Jamoa mulkiga ijara va jamoa korxonalarining, aksionerlik jamiyatlari, xo‘jalik jamiyatlari
va shirkatlarining, jamoa tashkilotlari va diniy tashkilotlarning mulki kiradi.
Shaxsiy mulk-bu fuqarolar mulki bo‘lib, ularning shaxsiy yoki oilaviy ehtiyojini
qondirishga xizmat qiladi. Bu mulk shakli asosan shaxsning yoki uning oila a’zolarining
mehnati asosida ko‘payadi va rivoj topadi.
Fuqaroning shaxsiy mulki asosan ularning ijtimoiy ishlab chiqarishda ishtirokidan, o‘z
xo‘jaligini yuritishdan tushgan mehnat daromadlari hisobiga vujudga keladi va ko‘payadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida shaxsiy mulk aktsiyadan keladigan dividend, bank foizlari,
xususiy sohibkorlik daromadi kabi yangi manbaalarga asoslanadi.
Shaxsiy mulk ob’yektlari-bu turar joylar, bog‘-hovli va uylar, transport vositalari, pul
jamg‘armalari, uy-ro‘zg‘or va shaxsiy iste’mol buyumlari, yakka tartibda va boshqa xo‘jalik
faoliyati uchun kerakli ishlab chiqarish vositalari, ularda hosil qilingan mahsulot va boshqalar
bo‘lishi mumkin. «O‘zbekiston Respublikasida mulkchilik to‘g‘risida»gi qonunda
ko‘rsatilganidek, savdo, umumiy ovqatlanish, maishiy xizmat sohasidagi, xalq xo‘jalik
faoliyatining boshqa tarmoqlaridagi maydaroq korxonalar fuqaro va ularning oila a’zolarining
mulki bo‘lishi mumkin. Shaxsiy mulk ob’yektlari ehtiyojlarini qondirish doirasidan kelib
chiqib, daromad topish yo‘lida ishlatilishi mumkin.
Xususiy mulk-ayrim sohibkorlarga qarashli yollanma mehnatga asoslangan va o‘z egasiga
foyda keltiruvchi mulkdir.
O‘zbekiston Respublikasining mulkchilik to‘g‘risidagi qonunida (7-modda), xususiy mulk
o‘z mol-mulkiga xususiy egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqidan
iboratdir deb ko‘rsatilgan. Shu bilan birga xususiy mulk bo‘lgan mol-mulkning miqdori va
qiymati cheklanmasligi ta’kidlanadi.
Xususiy mulk ham, boshqa har qanday mulk shakllari kabi, o‘zining ijobiy va salbiy
tomonlariga ega. U, so‘zsiz, tashabbuskorlik va tadbirkorlikni, mehnatga ma’suliyatlilik
munosabatlarini rag‘batlantiradi. Shu bilan birga, tovar ishlab chiqarish sharoitida u xufyona
daromad orttirishga intilish hissini tug‘diradi. Mulkchilikning bu shaklini tan olish iqtisodiyotda
uni qo‘llash foydali bo‘lgan bo‘g‘inlarni aniqlash, uni tartibga solishning moliyaviy va huquqiy
mexanizmlarini shakllantirishni taqozo qiladi. Lekin xususiy mulkchilikni bunday tan olish uni
mutlaqlashtirish bilan umuman bog‘liq emas. Bu mulk sotib olingan ishlab chiqarish vositalari
asosida mustaqil xo‘jalik yuritish yoki davlat korxonalari, firmalar, xizmat ko‘rsatish va sotish
shaxobchalari va shu kabilarni sotib olish orqali vujudga kelishi mumkin.
Turli shakldagi mulklarning birikib ketishi natijasida aralash mulk paydo bo‘ladi. Bu mulk
alohida olingan ob’yektning turli mulkdorlar ishtirokida o‘zlashtirilishini bildiradi.
Dostları ilə paylaş: