Yorqinoy mirzayeva tut ipak qurti



Yüklə 7,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/87
tarix19.12.2023
ölçüsü7,12 Kb.
#185020
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   87
pdf

embrional-imma-gial 
disklardan rivojlanadi, bu disklar ipak qurti tanasining har xil 
qismlaridagi hujayralar to‘plamidan iboratdir. Ipak qurtlari o‘sayotganda hali ularda 
hech narsa ko‘rinmaydi, ammo metamorfoz jarayoni boshlanishi bilan yangi 
organlar tez rivojlanadi va (ipak qurtida bo‘lmagan) kapalak organlariga aylanadi. 
Gistoliz jarayoni qon hujayralari ishtirokisiz borganda ipak qurtlaridagi mavjud 
organlar, masalan, ko‘krak oyoqlar qisman qayta tuziladi, bunda bunday 
organlarning ba’zi qismlari emiriladi, boshqa ba’zilari esa immagial hujayralardan 
yangidan hosil bo‘ladi yoki qayta tuziladi va yosharadi. Gistogenezning bu barcha 
jarayonlari yangi organlar hosil bo‘lishi- g‘umbakning kapalakka aylanish uchun 
po‘st tashlash vaqtiga kelib tugallanadi. Pilla o‘rash va metamorfoz jarayonlari ipak 
qurti orgazimini anchagina o‘zgartirib yuboradi. Hammadan avval, ular juda ko‘p 
suv yo‘qotadi.Agar ipak qurtida 80% ga yaqin suv bo‘lsa, g‘umbagi tirik pillada faqat 
70% dan salgina ortiqroq suv bo‘ladi. 
Nafas olish xarakteri ham o‘zgaradi: pilla o‘rash davrida ajralib chiqadigan 
karbonat angidridning miqdori ortadi, keyin juda kamayib ketadi va g‘umbaklik 
davrining o‘rtalariga kelib, juda ham ozayib qoladi, ammo g‘umbakning kapalakka 
aylanish uchun po‘st tashlashi oldidan nafas olish yana tezlashadi va bu pust tashlash 
vaqtida ajralib chiqadigan karbonat angidridning miqdori qurtning g‘umbakka 
aylanishi uchun po‘st tashlash vaqtida ajralib chiqadigan karbonat angidridga 
qaraganda 5 - 10% ortiq bo‘ladi. Nafas olish tezligining pasayib ketishi ayni holda 
gistoliz va gistogenez jarayonlari aktivligining pasayib ketish ko‘rsatkichi bo‘la 
olmaydi, bu holda oksidlanish-qaytarilish jarayonlari faqat nafas olish vaqtida 
kiradigan havo kislorodi hisobiga emas, balki tananing moddalari tarkibidagi 
kisloroddan foydalanish bilan ularning anaerob yo‘li hisobiga ham boradi. 
Asosiy organik moddalarning nisbati ham o‘zgaradi. 

Yüklə 7,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin