109-rasm. Embrion diskining hosil bo‘lishi:
A-ikki blastimerlik stadiyasi; 1 blastema (hosil qiluvchi sariqlikning chetki qatlami); 2-
blastomerlar; B - embrion pardasi va embrion diskining hosil bo‘lishi; 1 -embrion diski; 2-3
blastomerlar;4- blastema (hosil qiluvchi sariqlikning chetki qatlami); 5- seroz parda. V- sariqlik
hujayralari o‘rtasiga botib kirgan embrion diski; 1- seroz parda; 2-sariqlik hujayralari. 3-embrion
diski; 4- amnion bo‘shlig‘i.
Pigment hosil bo‘lishi bilan bog‘liq holda urug‘ning ham rangi o‘zgara boradi
va uchinchi sutka oxirlariga borib, qishlovchi qurt doimiy, ya’ni bo‘z kul rang tusga
kiradi. Urug‘da embrion rivojlanishining birinchi davri embrionning sariqlikka kirib
borishi,seroz pardada pigment hosil bo‘lishi va oziqlantiruvchi sariqlik ichida sariqlik
hujayralarining hosil bo‘lishi bilan to‘gallanadi. Sariqlik hujayralari embrion pardasi
va embrion diski tuzilishida qatnashmay qolgan blastomerlardan hosil bo‘ladi. Bu
blastomerlar o‘z protoplazmasiga oziqlantiruvchi sariqlik massasini tortib oladi va
asta-sekin dumaloq yadroli hamda sariqliklar aralashmasi bilan to‘lgan protoplazmali
ayrim hujayralar ko‘rinishiga ega bo‘la boshlaydi. Sariqlik hujayralari ko‘payish
qobiliyatiga ega bo‘ladi; ular embrionning bundan keyingi oziqlanishi va rivojlanishi
uchun asosiy material hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: