Yorqinoy mirzayeva tut ipak qurti


Tut ipak qurti tuxumining tashqi ko‘rinishi va tuzilishi



Yüklə 7,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/87
tarix19.12.2023
ölçüsü7,12 Kb.
#185020
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   87
pdf

5.4.Tut ipak qurti tuxumining tashqi ko‘rinishi va tuzilishi 
Tut ipak qurtining tuxumi kapalaklarning tuxum qo‘yish vaqtida odatdagi 
tuxum shaklida bo‘lib, uning ham uchi va poynagi bo‘ladi. Ammo oradan bir qancha 
vaqt o‘tgandan keyin hayot faoliyati natijasida tuxumning avval bir uchi, keyinroq 
esa ikkinchi uchi ham bir oz puchayib qoladi. Tuxumlarniig katta-kichik bo‘lishi tut 
ipak qurtining zotiga va uni qurtlik bosqichida boqish sharoitiga bog‘liq. Masalan, 
yirik pillali monovoltin zot ipak qurtining tuxumlari polivoltin zotlarnikiga 
qaraganda anchagina katta bo‘ladi. Ipak qurtlari yaxshi boqilmasa, tuxumlarning 
vazni anchagina kamayib ketadi. Tuxumning bo‘yi, o‘rta hisobda, taxminan, 1,5 mm, 
vazni esa 0,67 mg ga yaqin bo‘ladi. Tuxumlar endigina qo‘yilgan vaqtda ularning 
vazni juda og‘ir bo‘ladi. Saqlanib turgan sari tuxumlarning vazni kamayib boradi. 
Bahorgi urug‘ ochirish davrida tuxumlarning vazni, ayniqsa, kamayib ketadi, chunki 
bu vaqtda embrion tezlik bilan rivojlanadi. Inkubatsiya davrining oxiriga kelib
tuxumlarning vazni o‘rta hisobda 18% kamayadi. 


Yangi qo‘yilgan tuxumning rangi och sariq. yoki somon rang-sariq, bo‘ladi. 
Urug‘langan tuxumlar 22-25°C haroratda dastlabki 2-3 sutka mobaynida och sariq. 
rangdan pushti rang qizg‘ish,qo‘ng‘ir va bo‘z kul rang tusga kirib, asta-sekin qoraya 
boshlaydi. Qishlovchi tuxumning haqiqiy rangi bo‘z kul rang bo‘ladi, Bivoltin 
zotning o‘z-o‘zidan jonlanadigan urug‘larining rangi butun inkubatsiya davrida och 
sariqligicha qolaveradi. Ammo tuxumdan qurt chiqishidan 2-3 kun oldin o‘z-o‘zidan 
jonlanadigan urug‘larda qora nuqta paydo bo‘ladi. Bu -qurtning qorayib ko‘rinib 
turgan boshchasidir. Qurt chiqishidan bir kun oldin hamma urug‘ning tusi kul rang 
bo‘lib qoladi, chunki qurt ochib chiqishdan oldin embrionning xitin qoplami 
qorayibketadi. 
Har qanday zotning urug‘lanmagan tuxumlarining tusixamma vaqt somon rang 
- sariq bo‘ladi. Tuxum qo‘yilgandan keyin bir necha kun o‘tgach, u qurib va 
yassilanib, kulchadek bo‘lib qoladi. 
106-rasm [ 18]Urug‘langan qishlovchi qurt 
urug‘ining tashqi ko‘rinishi monovoltin zot.(bir 
avlod beradigan.) 
107 rasm[27] yapon eman ipak qurtini
urug‘i polivoltin zotlar.(ikkidan ortiq 
avlod beradigan) 
Urug‘langan, ammo qo‘yilgandan keyingi dastlabki uch kun ichida nobud 
bo‘lgan urug‘lar ham qurib va yassi plastinkalarga o‘xshab qoladi, biroq ular pushti, 
to‘q sariq, qo‘ng‘ir rangda bo‘ladi. 
Qurt tuxumdan chiqqandan keyin tuxum qobig‘i oq rangli, faqat Yevropa va 


Xitoy guruhiga kiruvchi zotlar tuxumining qobig‘i sarg‘ish yoki ko‘kish tovlanadigan 
rangda bo‘ladi. 
Tuxum qobig‘ining qalin-yupqaligi ham ipak qurtining zotiga bog‘liq: yirik 
pillali monovoltin zotlar tuxumining qobig‘i mayda pillali zotlarnikidan 2,5-3 marta 
qalin bo‘ladi. O‘rta hisobda u 4-5 mikronga teng. 
Tuxum qobig‘ining sirtida bir-birining orasi oqishroq yo‘llar bilan bo‘lingan 
alohida uchburchaklar ko‘rinishidagi chiziqlar bor, shuning uchun qurt urug‘i lupa 
orqali qaralganda xoldor bo‘lib ko‘rinadi. Tuxumning uchidan bir oz yon tomonroqda 
mikropilyar teshik bor, spermatozoid ana shu teshik orqali tuxum ichiga kiradi. 
Mikropilyar teshikning og‘zi gulning tojbarglariga o‘xshash rasmlar bilan o‘ralgan. 
Urug‘lardagi naqshlar ovariollar follikulyar epiteliysining, mikropillyar teshik 
atrofidagi naqshlar esa oziqlantiruvchi hujayralarning izi bo‘lsa kerak deb taxmin 
qilinadi.
 
108-rasm. Tut ipak qurti tuxumining tuzilishi: 
1.- tuxumning keng tomondanko‘rinishi; 2 - qirrali tomonidan ko‘rinishi; 3 - qishlovchi 
tuxumning qirrali tomondan ko‘rinishi; 4 -mikropile va rozetka; 5- urug‘ (tuxum po‘chog‘i)ning 
kundalang kesigidagi havo yo‘llari (teshiklari) va 6-mikropilyar naychalar; 7-urug‘po‘chog‘ining 
qirrali tomoni va keng tomoni sirtidagi izlarining shakli. 
 
Mikropilyar teshik tuxum po‘chog‘i ichida kichikroq bo‘shliq shaklida 


kengayadi, bu bo‘shliqdan tuxum ichiga 3-4 ta mikropilyar naycha ketadi. 
Mikropilyar apparatning tuzilishi ingichka va uzun spermatozoidning tuxum ichiga 
kirib borishiga imkon beradi, ammo bakteriyalar tushishiga to‘sqinlik qiladi. Tuxum 
qobig‘ining hamma joyida havo kiradigan ingichka naychalar bor, ana shu naychalar 
orqali urug‘ nafas oladi. 

Yüklə 7,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin