bo‘g‘imigacha yetib boradi. Bu pay jinsiy pay deb ataladi, keyinchalik bu paydan
tuxumdon rivojlanadi.Tuxumdonning pardasi biriktiruvchi to‘qimadan hosil
bo‘lgan. Har qaysi tuxumdonning ichki bo‘shlig‘i uchta to‘liq bo‘lmagan to‘siq
bilan to‘rtta kameraga bo‘lingan. To‘siqlar to‘la bo‘lmaganligidan jinsiy pay
boshlanadigan joy yaqinida kameralar bir-biri bilan qo‘shilib, umumiy bo‘shliq
hosil qiladi. Ipak qurtlarining ipak boshlang‘ich tuxumdoni kameralarida birlamchi
jinsiy hujayralar – ovogoniyalar va bir qancha epiteliy hujayralari bo‘ladi, bular
follikulyar hujayralar deb ataladi.
Ipak qurti o‘sib borgan sari uning tuxumdoni ham kattalashadi va shakli ham
anchagina o‘zgaradi. Qurtlarning uchinchi yoshidayoq tuxumdonlarning ichki
kameralari uzunlasha boshlaydi. Kameralar asta-sekin uzun naychaga aylanadi.
Bu naychalarning uzunligi tuxumdon uzunligidan bir necha marta kattalashib
ketishi sababli ular tuxumdonning umumiy bo‘shlig‘iga juda egri-bugri holda
joylashadi, beshinchi yosh oxiriga borib esa tuxum naychalari boshlang‘ich
tuxumdon ichiga o‘rnashgan tugunchaga o‘xshab qoladi.
Qurtlik bosqichining oxiriga kelib, jinsiy payning oldingi bo‘limi
yo‘g‘onlashadi va to‘rt qismga ajralib turadi. Bu qismlar tuxumdonning to‘rtta
naychasiga tutashadi.
Yüklə 7,12 Kb.