VI BOB
6.1. Voltinizm
Tevarak-atrofdagi muhit sharoitida bo‘ladigan o‘zgarishlarga har xil javob
berish qobiliyatiga qarab tut ipak qurtlari uch guruhga monovoltin, bivoltin va
polivoltin zot qurtlarga bo‘linadi.
Monovoltin zotlar urug‘ini ochirish va rivojlanishining
keyingi barcha
bosqichlari (qurtlik, g‘umbaklik va kapalaklik bosqichlari) qanday
sharoitda
o‘tmasin, bir yilda bir marta nasl beradi. Faqat ayrim hollardagina urug‘ ochirish past
haroratda o‘tkazilganda ba’zi monovoltin zotlar, masalan Bag‘dod
zoti diapauza
davrini o‘tmaydigan juda kam tuxum qo‘yishi mumkin.
Bivoltin zotlarning urug‘i bahorda harorat past (15-16°C da), havo namligi kam
(60-65%) hamda qorong‘u joyda (sovuqda ochirish) ochirilgan taqdirda yiliga ikki
marta nasl beradi. Agar bivoltin zot qurtlar urug‘i iliq joyda ochirilsa, ya’ni havo
harorati 25-26°C, namligi 75-80% bo‘lib, urug‘ ochirilayotgan joy kechasi 6-7
soatdan qo‘shimcha yoritib ko‘rilsa (kunduzi
inkubatsiya quyosh nuri tik
tushmaydigan joyda o‘tkaziladi), bunday urug‘dan chiqqan kapalaklar qishlovchi
tuxum qo‘yadi.
Agar qishlovchi urug‘ o‘z vatanida (Yaponiyada) tabiiy sharoitda qoldirilsa,
bahorda u o‘z-o‘zidan ochiladi va qurt boqilgandan keyin hamma vaqt o‘z-o‘zidan
ochiluvchi ikkinchi nasl beradi. Ammo qo‘yilgan bu urug‘ yozda sovuq inkubatsiyani
emas, balki iliq inkubatsiyani o‘tadi. (Yaponiyaning yozi iliq ,
nam va kuni uzun
bo‘ladi), shuning uchun ikkinchi naslning kapalaklari qishlovchi tuxum qo‘yadi.
Biroq bivoltin zotlarning har qaysi keyingi nasli qo‘ygan tuxumlar sovuq inkubatsiya
o‘tkazish usulining , hamma tartibiga qat’iy amal qilingan holda sun’iy sharoitda
ochirilsa, xohlagan miqdorda o‘z-o‘zidan ochiluvchi urug‘lar olish mumkin,
aksincha, urug‘lar iliq usulda ochirilsa, keyingi naslda
faqat qishlovchi tuxum
qo‘yadi. Bivoltin qurtlarning urug‘i oraliq
haroratda, masalan, 19-20°C da yoki
normal haroratda, ammo namlik yoki yorug‘lik rejimi buzilgan sharoitda ochirilsa
sovuq inkubatsiya qilish usulida ham, iliq inkubatsiya qilish usulida ham urg‘ochi
(qiz) nasli o‘z-o‘zidan ochiluvchi va qishlovchi aralash tuxum qo‘yadi.
Dostları ilə paylaş: