Yorqinoy mirzayeva tut ipak qurti


Tut ipak qurtlari pilladan chiqish paytlarining bir sutka mobaynida yorug‘lik ta’sirida



Yüklə 7,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/87
tarix19.12.2023
ölçüsü7,12 Kb.
#185020
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   87
pdf

Tut ipak qurtlari pilladan chiqish paytlarining bir sutka mobaynida yorug‘lik ta’sirida
o‘zgarib turishi ( % hisobida) 18-jadval 
Pillalarni yoritish soatlari 
Bir sutka mobaynida pilladan kapalak
chiqish soatlari 


13 
17 
21 
24 
Ertalab soat 7 dan 21 gacha 
9,76 
89,16 
1,08 



Kunduz soat 12 dan kech soat 18 gacha 4,65 
69,75 
2,30 
23,30 


Kech.soat 18 dan 24 gacha 
1,10 
7,70 
11,10 
51,20 
27,80 
1,10 
Kechasi soat 24 dan ertalab 6 gacha 
21,80 
25,25 

25,30 
20,70 
6,90 
Sutka davomida yoritilganda 
29,05 
9,65 
11,85 
11,85 
27,90 
9,70 
Jadvalda keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, yorug‘lik rejimini o‘zgartirish 
bilan urug‘ zavodlarda urug‘ ochirish davrida pilladan kapalak chiqarish ishiga 
maqsadga muvofiq ravishda ta’sir etish mumkin. 
Tut ipak qurti boqish va qurtlarning pilla o‘rash davrida yorug‘lik rejiminiig 
o‘zgarishi pilladan kapalak chiqish vaktiga ta’sir etmaydi. Yorug‘lik faqat 
g‘umbaklik davrining oxirgi kunida, g‘umbak pardasi ichida kapalak shakllanib 
bo‘lgandagina ta’sir etadi. Bu ta’sir pilla ichidagi g‘umbaklarga ham, pilladan ajratib 
olingan g‘umbaklarga ham bir xil bo‘ladi. Demak, pilla qobig‘i yorug‘lik kirishiga 
va ta’sir etishiga to‘sqinlik qilmaydi. Tut ipak qurti kapalaklari uchmaydi. Urg‘ochi 
kapalak o‘zi chiqan pilla ustida harakatsiz turadi, erkak kapalaklar esa betuxtov 
harakatlanib turadi. G‘umbaklar kapalakka aylanish uchun pust tashlamasdan 
ilgariyoq, erkak jinsiy hujayralar va urg‘ochi jinsiy hujayralarning ko‘p qismi 
shakllanib bo‘ladi. Kapalaklar faoliyatining faol davri ular hayotining ko‘pi bilan 15 


-20 % ini tashkil etadi.Bu davrdagi asosiy faoliyat nasl qoldirish, juftlashish 
(qo‘shilish) tuxumlarni urug‘lantirish va tuxum qo‘yishdan iborat. 
Ko‘pincha, erkak kapalaklar urg‘ochi kapalaklarga qaraganda pilladan 
ilgariroq chiqadi. Kapalak ochirish uchun qo‘yilgan har bir to‘p pilladan chiqqan 
kapalaklar orasida ham erkak kapalak ko‘p bo‘ladi. 
89-rasm.[18] Tut ipak qurti kapalaklari: 

erkak kapalagi 
♀ urg‘ochi kapalagi 
Shuning uchun urug‘ zavodlarda erkak kapalaklarni keyingi kunga qoldirish 
choralari ko‘riladi. 
Tut ipak qurti kapalaklarining rangi oq, och sariq, goho ko‘kimtir bo‘ladi. 
Ba’zan qoramtir (jigar rang yoki qora) kapalaklar ham uchrab qoladi. Kapalakning 
tanasi qoramtir-qo‘ng‘ir po‘st bilan, uning usti esa tangachalar bilan qoplangan. 
Qanotlarida qoramtir rangli ko‘ndalang yo‘llar bo‘ladi; erkak kapalaklarda bu yo‘llar 
(naqshlar) aniqroq ko‘rinib turadi. Tangachalari shakli o‘zgargan dag‘al tuklardir. 
Tangachalar qanotlarda bir-birining chetini bosib (cherepitsasimon) joylashgan. 
Tangachalarning po‘stga yopishgan joyi (tubi) silindr shaklida bo‘ladi va uchi 
kengayib, plastinka hosil qiladi. Bu plastinkalarning shakli belkurakka o‘xshash va 
keng joyining qirralari tishchali bo‘ladi. Tishchalar soni 2 tadan 7 gacha, katta-
kichikligi 0,1 mm dir. 
Kapalak tanasi bosh, ko‘krak va qorin qismlaridan iborat. Kapalakning boshi 
kichkina, shakli cho‘ziqroq (tuxumsimon) bo‘lib, unda bir juft katta murakkab 


(fasetkali) ko‘z bor. Kapalakning murakkab ko‘zi bir necha ming oddiy 
ko‘zchalardan tuzilgan. Bu ko‘zchalarning sirti ko‘pgina olti burchakli qismlarga - 
fasetkalarga bo‘lingan yarim sferik shox pardalardan iborat. Hasharotlarning 
murakkab ko‘zlaridagi har bir fasetka buyumlarning tasvirini qabul qiladi, yaxlit 
holda esa bu ko‘z buyumlarning tasvirini qabul qilishga qaraganda ularning 
bo‘shliqdagi harakatini ko‘rishga ko‘proq moslashadi. 
Kapalakning boshida ko‘zlar bilan bir qatorda bir juft mo‘ylov va og‘iz teshigi 
ham bor, og‘iz teshigi bitib ketgan og‘iz o‘simtasi bilan o‘ralgan: pastki lab 
paypaslagichlari qisqa va ikki bo‘g‘imli bo‘ladi. Kapalaklarning mo‘ylovlari yaxshi 
rivojlangan, patsimon shaklli, naychaga o‘xshash 40 -70 ta bo‘g‘imdan tuzilgan 
bo‘lib,ikki yonga osilib turadigan o‘simtalari bor. 
90-rasm [18]A. 
Oq pilla o‘rovchi ipak 
qurtni kapalagining boshi. 
(qillar bilan qalin 
qoplangan kurinishi 
1-mo‘ylovi 2-kuzlari 
3- yaxshi rivojlanmagan 
yuqorigi jag‘lar; 
4-chin oyoqlari 
B.[27] Rangli pilla 
o‘rovchi eman ipak qurti 
kapalagining boshi. 
Kapalakning boshi (qillar 
bilan qalin qoplangan
kurinishi 
1-mo‘ylovi 2-kuzlari 
3- yaxshi rivojlanmagan 
yuqorigi jag‘lar; 
4-chin oyoqlari 


Bu o‘simtalar urg‘ochi kapalaklarga qaraganda erkak kapalaklarda ko‘proq 
va sezuvchi bilan qoplangan bo‘ladi. Kapalakning ko‘krak qismi uch bo‘g‘imdan 
tuzilgan. Harakatlanmaydigan tarzda birikkan ikkinchi va uchinchi ko‘krak 
bo‘g‘imlarida bir juftdan qanot joylashgan. Oldingi qanotlar uchburchak 
shaklida, orqa qanotlar esa anchagina yumaloq va oldingi qanotlardan kichikroq 
bo‘ladi. Oldingi juft qanotlarning ko‘krak bo‘g‘imiga birikkan joyida bittadan teri 
o‘simtasi bo‘lib, ular tangachalar bilan qoplangan va orqa tomonga qarab 
joylashgan, bu o‘simtalar qanot oldliklari deb ataladi. Kapalakning ko‘krak 
bo‘g‘imlarida o‘simtalar ko‘rinishida uch juft bo‘g‘imsimon oyoq bor, bu oyoqlar 
ipak qurti oyoqlariga qaraganda uzun bo‘ladi. Kapalakda soxta oyoqlar va 
tukchalar bo‘lmaydi. Kapalakning har bir oyog‘i tos, son, boldir va besh bo‘g‘imli 
panjadan iborat. Ikkinchi va uchinchi juft oyoqlarning tos qismi ko‘krak bilan 
harakatlanmaydigan tarzda birikkan. Birinchi juft oyoqlarning tos qismi 
harakatlanadi. Birinchi juft ko‘krak oyoqlarining boldirida uzun o‘simtalar bor, 
keyingi ikkita oyoqning boldiridagi shunday o‘simtalar esa kaltaroq bo‘ladi. Har 
bir panjada ikkitadan tirnoq ular orasida esa yostiqcha bor. 
Kapalakning qorin qismi 9 bo‘g‘imdan to‘zilgan. Har qaysi bo‘g‘imning 
opqa tomoni teri qoplamlarining qattiq plastinkasi - tergit bilan, qorin tomoni esa 
ana shunday plastinka - sternit bilan qoplangan. Birinchi qorin bo‘g‘imida sternit 
yo‘q. Qorinning orqa uchida kapalakning tashqi kopulyativ apparati bo‘ladi. 
Kapalaklarning ovqat hazm qilish apparati (trakti) uzun paydan ( tomoq 
o‘tkazgichdan) iborat bo‘lib, bu pay qorin bo‘shlig‘ida (havo pufagi) shaklida 
kengayadi. Havo pufagidan keyin kapalak tanasining orqa uchiga tomon konus 
shaklida kengayib boradigan o‘rta ichak keladi. Uning ketidan ichakning uzun 
orqa bo‘limi keladi, bu ichakning uchi berk (ko‘r) xaltacha bilan tamomlanadi. 
Berk xaltachadan kalta uzun ichak ketadi, bu ichak orka chiqaruv teshigi bilan 
tashqariga ochiladi (tamomlanadi). 
Ichakning o‘rta va orqa bo‘limi oralig‘idagi chegarada halqa shaklli qisqich 
bor. 


Ichakning orqa bo‘limiga ingichka va ilon izi ko‘rinishdagi oltita 
Malpigiev naychalari kirib turadi. Malpigiev naychalari kapalaklar qo‘shilishi 
oldidan va qo‘shilgandan keyin qizil-qo‘ng‘ir rangli suyuqlik chiqaradi, bu 
suyuklik berk xaltada to‘planadi. 
Kapalaklar ham, xuddi ipak qurti singari, traxeya tizimi orqali nafas oladi. 
Traxeya tizimi sakkiz juft nafas teshigi bilan tashqariga ochiladi. Nafas teshiklari 
kapalak tanasining birinchi ko‘krak bo‘g‘imiga va dastlabki qorin 
bo‘g‘imlarining yettitasiga joylashgan. Ikkinchi va uchinchi ko‘krak bo‘g‘imlari 
oralig‘idagi kutikula burmasida yana bir juft nafas teshigi bor, ammo ular yaxshi 
rivojlanmagan – bekituvchi apparati yo‘q. 
Kapalaklar nafas teshigining bekituvchi apparati ikkilamchi bekituvchi 
yoyining bo‘lmasligi bilan qurtlar nafas teshigining bekituvchi apparatidan farq 
qiladi. 
Kapalakning bel naychasi oltinchi qorin bo‘g‘imining keyingi chetida uchi 
berk 
holda 
tamomlanadi. 
Kapalaklar 
bel 
naychasining 
bo‘rtiklari 
(do‘mboqchalari) qurtlarnikiga qaraganda kamroq bilinadn. Ko‘krak bilan qorin 
oralig‘i chegarasida bel naychasi past tomondan ko‘krakni qorindan ajratib 
turuvchi xitin burmani aylanib o‘tadi. Ko‘krak bo‘g‘imlarida bel naychasi orqa 
tomondagi qoplamlariga yaqinlashib kelib kengayadi. Ana shu yo‘g‘onlashgan 
joydan aorta chiqadi va u bosh bo‘shlig‘iga ochiladi. Kapalakning qoni 
(gemolimfasi) och sarg‘ish rangda bo‘ladi. 
Bel naychasi qisqarishi natijasida qon harakatga keladi. 
Kapalakning muskul tizimi qurtning muskul sistemasidan, asosan qanotlarida 
kuchli muskullar borligi va yuqorigi jag‘larida muskullar yo‘qligi hamda oyoqlap 
muskulining muvofiq ravishda rivojlanganligi va boshqalar bilan farq qiladi. 
Kapalakning tomoq usti nerv tugunlari sezuv organlarining(ko‘z va 
mo‘ylovlarning) juda yaxshi rivojlanganligi sababli ipak qurtlarinikiga qaraganda 
anchagina murakkab tuzilgan. Kapalakning jinsiy organlari - urg‘ochi kapalakniki - 
to‘rt juft tuxum naychasi (ovariollardan), qo‘shimcha jinsiy organlar va tashqi 


kopulyativ apparatdan iborat. Tuxum naychalari kapalakning qorin qismiga har 
tomondan to‘rttadan bo‘lib birikkan. Tuxum naychalarining uzunligi 60 - 80 mm 
keladi. Ularda uchma-uch holda bir qator joylashgan urug‘lar bo‘ladi. 
Hali tuxum qo‘ymagan urg‘ochi kapalaklarning tuxum naychalari qorin bo‘shlig‘ini 
to‘ldirib turadi va uni shunday kengaytirib yuboradiki, bu vaqtda urg‘ochi kapalakni 
qorin bo‘shlig‘ining kengayib ketganligiga qarab, erkak kapalakdan farq qilish juda 
oson bo‘lib qoladi. Ovariollar ipak qurtining boshlang‘ich tuxumdonida rivojlanadi. 
Urg‘ochi kapalakning qo‘shimcha jinsiy organlari spermatozoidlar uchun 
dastlabki rezervuar hisoblanadigan kopulyativ xaltachadan, urug‘ qabul qilgach, 
ya’ni ikkilamchi rezervuardan (bu rezervuar orqali spermatozoidlar urug‘lanish 
vaqtida tuxumga kiradi) juft va toq tuxum yo‘llaridan (bu yo‘llar orqali tuxum 
tashqariga chiqadi), urug‘ni o‘rab olib, substratga yopishtirish uchun sarf bo‘ladigan 
modda ajratib chiqaruvchi elimlovchi bezlardan iborat.
Urug‘ni substratga yopishtirmaydigan tut ipak qurtlari zotining bu bezida 
yopishtiruvchi modda bo‘lmaydi. Urg‘ochi kapalaklar jinsiy organlarining 
qo‘shimcha qismlari qurtlar pilla o‘rashi oldidan shakllana boshlaydi va asosan, 
g‘umbaklik davrining birinchi yarmida shakllanib bo‘ladi. Bu organlar ipak qurti 
tanasining qorin tomonida joylashgan va Ishivat disklari deb ataladigan maxsus 
boshlang‘ich disklardan hosil bo‘ladi.
Urg‘ochi kapalakning tashqi jinsiy apparati ikkita: yuqorisida orqa chiqaruv va 
o‘rtasida tuxum qo‘yadigan teshiklari bo‘lgan jinsiy bo‘rtikdan iborat. Jinsiy 
bo‘rtikning yonlariga ikkita aromatik (ichida xushbo‘y moddasi bor) xaltacha 
joylashgan, urg‘ochi kapalaklar jinsiy uyg‘ongan vaqtda qornini do‘ppaytirib, ana 
shu xaltachalardan xushbo‘y modda ajratib chiqaradi,bu moddaning hidi esa erkak 
kapalaklarni o‘ziga jalb etadi. 
Jinsiy bo‘rtikning pastrog‘ida ko‘ndalang holda to‘radigan siquvchi xitin 
plastinka joylashgan, buning ostida urg‘ochi kapalakning ikkalamchi- kopulyativ 
jinsiy teshigi bor. Erkak kapalakning jinsiy organi spermatozoidlar ishlab chiqaruvchi 
ikkita jinsiy bez -urug‘donlardan, qo‘shimcha jinsiy organlardan va tashqi kopulyativ 


apparatdan iborat. 
91-rasm.Tut ipak qurti urg’ochi kapalagining bo‘ylama chizma kesigi. 
1- havo haltachasi 2- bel naychasi..3 - toq tuhum yo’li;.;4 ko’r haltacha; 5- urug’ qabul qilgich; 6-
оrqa ichak; 7 -Malpigiev naychalari; 8-nerv zanjiri; 9- o’rta ichak; 
92-rasm.A. [26] Tut ipak 
qurti urg’ochi kapalaganing
jinsiy organlari;.1-dorsal 
vessel -7chi qorin 
bo’g’imidagi dorsal 
plastinkasi ;2- mid-gut - 
o’rta ichak ;3- nervous 
system; -nerv tizimi;4-
glandu-la receptaculi-
mo’ylovcha bez haltasi; 5-
recep- taculum seminis-
vestibyuli ; 6- bursa 
copulatrix - kopulativ 
o’rgan;7- mucous gland-
urug’ qabul qilgich; 8- 
ovipositor-yelimlovchi bez;
9- esophagus-qizilo’ngach 
;
10- crop-havo pufakchasi 

11- ovarioles- toq tuhum 
yo’li;.12- Malpighian 
vessel - Мalpigeyev 
naychasi ; 
13-small intestine -
ingichga ichak;14- rectum 
- ko’r haltacha;. 


-
93--rasm, [ 26] Urg‘ochi kapalakni tashqi kopulyativ organlari 
1- dorsal chitin plate (8th segment) - sakkizinchi qorin bo‘limining dorsal plastinkasi; 
2-genital papilla- hushbo‘y modda to‘planadigan xaltachasi; 
3- anus- tuxum qo‘yadigan teshigi; 
4-sacculi lateralis - anal so‘rg‘ich;
5- oviporus - orqa chiqaruv teshigi;
6-ventral chitin plate (7th segment)- yettinchi qorin bo‘g‘imining dorsal plastinkasi ; 
7-vagina - qisuvchi plastinkasi;.
8- ventral plate (8th segment).- dorsal chitin plate (8th segment); 
Erkak kapalakning qo‘shimcha jinsiy organlari urug‘ chiqadigan yo‘ldan urug‘ 
pufakchalaridan qo‘shimcha jinsiy bezlar va ularning chiqaruvchi yo‘llaridan, urug‘ 
(spermatozoid) keluvchi kanaldan iborat bo‘ladi. 
Erkak kapalakning qo‘shimcha jinsiy organlari teridagi boshlang‘ich hosila -
Gerold organiga tegib turuvchi jinsiy paylar hisobiga hosil bo‘ladi. Bu organ 
(hosila) ipak qurtlarining qorin tomonidagi to‘qqizinchi bo‘g‘imiga joylashgan. 
Urug‘donlarda hosil bo‘lgan spermatozoidlar urug‘ chiqaruvchi yo‘llar orqali 
urug‘ pufakchalariga tushadi. Kopulyasiya (kapalaklarning qo‘shilishi) vaqtida 
spermatozoidlar urug‘ pufakchalaridan erkak kapalakning urug‘ keluvchi kanali va 
kopulyativ organi orqali urg‘ochi kapalakning kopulyativ xaltachasiga siqib 


tushiriladi. Qo‘shimcha jinsiy bezlarning roli uncha aniq emas, ammo bu bezlar 
suzmaga o‘xshash modda ishlab chiqaradi, bu moddadan kopulyasiya vaqtida 
maxsus xaltacha - spermatofor hosil bo‘ladi, deb taxmin qilinadi

Erkak kapalakning tashqi jinsiy apparati uzunligi 3 mm cha keladigan, 
ko‘rinishi uchi teshik «nina» (shprits) ga o‘xshash, qattiq xitindan tuzilgan 
kopulyativ organdan, kopulyativ organning yonlariga joylashgan ikkita ilgakdan- 
valvadan va ikki qismdan; skafium hamda unkusdan tuzilgan maxsus qisuvchi 
apparatdan iborat bo‘ladi. Qisuvchi apparat kopulyativ organning ustiga 
joylashgan bo‘lib, ko‘rinishi qushlarning tumshug‘iga o‘xshaydi. Kapalaklar 
juftlashish (qo‘shilish)vaqtida urg‘ochi kapalakning qisuvchi plastinkasi skafium 
bilan unkus o’rasiga tushadi va bu yerda qisilib qoladi. 
Kapalaklar o‘rta hisobda 12-14 kun yashaydi. Ba’zi kapalaklar 
3 haftagacha yashaydi. Urg‘ochi kapalaklar erkaklariga qaraganda birmuncha
uzoqroq yashaydi. Tut ipak qurtlarining kapalaklari (g‘umbagi kabi) 
oziqlanmaydi. Kapalak qurtning rivojlanish bosqichlari jarayonida to‘plangan 
oziq moddalari zahirasi hisobiga hayot kechiradi. Nimjon va kasal kapalaklar tez: 
pilladan chiqqandan ikki-uch kundan keyin, ko‘pincha, hatto tuxum qo‘yib 
bo‘lmasdanoq nobud bo‘ladi. Yuqori haroratda, ya’ni moddalar almashinuvchi 
jadal sur’atlar bilan borganda kapalaklar, uzoq yashamaydi va aksincha, past 
haroratda, ya’ni hayot faoliyati jarayonlari sekinlashganda kapalaklar uzoq
yashaydi. Bu xildagi haroratda kapalaklar g‘umbaklarga qaraganda 4 - 5 marta 
tezroq nafas oladi. 


94-rasm.Tut ipak qurti erkak kapalagining bo‘ylama chizma kesigi. 
1-5 - bel naychasi. 2- berk xaltacha .3 - jinsiy organi;4- havo haltachasi; 6- tomoq; 7 -
Malpigiev naychalari; 8-nerv zanjiri;
Erkak kapalaklar urg‘ochi kapalaklardan serharakatroq bo‘lganligi sababli ularga qaraganda tezroq 
nafas oladi. Mayda pilla o‘raydigan zot ipak qurtlarining kapalaklari yirik zotlarning kapalaklariga 
qaraganda kamroq yashaydi. 
94-rasm.A[26] Tut ipak qurtining erkak 
kapalakning jinsiy organlari; 
1- mid-gut -o’rta ichak ; 
2- Accessory gland - qo’shimcha bez ; 
3- ejaculatory vesicle-urug’ pufagi ; 
4-nervous system -nerv tizimi; 
5- esophagus-qizilo'ngach; 
6- crop-havo pufakchasi ; 
7- dorsal vessel - 8chi qorin bo’g’imidagi 
dorsal plastinkasi; 
8-testes-urug’donlar;. 
9- Malpighian vessel - Мalpigeyev 
naychasi ; 
10- small intestine-ingichka ichak ; 
11- rectum- ko’r haltacha; 


95 Расм, [ 26] erkak kapalakning tashqi kopulyativ organi
1-uncus - unkusi tegumeni; 
2-claspers - valvasi; 
3- anus- orqa chiqaruv teshigi; 
4- penis - kopulyativ organlari 
5- chitin plate at basal part of the penis - skafiumi; filturasi; 
6-ventral plate (8th segment)-- sakkizinchi qorin bo‘g‘imining dorsal plastinkasi;- 
96-rasm.[18] 
Juftlashayotgan 
kapalaklar . 


97-rasm [18] tuxum (urug`)
qo‘yayotgan 
urg‘ochi kapalak. 
Kapalakning nobud bo‘lishi oziq moddalarning sarflanib bo‘lishi natijasi 
emas,chunki kapalak hayotining oxirida organizmda yana anchagina oziq modda 
saqlanadi. Kapalaklar kasallik va to‘qimalarning qarib buzilishi natijasidagina emas, 
balki ular nerv tizimi faoliyatining so‘nishi hamda oqsillarning parchalanish
mahsulotlari o‘z-o‘zini zaharlashi natijasida nobud bo‘ladi. 

Yüklə 7,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin