Bivoltin zot ipak qurti urug‘ini ochirishda havo haroratining ta’siri
(B. A. Astaurov ishidan) 19-jalval
Urug‘ ochirish vaqtida
havo harorati
Olingan tuxumlar (% hisobida)
Qishlovchi tuxumlar
O‘z-o‘zidan
ochiluvchi (jonlanuvchi)
tuxumlar
25
20
19
18
17
15
13
100
74
58
14
5
0
0
0
26
42
86
95
100
100
Ayrim urg‘ochi kapalaklarning monovoltinizm yoki bivoltinizmga irsiyat bilan
bog‘liq bo‘lgan har xil moyilligi tufayli aralash tuxumlar paydo bo‘lib qoladi.
Bivoltin zot qurtlar urug‘ini ochirish vaqtida bivoltinizm paydo bo‘lishiga namligining
ta’siri 20-jadval
Urug‘ ochirish
vaqtida havo
Inkubatoriy havosining nisbiy namligi quyidagicha bo‘lganda o‘z-
o‘zidan ochiluvchi tuxumlar foizi
harorati
20%
65%
95%
17
21
24
98
94
58
89
37
4
51
10
1
Sovuq usulda inkubatsiya qilishda ham, iliq usulda ham havo namligining
kamayishi, o‘z-o‘zidan ochiluvchi tuxumlar foizining ortishiga yordam berishi
yuqoridagi jadvaldan ko‘rinib turibdi.
Aralash tuxumlarning paydo bo‘lishiga faqat urug‘ ochirish sharoitining
buzilishi emas, balki keyingi rivojlanish bosqichlarida qurtlarni asrash sharoitining
buzilishi ham ta’sir etadi. Masalan, agar urug‘ hech qanday rejimi buzilmay sovuq
usulda ochirilgan bo‘lsa, ammo shu urug‘dan chiqqan qurtlar birinchi yoshida yuqori
haroratda (25° C dan yuqorida) boqilsa, oxirgi yoshida va g‘umbaklik stadiyasida
harorat pasayib ketgan bo‘lsa, bunday urug‘dan chiqqan urg‘ochi nasl ma’lum foizi
qishlovchi tuxum qo‘yishi mumkin; aksincha qurtning dastlabki yoshlarida harorat
past bo‘lib, katta yoshlarida harorat (25° C dan yuqori) ko‘tarilsa, garchi ona urug‘
inkubatsiyasi iliq rejimda o‘tgan bo‘lsa ham o‘z-o‘zidan ochiluvchi tuxumlar paydo
bo‘ladi.
Polivoltin zotiga kiruvchi tut ipak qurtlari yiliga 3 martadan 7 martagacha nasl
beradi, ammo har qaysi keyingi naslda voltinlikning paydo bo‘lishi uchun faqat
oldingi (ona), nasl inkubatsiya qilingan harorat sharoiti emas, balki, asosan, qurt
boqish va, ayniqsa g‘umbaklarni asrash sharoiti asosiy hisoblanadi. Polivoltin
zotlarning o‘z-o‘zidan ochiluvchi urug‘lari ona nasl qurt urug‘lari past haroratda
ochirilganda va keyingi rivojlanish bosqichlari har qanday sharoitda yoki hamma
rivojlanish bosqichlari yuqori haroratda o‘tganda paydo bo‘ladi. Ona nasl qurt
urug‘ining inkubatsiyasi yuqori haroratda va g‘umbaklik bosqichi past haroratda
o‘tgandagina qishlovchi tuxum olinadi. Tashki muhit sharoitining o‘zgarishlariga
uchala guruhga kiruvchi zotlarning har xil javob berishlari irsiyat bilan bog‘lik
bo‘ladi.
Biz ko‘rib chiqqan uch guruh: monovoltin, bivoltin va polivoltin zotlariga
kiruvchi ipak qurtlari bir-biridan faqat tashqi muhit sharoitiga ko‘rsatadigan ta’siri
bilan farqqilibgina qolmaydi, balki ularning har qaysisi o‘z morfologik va fiziologik
xususiyatlariga ham ega bo‘ladi.
Monovoltin zotining urug‘i, qurtlari, g‘umbaklari va kapalaklari anchagina
yirik bo‘ladi. Monovoltin zot qurt yirik, og‘ir, ipagi ko‘p pilla o‘raydi.
Monovoltin zot qurtlarning lichinkalik davri bivoltin zotlarinikiga qaraganda
anchagina uzoq bo‘ladi. Monovoltin zotlarining katta kamchiliklaridan biri ularning
infeksiyaga tez beriluvchanligi va qurt boqishdagi noqulay ekologik sharoitga
moslashmaganligidir. Monovoltin zotiga kiruvchi ipak kurtlari yozning issiq va quruq
sharoitiga deyarli bardosh beraolmaydi, shuning uchun ular faqat bahorda boqiladi.
Ipakchilikda sanoat duragaylari chiqarish usuli joriy etilganligi munosabati
bilan birinchi bosqichlarda bahorgi qurt boqish uchun har xil geografik guruhga
kiruvchi ikkita qimmatbaho monovoltin zotni chatishtirish yo‘li bilan duragaylar
tayyorlanadigan bo‘ldi, masalan, Bag‘dod zoti bilan Oro va aksincha, Askoli zoti
bilan Oro va aksincha, boshqa zotlar chatishtiriladi. Hozirgi vaqtda oq pilla
o‘raydigan monovoltin zotlarning deyarli xammasining «qoni» bivoltin zotlarining
qoni bilan bir xil, chunki ular monovoltin zotlar bilan bivoltin zotlarning
chatishtirilishidan kelib chiqqan. Bularga Orzu, Yulduz, Ipakchi-1, Ipakchi-2 va
ularning duragaylari: O‘zbekiston-5, O‘zbekiston-6, Turon-I, Ipakchi-1 x Ipakchi-2,
Ipakchi-2 x Ipakchi-1. har birida SANIISH III bivoltin zotining «qoni» bor. Bu
zotlarni chiqarishda monovoltinlashtirishga qaratib zotlar tanlab olingan bo‘lishiga
qaramay, urug‘ zavodlarida urug‘larning iliq inkubatsiyasi sharoitiga qattiq amal
qilish talab etiladi, aks holda,o‘z-o‘zidan ochiluvchi urug‘lar foizi ko‘payib ketadi.
Monovoltin zot qurtlar polivoltin zot qurtlarga qarama-qarshi erta yetiladi.
Polivoltin zotning tuxumdan tuxumgacha bo‘lgan rivojlanish davri 35-40 kun bo‘ladi.
Monovoltin zotlarda esa bu davr 70 kunga yaqin davom etadi.
Polivoltin zotlarning pillasi juda mayda (1 grammga yaqin va undan ham
kichikroq), ipagi kam (9-12%) bo‘ladi. Ammo monovoltin zotlarga qarama-qarshi
yuqori harorat va kasalga juda ham chidamli bo‘ladi. Bu zot issiq mamlakatlarda
(Hindiston, Janubiy Xitoy va Hindi Xitoyda) oz miqdorda boqiladi. Yava, Sumatra
orollarida yovvoyi xolda uchraydi. Bizning mamlakatimizda bu zot yetishtirilmaydi,
ammo yashovchanligi jihatidan seleksiya uchun yaroqli hisoblanadi.
Bivoltin zotlari guruhi barcha biologik va xo‘jalik belgilari jihatidan
monovoltin zotlar bilan polivoltin zotlar o‘rtasidagi oraliq bir xolatda turadi. Eski
bivoltin zotning qurtlari monovoltin zotlarinikiga qaraganda maydaroq bo‘ladi,
Urug‘dan-urug‘gacha bo‘lgan rivojlanish davri 50-55 kundir. Pillasi maydaroq (1,2-
1,5 gramm), ipak chiqish foizi kam (14-15%) dir. Noqulay ekologik sharoitga,
ayniqsa, yozgi issiqqa yaxshi moslanishi, shuningdek, tez yetilishi va yuqumli
kasalliklarga juda chidamliligi bivoltin zot ipak qurtlarining qimmatli
xususiyatlaridir. Bivoltin zotlarning bu belgilari yashash uchun kurash va tabiiy
tanlanish natijasida paydo bo‘lgan. Yaxshi yashovchanligi tufayli bivoltin zotlardan
sanoatda yozgi - monovoltin duragaylar olish uchun foydalaniladi.
Tut ipak qurtida voltinizm hodisasini tekshirgan olimlar rivojlanish davrining
qisqa, yashovchanlikning yuqori hamda pillalarning mayda va ipagi kam bo‘lishi
bivoltinizm bilan yaqindan biologik bog‘liqlik natijasi, qarama-qarshi bo‘lgan
xossalar, ya’ni pillalarning yirik, og‘ir bo‘lishi, rivojlanish siklining uzunligi va hayot
faoliyatining pastligi esa monovoltinizm bilan bog‘lik, ekanligini aniqlaganlar. Agar
bir necha yil davomida bivoltin zotning tuxumlari o‘z-o‘zidan jonlanadigan va
qishlovchilarga ajralishiga yordam beruvchi «oraliq» inkubatsiya o‘tkazilsa, faqat
o‘z-o‘zidan jonlanadigan urug‘lar tanlab olinsa, pillasining vazni yengil,
rivojlanishning qurtlik davri qisqa va juda ham hayotchan zot yetishtirish mumkin.
Ikkinchi tomondan, qishlovchi tuxumlarni tanlab olish pillasining vazni anchagina
og‘ir, qurtlik davri 3-4 kun uzaygan va hayot faoliyati past qurtlarning ajralib
chiqishiga olib keladi. Bunday zot o‘zining bivoltinizmini yo‘qotib, asta-sekin
monovoltinlashib boradi.
Biroq bivoltinizmning pilla vaznining engil bo‘lishi, tez etilishi va juda
hayotchan bo‘lish xossalari bilan biologik jihatdan bog‘liqligi mutlaqo buzilmas bir
narsa emas. Zotlarni to‘g‘ri tanlab olish yo‘li bilan bivoltin zot ichidagi o‘zaro
biologik bog‘liqlikni (korrelyasiyani buzib yuborish va bivoltinizm u bilan bog‘liq
bo‘lgan juda hayotchanlik va tez etilish xossalarini saqlab qolgan yangi zot chiqarish
mumkin, shu bilan bir vaktda bu zotning pillasi yirik va ipagi ko‘p bo‘ladi. Tut ipak
qurtining «Tash QXI № 112» bivoltin zoti seleksiyasi ana shunday zararli
bog‘liqlikning uzilishiga misol bo‘lishi mumkin. Bu zotni chiqarishda seleksiya yo‘li
bilan olingan qurt urug‘lar «oraliq» inkubatsiya kilingan. Urg‘ochi nasldan faqat o‘z-
o‘zidan jonlanuvchi urug‘lar tanlab olingan.
Bular boqib bo‘lingandan keyip seleksiya uchun eng hayotchan va tez
etiladigan oilalardan juda yirik pillalar koldirilgan. Ana shunday tanlash natijasida
14 nasldan so‘ng hosildorligi jihatidan hozirgi ko‘pgina monovoltin zotlardan farq
qilmaydigan bivoltin zot yetishtirildi. Masalan, 1962 yildagi ma’lumotlarga ko‘ra,
shu zot pillasining o‘rtacha vazni 2-10 g, xom pilla tarkibidagi ipak 20-87%,
qurtlarning hayotchanligi 90% ekanligi ma’lum. Shu bilan birga bu zotda «Tash SXI
№ 112» bivoltin zotning bivoltin zotlariga xos bo‘lgan asosiy qimmatli belgilari: ona
urug‘ sovuq inkubatsiya qilinganda diapauza fazasini o‘tmaydigan urug‘ berish, tez
etilishi va tashqi muhitdagi noqulay sharoitga juda moslasha olish xossalari saqlanib
qolgan.
Xo‘jalik jihatdan qimmatli bo‘lgan belgilarning o‘zaro biologik bog‘liqligini
o‘rganish bilan birga eski bivoltin zotlarining ipakni kam berishi bivoltinizm bilan
bog‘liq bo‘lmagan hodisa ekanligi ham aniqlangan. Buning sababi bivoltin zotlar
monovoltin zotlarga qaraganda sun’iy yo‘l bilan kam tanlanganligidir.
Hozirgi vaqtda chiqariladigan zotlarning hayotchan bo‘lishiga katta e’tibor
berilmoqda, chunki pilla hosili ko‘p jihatdan normal pilla o‘ragan qurtlar protsentiga
bog‘liq bo‘ladi.
Shuning uchun SANIISHda chiqarilgan oq pilla o‘raydigan deyarli hamma
yangi zotlar kelib chiqishi jihatidan yarim bivoltin hisoblanadi. Tut ipak qurtining
Yaponiyadagi hozirgi sanoat zotining deyarli hammasi kelib chiqish jihatidan
bivoltindir.Koreya Xalq respublikasi va ipakchilik bilan shug‘ullanuvchi boshqa
mamlakatlar ham bivoltin zotlariga katta ahamiyat beradi.
Xitoydan va Yaponiyadan olingan hamda bizda iqlimlashtirilgan oq pilla
o‘rovchi № 1 (ilgarigi Yaponiya 115) va oq pilla o‘rovchi № 2 (ilgarigi Xitoy 108)
zotlari o‘z xususiyatlari bilan bivoltindir.
Dostları ilə paylaş: |