Sirka kislota ishlab chiqarish
Sirka kislotasini birinchi bo‘lib I. Glauber 1648- yilda olgan. Sirka kislota
karbon kislotalarining ichida nisbatan muhimi bo‘lib, qadimda tarkibida etil
spirti bo‘lgan ichimliklar (vino, pivo va boshqalar) biokimyoviy achitish yo‘li
bilan olingan. Hozirgi vaqtda biokimyoviy usul bilan faqat oziq-ovqat uchun
ishlatiladigan sirka kislota olinadi. Keyinchalik sirka kislota beryoza yog‘ochi
chiqindilaridan olingan. Unga bo‘lgan talab o‘sib borganligi sababli, birinchi
jahon urushi yillarida atsetilendan sirka aldegid, va aldegiddan sintetik sirka
kislota ishlab chiqarish paydo bo‘ladi. Sirka aldegidning sirka kislotagacha
oksidlanish uch bosqichda boradi:
Birinchi bosqichda hosil boMgan persirka kislota kuchli oksidlovchi bo‘lib, ikkinchi
bosqichda u sirka aldegid bilan birikib uni sirka angidridiga aylantiradi. Persirka
kislota portlovchi modda. U portlaganda kislorod va sirka kislotaga aylanadi,
portlashni oldini olish maqsadida persirka kislotani to ‘planib qolmasligi uchun
oksidlash jarayonini suyuq muhitda olib boriladi. Buning uchun aldegid va
marganets(II) atsetatning (katalizator) sirka kislotadagi eritmasidan foydalaniladi.
(Mn(CH
3
COO)
2
) reaksiyaning ham birinchi, ham ikkinchi bosqichlarini
tezlashtiradi. U chinchi bosqichi - angidridning gidratlanishi (1) va (2)
bosqichlardan ko‘ra sekinroq boradi.
Aldegidni oksidlash reaktorda (oksidlash kolonnasida) olib boriladi (109-
rasm). Reaktor xromnikelmolibdenli po‘latdan yasalgan bo‘lib, balandligi 12 m,
diametri 1 m. Kolonnaning ostiga aldegid va katalizatorning sirka kislotadagi
eritmasi to ‘xtovsiz kelib turadi, kislorod esa 0,04 M Pa bosim bilan bir necha
quvurchalar orqali mayda pufakchalar shaklida kolonnaga bir tekisda taqsimlanib
kiradi. Sovitish va optimal haroratni ( 65—70 °C ) saqlash uchun kolonna
ichida sovitgichlar o‘rnatilgan. Kolonnaning yuqori qismidan sirka kislota
chiqadi va rektifikatsiyaga yuboriladi.
Kolonnadan chiqqan gazlarni ( sirka aldegidining va kislotasining bug 6lari,
kislorod)
portlashdan
saqlash uchun azot q o ‘shib
suyultiriladi.
Gazlar
aralashmasi
kondensatorga
borib
kondensatlanadi
va
kolonnaga
qaytariladi.
Olingan sirka kislota ketma ket
ikkita
rektifikatsiya
kolonnasidan
o
‘tadi.
Birinchisida yengil qaynovchi
qo‘shimchalardan tozalanadi,
ikkinchidan esa kislota bug‘lari
kata lizatordan (uchuvchan
emas) va qiyin qaynovchi
qo‘shimchalardan tozalanadi.
Olingan sintetik sirka kislota
95—99,5 % bo‘lib tarkibida
0,5—5 % gacha suv saqlaydi.
Unumi 92 %.
Ikkinchi bosqichda hosil
bo‘lgan
suvni
reaksion
aralashmadan ajratib olinsa,
sirka angidrid olish mumkin
bo‘ladi. Sirka angidridi kobalt (
I I ) va mis ( I I ) asetatlari
katalizatori ishtirokida aldegidni etilasetat bilan aralashmasini 60°C da oksidlab
olinadi. Sirka kislota rangsiz, o ‘tkir hidli suyuqlik, qaynash harorati 118°C).
Dunyoda sirka kislotasi hozirgi vaqtda har yili 3,5 mln. tonnadan ko‘proq
ishlab chiqarilmoqda.
Sirka kislota va uning xossalari
sanoatning turli tarmoqlarida juda keng
ishlatiladi. U asetilselluloza olishda (undan asetat tolasi, plastmassalar, laklar,
yonmaydigan kinoplonkalar va boshqalar olinadi), atsetillovchi modda
sifatida organik sintez sanoatida oziq- ovqat va to‘qimachilik sanoatlarida va
boshqalarda ishlatiladi.
|