta’sirida pigmentlar oksidlanadi va shu oksidlanish darajasiga qarab, har xil rang
hosil bo‘ladi. Oq, kul rang, tovlanadigan oq( marvarid rang ) va sariq rang pilla
o‘raydigan zotlar ko‘p uchraydi. Pillaning rangi nihoyatda xilma-xilligi bilan ajralib
turadigan, Sharqda va Janubi-Sharqda keng tarqalgan ipak qurti zotlari orasida yashil
va pushti rang pilla o‘raydiganlari ham bor. Sariq va pushti rang pillalarning bitta
pigment bilan bo‘yalgan bo‘lib, bu pigmentning spirt, benzin, efir va xloroformdagi
eritmasi ( bu pigment suvda erimaydi) sariq rangda bo‘ladi, bu pigment faqat seritsin
qavatini bo‘yaydi. Sariq pilla o‘raydigan Yevropa zotlari pillasi tashqi qavatlarining
rangi ichki qavatlarnikiga qaraganda to‘qroq, xitoy zotlarida ichki qavatlarining rangi
to‘q bo‘ladi. Yashil rangli pillalarning pigmenti suvda eriydi, ammo boshqa
erituvchilarda erimaydi, biroq fibroinga ham kirib borgan bo‘ladi. To‘q sariq
(zarg‘aldoq)rangli pillalarning pigmenti sariq va yashil pigmentlarning
aralashmasidan iborat. Ipak qurtlar ozig‘iga- tut bargiga ba’zi bo‘yoq moddalar gil,
ro‘yan va boshqalar qo‘shilsa,zangori, qizil – sarg‘ish hamda boshqa rangli pillalar
hosil qilish mumkin. Pillalarning tabiiy rangi amaliy ahamiyatga ega emas, chunki
to‘qimachilik buyumlari tayyorlash jarayonida ipak tolasidagi seritsinning deyarli
hammasi va u bilan birga bo‘yoq modda yo‘qotib yuboriladi. Shunday bo‘lishiga
qaramay, seritsin qoldiqlarida, ba’zan esa fibroinda qolgan ozgina miqdordagi tabiiy
pigmenlar ham ipakning sun’iy bo‘yoq qabul qilish xossasini pasaytirib yuboradi va
ipak gazlamalarining olataroq bo‘lib qolishiga sabob bo‘ladi, shuning uchun ham
ipakchilik sanoati oq pilla o‘raydigan zotlarni afzal ko‘radi.
Fibroin ipak ajratuvchi bezning ipak chiqaruvchi bo‘limida, seritsin suyuqlik
pufagida ishlanib chiqadi,pigmentlar esa ipak tolasiga suyuqlik pufagining birinchi
va ikkinchi burilishlari orasidagi chegara uchastkadan kiradi. Agar ipak ajratuvchi
bo‘lim qurtning to‘rtinchi yoshida yoki beshinchi yosh boshlanishida kesib
qo‘yilib, suyuqlik pufagidan ajratib tashlansa, bu yosh oxirida suyuqlik pufagida
fibroin bo‘lmaydi, operatsiyadan keyin tirik qurtlar pilla o‘raydi, ammo ipak tolasi
butunlay seritsindan iborat bo‘ladi. Agar bunday operatsiya qurtning beshinchi yoshi
o‘rtalarida o‘tkazilsa, ma’lum miqdor fibroin suyuqlik pufagiga tushib
bo‘lganligidan,pillalar tolasida 15-20 % fibroin va 75-85 % seritsin bo‘ladi. Ipak
ajratuvchi bo‘limning bir qismi kesib qo‘yilsa, ipak tolasidagi fibroinning miqdori
20-50 % gacha ortadi, holbuki normal sharoitda chiqarilgan ipakda 70 - 80 %
fibroin, 20- 30 % seritsin bo‘ladi. Bu tajribalar ipak tolasi ishlanib chiqarishda har
bir bo‘limning ro’lini yaqqol ko‘rsatib beradi. Fibroin va seritsin ipak qurti
gemolimfasida tayyor holda bo‘lmaydi, ularni bezning tegishli bo‘limlari
gemolimfadan keluvchi moddalardan ishlab chiqaradi. Bez bo‘limlarining ishi
aminokislotalarni qayta guruhlashdan iborat, buning natijasida bez hujayralari ajratib
chiqaradigan ipakning oqsil moddalari hosil bo‘ladi. Ipak ko‘p ishlanib chiqqanda
gemolimfadan keladigan oqsilli birikmalar parchalanadi, bu vaqtda ipak bilan birga
ajralib chiqadiganboshqa zaharli moddalar ham hosil bo‘ladi. Bunday zaharli
moddalar ipak tortilayotgan vaqtda suvda erib ketib, ba’zan, ishlayotgan kishilar
qo‘llarining terisini yallig‘lantirib yuboradi. Ipak ishlab chiqarish uchun material
bo‘ladigan moddalar, asosan, qurtlarning beshinchi yoshida to‘planadi va qurt bu
yoshda qanchalik ko‘p oqsil olsa, shunchalik ko‘p ipak ishlab chiqarishi mumkin.
Qurtlar beshinchi yoshida yaxshi boqilmasa, ya’ni barg kam berilsa,pillaning vazni
g‘umbakning o‘smasligi hisobiga emas, balki, asosan ipakning kamayishi hisobiga
kamayib ketadi. Kuniga bir marta barg berib boqilganda beshinchi yoshdagi qurtlar
g‘umbagining vazni 15 %, ipakning vazni esa 19 % kamaygani aniqlangan.
Qurtlar pilla o‘rash davrida ipak ajratuvchi bezning faoliyati juda jadallashib
ketadi: bezning bu vaqtda ishlab chiqargan mahsuloti uning vaznidan anchagina
ortiq bo‘ladi – pilla o‘rash davrining dastlabki sutkalari oxirida ( bez eng
kattalashgan vaqtda )quritilgan bezning vaznidan pilladagi ipakning vazni 3- 4 marta
ortiq bo‘ladi. Bu davrda suyuqlik pufagida ko‘p miqdorda quyuq, cho‘ziluvchan
massa to‘planadi. Agar bu massa suyuqlik pufagidan chiqarib olinib, ochiq havoda
cho‘zilsa, u qotib qoladi va qarmoq ipi hamda ba’zi bir xil xirurgiya ipagi uchun
foydalaniladigan uzun, pishiq ip (Florensiya ipi) hosil bo‘ladi.
Ipak ajralib chiqish vaqtida uning qotish jarayoni juft chiqaruv yo‘llaridayoq
boshlanadi; shuning uchun ham ikkita ipak tolasi juft chiqaruv yo‘llaridan toq
chiqaruv yo‘liga o‘tganda bitta bo‘lib qo‘shilib ketmaydi, balki faqat fibroinni o‘rab
oluvchi seritsin yordamida bir-biriga yopishadi. Mana bunday deb taxmin qilish
mumkin; ipak tolasining ko‘ndalang o‘qiga mitsellalarning parallel ravishda
joylashuvi tartibga tushib borgan sari fibroin massasi anchagina qotib qoladi, bu
jarayon ipak tolasi siquvchi (presslovchi) apparat orqali o‘tgandan keyin, to‘g‘rirog‘i,
shu apparatning o‘zida juda jadallik bilan boradi (shunday bo‘lmaganda ipak qurti
erga tushib ketganda ipak tolasiga osilib qola olmas edi), bu jarayon faqat cho‘zilish
ta’sirida boradi,chunki bunda mitsellalar sekundning bir ulushidayoq ipak tolasi
yo‘liga parallel holatga tushib oladi. Bu holatda siquvchi apparat o‘zidan o‘tadigan
ipak massasi miqdorini cheklovchilik rolini o‘ynaydi, ipak tolasining asosan, uning
yo‘g‘on – ingichkaligining batamom shakllanishi va bu bilan bir vaqtda fibroinning
butunlay qotishi esa siquvchi apparat pressi oldiga joylashagan ipak massasidan ipak
tolalarining sug‘urilib chiqishiga sabab bo‘luvchi kuch ta’sirida sodir bo‘ladi. Shu
bilan birga siquvchi apparat pressi ostidagi yo‘l ipak tolasining shakliga ta’sir etadi,
bunda u ikkala ipak tolasining bir-biriga birikadigan tomonini yassilab boradi.
Seritsin esa faqat havoda butunlay qotadi, bu xususiyat uning tez qurib qolishi bilan
bog‘liq.
Ipak qurti urug‘idan chiqqan vaqtdan boshlab, uning ipak ajratuvchi bezi ipak
chiqara boshlaydi. Birinchi yoshida kichkinagina ipak qurti bo‘lmagan bargning
kichik bir bo‘lagini ipak tolalari bilan shu darajada qalin chulg‘ab tashlaydiki, bunda
quruq barg nushxo‘rdi bilan ipakdan iborat to‘zg‘igan gilamchaga o‘xshash bir narsa
hosil bo‘lib qoladi.
Bunday narsaning bo‘lishi ipak qurtining so‘kchakda harakatlanishini
osonlashtiradi, chunki bu vaqtda uning soxta oyoqlari hali yetarli darajada tirmasha
olmaydi.
Pilla o‘rash vaqtida bez juda ko‘p miqdorda ipak chiqaradi, qurtlar pilla o‘rab
bo‘lgandan keyin bezda ipak massasining ma’lum bir qismi qoladi, bu ipak
metamorfoz vaqtida bezning o‘zi bilan birga parchalanib ketadi.
77- rasm.[27]Tut ipak qurtining ipak ajratishi
Dostları ilə paylaş: |