5.6. Tut ipak qurti urug‘ida rivojlanishining birinchi
davri
Kapalak tuxum qo‘ygandan, taxminan, uch soat o‘tgach, tuxum yadrosi
bo‘linib ikki, to‘rt, sakkiz, o‘n olti va hokazo yadrochalar -blastomerlar hosil qiladi.
Blastomerlarning soni ortib borgan sari ularning bir qismi protoplazmaning yadroga
yondashib turgan joyi bilan birga
tuxum chetiga chiqib ketadi, bu yerda ular
bo‘linishda davom etib, embrion pardasini hosil qiladi.
Yon tomonlarning birida embrion pardasi uzunroq hujayralarning bir
qavatidan iborat yo‘llar ko‘rinishida yo‘g‘onlashgan joy hosil qiladi.
Ana shu
yo‘g‘onlashgan joy embrion diski hisoblanadi. Embrion diski noto‘g‘ri to‘rtburchak
shaklida bo‘lib, u kapalaklar tuxum qo‘yganda 16 -18 soatdan keyin hosil bo‘ladi.
Embrion diski hosil bo‘lgandan ikki soat o‘tgandan keyinroq embrion pardasidan
ajraladi, tuxumning markaziy qismiga tomon surila boshlab,
asta-sekin sariqlikka
botib kiradi. Embrion diski bilan birga, uning oldingi va orqa uchlarida, embrion
pardasidan ham hujayralar tasmasi ajralib chiqadi, bu tasmaning uchlari bir-biri bilan
qo‘shilib embrionning ichki pardasi -amnionni hosil qiladi. Sariqlikka kirib borgan
embrionning bo‘yi tez orada birmuncha uzayadi va oq tasma shakliga kiradi. Bu
tasmaning uchlari birmuncha kengroq bo‘ladi.
Embrion diski ajralib chiqqandan keyin embrion pardasida hosil bo‘lgan yoriq
bitib ketadi va ana shu vadtdan boshlab, u seroz parda deb ataladi.
Kapalaklar tuxum qo‘ygandan 30 soat o‘tgach, seroz pardada pigment
donachalari hosil bo‘ladi, ular avval qizg‘ish, keyinroq esa asta-sekin qo‘ng‘ir rangga
aylanib, undan bo‘z kul rangga kiradi.
109-rasm. Embrion diskining hosil bo‘lishi:
A-ikki blastimerlik stadiyasi; 1 blastema (hosil qiluvchi sariqlikning chetki qatlami); 2-
blastomerlar; B - embrion pardasi va embrion diskining hosil bo‘lishi; 1 -embrion diski; 2-3
blastomerlar;4- blastema (hosil qiluvchi sariqlikning chetki qatlami); 5- seroz parda. V- sariqlik
hujayralari o‘rtasiga botib
kirgan embrion diski; 1- seroz parda; 2-sariqlik hujayralari. 3-embrion
diski; 4- amnion bo‘shlig‘i.
Pigment hosil bo‘lishi bilan bog‘liq holda urug‘ning ham rangi o‘zgara boradi
va uchinchi sutka oxirlariga borib, qishlovchi qurt doimiy, ya’ni bo‘z kul rang tusga
kiradi. Urug‘da embrion rivojlanishining birinchi davri embrionning sariqlikka kirib
borishi,seroz pardada pigment hosil bo‘lishi va oziqlantiruvchi sariqlik ichida sariqlik
hujayralarining hosil bo‘lishi bilan to‘gallanadi. Sariqlik hujayralari embrion pardasi
va embrion diski tuzilishida qatnashmay qolgan blastomerlardan hosil bo‘ladi. Bu
blastomerlar o‘z protoplazmasiga oziqlantiruvchi sariqlik massasini tortib oladi va
asta-sekin dumaloq yadroli hamda sariqliklar aralashmasi bilan to‘lgan protoplazmali
ayrim hujayralar ko‘rinishiga ega bo‘la boshlaydi. Sariqlik hujayralari ko‘payish
qobiliyatiga ega bo‘ladi; ular embrionning bundan keyingi oziqlanishi va rivojlanishi
uchun asosiy material hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: