IV BOB
4.1.Tut ipak qurtining kapalagi haqida
Kapalak
- tut ipak qurtining rivojlanish davridagi so‘nggi bosqichdir
.
87 rasm.[27] 1- Oq pilla o‘rovchi xonaki 2- yovvoyi eman ipak qurti kapalagi..
ipak qurti kapalagi..
G‘umbak kapalakka aylanib bo‘lgandan keyin oxirgi marta po‘st
tashlash
jarayoni bo‘lib o‘tadi, bunda g‘umbakning po‘sti yorilib, undan kapalak chiqadi.
Kapalak jig‘ildonidan og‘iz teshigi orqali ikki-uch tomchi ishqorga o‘xshash
suyuqlik chiqarib, pilla qutblaridan birini shu suyuqlik bilan ho‘ llaydi.
Bu suyuqlikning tarkibida seritsinni eritadigan va fibroinga sezilarli darajada
ta’sir etmaydigan ferment- seritsinaza bo‘ladi. Kapalak
pillaning bir qutbini shu
suyuqlik bilan ho‘llagandan keyin pilla qobig‘ining seritsini eriydi va kapalak ana shu
joydagi ipak tolalarini boshi ham oyoqlari bilan u yoq - bu yoqqa surib, teshik ochib
tashqariga chiqadi.
Kapalak chiqib ketgandan keyin bu teshikning chetlari qo‘ng‘ir tusga kirib
qoladi.
Buning sababi shuki, kapalak teshikdan chiqayotganda uning qorni siqilib
o‘tadi, natijada uchi berk xaltachadagi suyuqlik sizib chiqadi.
Kapalak chiqib
ketgandan keyin pilla ichida qurib, yumaloqlangan qurt va g‘umbak po‘stlari qoladi.
88- rasm.[27] 1-Oq pilla o‘rovchi ipak qurti 2- Yarim xonakilashtirilgan ipak
kapalagining pilladan chiqishi qurti kapalagining pilladan chiqishi.
Pilladan endigina chiqqan kapalak po‘st tashlash vaqtida hosil bo‘lgan
suyuqlik bilan ho‘llangan va shuning uchun uning tangachalari tanasiga yopishgan,
qanotlari yozilmagan holda bo‘ladi. Bu suyuqlik qurigan sari kapalakning qanotlari
yozila boradi; traxeyasiga kirgan havo uning solishtirma og‘irligini kamaytiradi va
kapalak harakatlana boshlaydi.
Tut ipak qurti kapalagi, odatda, tong ota boshlashi bilan (ertalab soat 4-5 larda)
pilladan chiqa boshlab, soat 9- 11 largacha chiqib bo‘ladi. Ularning pilladan ko‘plab
chiqish vaqti ertalab soat 6 - 9 larga to‘g‘ri keladi. Kunning yarmidan keyin chiqishi
kamdan-kam hollarda uchraydi. Tut ipak qurti kapalaklari yorug‘da
yaxshi
ta’sirlanishi aniqlangan. Yorug‘likning ma’lum rejimda berilishi sutka davomida
kapalaklar chiqish ritmining ma’lum darajada o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Masalan,
tabiiy yorug‘lik sharoitida kapalaklar
ertalabki vaqtlarda chiqadi; faqat
kechkqurunlari (soat 18 dan 24 gacha) yoritilganda esa
keyingi kunning ikkinchi
yarmida ko‘plab chiqadi; tunda (soat 21 dan ertalab 6 gacha) yoritilganda kapalaklar
kechki payt ko‘p chiqadi; butun sutka mobaynida yoritib turilganda esa sutka
davomida
kapalak chiqaveradi, ammo bunda ertalabki va kechki paytlarda kapalak
ko‘proq chiqadi
.
Dostları ilə paylaş: