Yorqinoy mirzayeva tut ipak qurti



Yüklə 7,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/87
tarix19.12.2023
ölçüsü7,12 Kb.
#185020
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   87
pdf

0,27 
27,90 
0,21 
Suyuqlik pufagining bo‘yi
eni 
1,50 
0,06 
2,30 
0,20 
3,70 
0,23 
9,10 
0,56 
19,70 
1,10 
64,00 
4,80 
Ipak ajratuvchi bo‘lim 
bo‘yi 
eni 
2,10 
0,03 
3,70 
0,09 
0,10 
0,15 
19,00 
0,27 
62,00 
0,40 
172,00 
1,34 
Boshqacha qilib aytganda, ipak ajratuvchi bo‘lim to‘rtinchi yoshda uchinchi 
yoshdagiga qaraganda taxminan, yetti marta, beshinchi yosh boshida ham to‘rtinchi 
yoshdagiga qaraganda yetti marta, beshinchi yosh davomida esa o‘ttiz bir marta 
kattalashib ketadi. Bularning hammasi ipak qurti hayotining oxirida organizm 
faoliyati pilla o‘rash uchun zarur bo‘lgan ko‘p ipak zaxirasi to‘plashga qaratiladi, 
ipak ajratuvchi bo‘limning juda kattalashib ketishi esa pilla o‘rash jarayonida ipak 
qurti tanasidagi oqsil birikmalari hisobiga mo‘l ipak ishlab chiqarish imkoniyatini 
berishidan dalolat beradi. 
Ipak ajratuvchi bez bir necha muskul yordamida tana bo‘shlig‘iga birikkan. 
Qorin qismining ikkinchi bo‘g‘imida bir tutam muskul bo‘lib, ular bo‘g‘im teri 
qoplamining oldingi qismidan chiqadi va uch qismga bo‘linib,suyuqlik pufagining 
oldingi, o‘rta hamda keyingi qismlariga kelib birikadi. Teri qoplamidan chiquvchi 
muskul tutamining asosiy qismi qorin qismining oltinchi bo‘g‘imida ichakka 
birikadi, muskulning bir tarmog‘i ipak ajratuvchi bo‘limning oldingi qismiga, 
boshqa bir tarmog‘i esa ipak ajratuvchi bo‘limning har ikkala qismini ham ichakka, 
ham tana devoriga biriktirgan holda uning orqa qismiga kelib birikadi. Ipak 
ajratuvchi bo‘limning oxiri maxsus muskul yordamida oltinchi bo‘g‘imga birikkan, 
ipak qurtining hamma yoshi mobaynida shu bo‘g‘imda qoladi. 
Ipak hosil bo‘lish jarayonining intensiv ravishda borishi organizmga ko‘p 
kislorod kirib turishini talab etadi. Beshinchi yoshdagi qurtlarning ipak ajratuvchi 


bezi, ayniqsa, qorin tomondan juda ko‘p traxeyalar bilan ta’minlangan bo‘ladi. 
Suyuqlik pufagiga to‘rtinchi va beshinchi juft nafas teshiklaridan chiqadigan 
traxeyalarning tarmoqlari, ipak ajratuvchi bo‘limga esa beshinchi, oltinchi va 
yettinchi juft nafas teshiklaridan chiqadigan traxeyalarning tarmoqlari keladi. 
Ipak ajratuvchi bezning devori quyidagicha tuzilgan. Bez sirt tomonidan 
qobiq vazifasini o‘tay oladigan pishiq va egiluvchan yupqa parda bilan qoplangan. 
Bundan keyin bezli hujayralar qavati keladi. Bular juda yirik hujayralar bo‘lib, 
suyuqlik pufagida ularning uzunligi 3,75 mm ga yetadi. Bu hujayralarning yana bir 
xususiyati- ularning yadrolari juda ham tarmoqlanib ketganligidir, bu narsa 
hujayralarning ipak ajratib chiqarish faoliyati bilan bog‘liq. Hujayralar shakl 
jihatidan olti qirrali geometrik jismlarga o‘xshab ketadi. Har bir hujayra tashqi 
tomonga qayrilgan va ichki tomoni botiq bo‘lib, bezning yarim aylanasini, qoplab 
turadi. Agar bezdan ko‘ndalang kesik tayyorlab, uni mikroskopda ko‘rsak, ikkita 
hujayrani ko‘ramiz, ularning biri bezning qalin halqasimon devorining yuqorigi, 
ikkinchisi esa pastki yarmini tashkil etadi. Bezning o‘rta qismida yorug‘lik (yo‘l) 
hosil bo‘ladi, bu bezning naychasi hisoblanadi; bezli hujayralar ajratib chiqargan 
mahsulotlar ana shu naychalarga tushib to‘planadi. Hujayralar ajratib chiqaradigan 
mahsulotlarning asosiy to‘planish joyi suyuqlik pufagidir (shuning uchun ham bu 
organ rezervuar deb ataladi). 


75-rasm. Ipak ajratuvchi 
bezning tuzilishi 
A-ko‘ndalang kesigi: tashqi 
epiteliy oldi pardasi: 
1-bezli epiteliyning bir-biriga 
qarama-qarshi joylashgan 
ikkita hujayrasi bilan yadro 
zarrachalari: 
2-3 shu hujayralarning 
ko‘ndalang kesikli ichki cheti: 
4-bez naychasi yo‘lidagi ipak 
massasi: B-bezli epiteliy 
xujayralarining o‘zaro 
joylashuvi: 
V-bezli epiteliyning ayrim 
hujayrasi va yadroning ipsimon
bo‘lakchalari: 
G- ipak chiqaruvchi bezning
old tomondagi muskuli, bu 
muskul fibroin bo‘limining orqa 
uchidan chiqadi.
 
Bezning o‘rta qismidan o‘tadigan kanal (naycha) spiralsimon yo‘g‘onlashgan 
xitin kutikula bilan qoplangan. Kutikulaning hamma joyidan juda mayda naychalar 
ketgan bo‘lib, bular orqali hujayralar ajratib chiqargan mahsulotlar asosiy 
(markaziy) naychaga o‘tadi. Biroq ipak chiqaruvchi yo‘llarda kutikula birmuncha 
boshqacharoq tuzilgan va undan ipak massasi o‘ta olmaydi. 
Qurt o‘sgan sari bez ham kattalashadi, ammo bunda bez hujayralar sonining 
ko‘payishi hisobiga emas, balki hujayralar o‘lchamining yiriklashuvi natijasida 
kattalashadi, shuning uchun ham ular biz yuqorida aytib o‘tganimizdek, juda 
kattalashib ketadi. Hujayralar o‘sishi bilan birga ularning yadrolari ham sertarmok, 
bo‘la boradi, hujayralari ipak ajratuvchi bo‘limnikiga qaraganda anchagina yirik 
bo‘lgan suyuqlik pufagida yadrolar juda ham tarmoqlanib ketadi. Bu vaqtda mayin 
donador protoplazmaning vakuollar soni ko‘p bo‘ladi, bu, hujayralarning faol 
ravishda ipak ajratib chiqarish faoliyati bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. 
Toq chiqaruv yo‘lining o‘rta qismida siquvchi apparat bo‘ladi. 
Siquvchi apparat atrofida ipak chikaruv yo‘lining devori yo‘g‘onlashgan va orqa 


tomondan kanalga taqalib turgan bo‘ladi, buning natijasida kanal duga -yoysimon 
shaklga kiradi, bunda uning botiq tomoni yuqoriga qaragan bo‘ladi. Devorining 
yuqorigi va pastki qismlari, ayniqsa, yo‘g‘onlashgandir. 
Ipak qurtining orqa tomonidan yuqoriga, yonga va pastga tomon uch juft 
kuchli muskul chiqadi, bu muskullarning ikkinchi uchi teri qoplamining ichki 
sirtiga birikkan bo‘ladi. Muskullar qisqarganda siquvchi apparatning orqa qismi 
salgina ko‘tariladi, bunda kanalning yo‘li kattalashadi, muskullar bo‘shashganda 
esa orqa qism pastga tushadi va kanalning yo‘li torayadi. 
Siquvchi apparat yordamida ipak qurti pilla o‘rash uchun chiqaradigan 
ipakning yo‘g‘on-ingichkaligi, ma’lum darajada boshqarib turishi, kichkina 
yoshlarida so‘kchaklardan tushib ketgan vaqtda unga ilashib, osilib qolishi 
mumkin. 
Juft ipak o‘tkazuvchi yo‘llarining bitta toq ipak o‘tkazuvchi yo‘liga 
qo’shilish joyida orqa tomondan unga ikkita shingilsimon kichkina bezning 
chiqaruv yo‘llari ochiladi, bu bezlar bosh bo‘shlig‘ining pastki qismiga joylashgan 
bo‘lib, ular lione bezlari deb ataladi. Bu bezlarning vazifasi hali aniq ma’lum emas. 
Ipak qurti ajratadigan pilla ipagi ikki toladan iborat , bu tolalar bir-biri bilan 
bir tekisda va juda puxta birikkandir. Har bir ipak tolasi chin ipak - 

Yüklə 7,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin