3.1-rasm. Ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyaning tarkibiy tuzilishi
Bu yerda ikki holatga e’tibor berish muhim. Birinchidan, ishlab chiqarish munosabatlari
mustaqil, alohida tizimni tashkil qilmaydi. Ular ishlab chiqaruvchi kuchlar bilan ham,
shuningdek ustqurma bilan ham har doim o‘zaro ta’sirda bo‘ladi. Ikkinchidan, turli
formatsiyalarda o‘ziga xos ishlab chiqarish munosabatlari amal qiladi va bu esa har bir
formatsiyaga mos keluvchi ishlab chiqarish usulini belgilab beradi.
Insoniyat jamiyati tarixida bir-biri bilan izchil almashinib turgan qator ishlab chiqarish
usullari va shunga muvofiq ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar ajralib turadi.
Ishlab chiqarish usullari almashinishining klassik namunasi Evropada namoyish qilingan
deb hisoblanadi. Evropa hududida bir-biri bilan almashinib, ibtidoiy jamoa, quldorlik, feodal va
kapitalistik munosabatlar izchil tarkib topdi. Boshqa qit’alarga kelganda esa, bu yerda
kapitalizmgacha bo‘lgan davrda mana shu marralarning hammasi aniqroq qayd etilgan. Osiyo,
Afrika, Avstraliyada Yevropa mustamlakachiligining ta’siri seziladi. Adabiyotlarda Osiyocha
ishlab chiqarish usuli deb atalmish usul haqida ham qayd qilinadi. Bu usulning shakllanishida
mamlakatlarning katta turkumiga xos bo‘lgan ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish
munosabatlarining sug‘orish tizimlarini markazlashtirilgan tarzda tartibga solib turish va
davlatning ana shu sharoitlarda alohida ro‘li bilan bog‘liq sifat xususiyatlari aks etadi.
Ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya
Ishlab chiqarish usuli
Asos
Ishlab chiqarish munosabatlari
Ishlab chiqarish
vositalari
Mulkchilik, ishlab chiqarish,
taqsimot, ayirboshlash, iste’mol
va boshqa munosabatlar
Siyosiy,
huquqiy,
mafkuraviy,
milliy, oilaviy va
boshqa ijtimoiy
Ishlab chiqaruvchi kuchlar
Ishchi kuchi
Iqtisodiy fanda ijtimoiy taraqqiyotni sivilizatsiyaning tarixiy rivojlanish tiplari natijasi
sifatida o‘rganish ham muhim o‘rin tutadi.
«Sivilizatsiya» so‘zi lotinchada fuqarolarga oid, ijtimoiy degan ma’nolarni anglatadi. Bu
tushuncha fanga fransuz faylasuflari tomonidan nisbatan yaqin vaqt-ikki asr oldin kiritilgan
bo‘lib, tafakkur va erkinlik hukmron bo‘lgan jamiyatlarni tavsiflash uchun qo‘llanilgan.
Umuman olganda sivilizatsiya rivojlangan mamlakatlardagi iqtisodiy va ijtimoiy-huquqiy
munosabatlarning oqilona tashkil etilgan tuzumi sifatida talqin etiladi.
Jamiyat taraqqiyotini sivilizatsiya nuqtai-nazaridan o‘rganishda sivilizatsiyalarning
almashuvi nazariyasi muhim o‘rin tutadi. Bu nazariya tarafdorlari quyidagi 7 ta bosqichdan
iborat sivilizatsiyaning davomiylik muddatini ajratib ko‘rsatadilar:
1) 30-35 asrni o‘z ichiga olgan neolit davri;
2) 20-23 asrni o‘z ichiga olgan sharqiy quldorlik davri (bronza asri);
3) 12-13 asrni o‘z ichiga olgan antik davr (temir asri);
4) 7 asrni o‘z ichiga olgan erta feodal davri;
5) 4,5 asrni o‘z ichiga olgan industrlashishgacha bo‘lgan davr;
6) 2,5 asrni o‘z ichiga olgan industrlashgan davr;
7) 1,3 asrni o‘z ichiga olgan yuqori industrlashgan davr [1].
Bu qayd qilingan bosqichlardan ko‘rinib turibdiki, ushbu nazariyada turli qarashlar va
yondashuvlarni aralashtirish holatiga yo‘l qo‘yilib, jamiyat taraqqiyoti bosqichlarini
ajratishning aniq bir mezoni yoki belgisi mavjud emas.
Jamiyat taraqqiyoti bosqichlariga texnologik yondashuv ham ma’lum bir oqim
xisoblanadi. Ular jamiyat tarixiy taraqqiyoti davomida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar ko‘lami va
tavsifini yaxshiroq tushunib olish uchun ishlab chiqarishning turli texnologik usullarini tahlil
etish, mashinalashgan ishlab chiqarishning vujudga kelishi va rivojlanish tarixiga murojaat
qilish zarur deb hisoblaydilar.
Mehnat vositalari, materiallar, texnologiya, energiya, axborotlar va ishlab chiqarishni
tashkil etish bilan birgalikda ishlab chiqarishning texnologik usuli deyiladi.
Ular o‘rtasidagi chegaralarni jamiyat taraqqiyoti tarixining yirik bosqichlari ajratib turadi.
Bir texnologik ishlab chiqarish usulidan boshqasiga o‘tish asosan mehnat vositalarining
tavsifidagi o‘zgarishlar, fan va texnika taraqqiyoti bilan belgilanadi.
Ishlab chiqarish texnologik usullarining dastlabki uchta bosqichlari alohida farqlanadi.
Bular oddiy kooperatsiya, manufaktura va mashinalashgan ishlab chiqarish. Oddiy
kooperatsiya-bu bir xil ishni yoki xizmat vazifasini bajaruvchi xodimlarning eng oddiy
shaklidagi uyushishi, birgalashib ma’lum tartib asosida ishlaydigan kishilar guruhidir.
Kooperatsiyaning yakka tartibdagi hunarmandchilik ishlab chiqarishiga nisbatan afzalliklari
quyidagilar orqali namoyon bo‘ladi:
-
ko‘plab ishchilarning birgalikdagi mehnati ishchi kuchidagi alohida tafovutlarning
yo‘qolishiga, ularning sifat jihatidan bir xildalashuviga olib keldi;
-
bino va inshootlardan birgalikda foydalanish natijasida yoqilg‘i, yoritish va boshqa shu
kabi xarajatlarning kam sarflanishi mahsulot birligiga to‘g‘ri keluvchi ishlab chiqarish
vositalarining tejalishiga olib keldi;
-
birgalikdagi mehnat bellashuvni keltirib chiqarib, mehnat unumdorligini oshirdi.
Manufaktura-bu mehnat taqsimotiga asoslangan, lekin mashina hali mavjud bo‘lmagan
sharoitdagi kooperatsiyadir. Manufaktura davrida ishlab chiqarishning umumlashuv jarayoni
davom etadi. Yalpi ishchi kuchi tarkib topadi, har bir ayrim xodim esa yalpi ishchi kuchining
tarkibiy qismiga aylanadi. Bunda oddiy kooperatsiyadagidek qo‘l mehnatiga va qo‘l mehnatiga
asoslangan qurolga tayanadi.
Manufaktura ixtisoslashtirilgan qurol va asboblar vujudga keltirib hamda ishchini tor
operatsiyalarni bajarishga bog‘lab, yirik mashinalashgan ishlab chiqarishga o‘tish uchun zarur
shart-sharoit tayyorlaydi. Bu davrda ishlab chiqarishni tashkil etish, mehnatning mazmuni va
tavsifida, ishlab chiqarishning butun texnologik usulida, iqtisodiy munosabatlarda va butun
ijtimoiy hayotda ham tub o‘zgarishlar ro‘y beradi. XVIII asrning so‘nggi 30 yili ichida
boshlangan sanoat revolyusiyasi natijasida yirik mashinalashgan ishlab chiqarish vujudga keldi.
Yirik mashinalashgan ishlab chiqarish mehnat taqsimoti hamda mashinali mehnatga
asoslangan kooperatsiyadir. Fabrika ichidagi mehnat taqsimoti tamomila mashinalarning
vazifalari bilan belgilanadi.
Fan-texnika, texnologiya va axborot tizimidagi o‘zgarishlarga qarab R.Aron, Dj. Gelbreyt,
U.Rostou va boshqa olimlar jamiyat taraqqiyoti bosqichlarini uch bosqichga:
industrlashgangungacha bo‘lgan jamiyat, industrlashgan jamiyat, yuqori industrlashgan yoki
axborotlashgan jamiyatlarga bo‘lib o‘rganishni tavsiya etadilar. Bunda ular industrlashishgacha
bo‘lgan jamiyatning asosiy belgilari sifatida quyidagilarni ko‘rsatadilar:
-
aholining asosan qishloq xo‘jaligi bilan bandligi;
-
qo‘l mehnatining hukmronligi;
-
mehnat taqsimotining juda kamligi (dehqonchilik, chorvachilik, xunarmandchilik, savdo,
boshqaruv va boshqalar);
-
natural xo‘jalikning hukmronligi.
Jamiyat taraqqiyotining ikkinchi muhim bosqichi industrlashgan jamiyatning asosiy
belgilari:
-
ishlab chiqarishning avtomatlashganligi;
-
sanoatning fan-texnika yutuqlari asosida rivojlanishi, unda ishchilar sonining ko‘payishi;
-
shahar aholisining qishloq aholisiga qaraganda ko‘payishi va boshqalar.
Taraqqiyotning uchinchi muhim bosqichi yuqori darajada industrlashgan jamiyatning
asosiy belgilari:
-
xizmat ko‘rsatish sohasining yuksak darajada rivojlanishi;
-
ishchi kuchining asosiy qismi (60-70%) shu sohada band bo‘lishi;
-
fanning bevosita ishlab chiqaruvchi kuchga aylanishi, malakali mutaxassislar ro‘lining
oshishi;
-
iqtisodiyotning hamma sohalarida va kundalik hayotda axborot va kommunikatsiya
texnologiyalarining keng qo‘llanilishi;
-
tovarlar va xizmatlar sifatini tushurmasdan iqtisodiy resurslarning hamma turlarini tejash
imkonini beradigan yangi texnika va texnologiyalarning keng qo‘llanilishi va boshqalar.
Biz yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, texnika va texnologiyadagi o‘zgarishlar jamiyat
taraqqiyotida asosiy ro‘lni o‘ynaydi va tashkiliy, boshqaruv tizimlarining, ishchi-xizmatchilar
tarkibining o‘zgarishiga, mehnat unumdorligining o‘sishiga olib keladi. Lekin bu texnik
o‘zgarishlarga qarab bir tomonlama yondashuv bilan jamiyat taraqqiyoti qonunlarini aniqlab
bo‘lmaydi. Ayniqsa, iqtisodiy tizimlar va ularning xarakterini bilishda texnik va ijtimoiy-
iqtisodiy o‘zgarishlarni birgalikda, ularning o‘zaro bir-biriga ta’sirini dialektik aloqadorlik va
ta’sir natijasida sodir bo‘ladigan taraqqiyot qonunlari asosida o‘rganish zarurdir.
Jamiyat taraqqiyotiga, jumladan texnika va texnologiyaning rivojiga ijtimoiy-iqtisodiy
munosabatlarning kuchli ta’sirini bir necha ming yillab rivojlanmay qo‘ygan texnika va
texnologiya taraqqiyotini tovar xo‘jaligi va bozorning vujudga kelishi bilan jadal o‘sib
ketganligida ko‘rish mumkin.
Texnika taraqqiyotining hamma bosqichlari ya’ni oddiy kooperatsiya, manufaktura,
mashinalashgan ya’ni industrlashgan ishlab chiqarish, yuqori darajadagi industrlashgan,
axborotlashgan jamiyat bosqichlari keyingi 250-300 yilga, ya’ni tovar xo‘jaligi rivoj topgan
davrga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun ham keyingi vaqtdada ko‘pgina iqtisodchilar jamiyat
taraqqiyoti bosqichlarini iqtisodiy tizimlarga bo‘lib o‘rganadilar.
Dostları ilə paylaş: |