Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги Наманган давлат университети



Yüklə 5,1 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə109/126
tarix19.12.2023
ölçüsü5,1 Kb.
#185510
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   126
IUM qollanma Metodika bo\'yicha

kundalik tayyorgarligi
eng asosiy vazifalardandir. 
Darsga tayyorgarlik ko‘rish quyidagi bosqichlarda amalga oshirilishi lozim:
1-bosqich: Taqvim-mavzu rejadagi yangi mavzu va unga ajratilgan vaqt 
(soat) aniqlashtirib olinadi.
2-bosqich: DTS va o‘quv dasturidan o‘tilayotgan mavzu yuzasidan 
o‘quvchida qanday tushunchalar (bilim, ko‘nikma va malakalar) shakllantirilishi 
lozimligi aniqlashtirilib, shu asosida dars maqsadlari belgilab olinadi.
3-bosqich: Mavzu asosida darsda foydalaniladigan texnik vositalar, elektron 
manbalar, slaydlar, ko‘rgazmali va didaktik materiallar, adabiyotlar o‘rganib 
chiqiladi hamda dars ishlanmasi (konspekt) tayyorlanadi.
Dars kuzatish va tahlil qilish orqali o‘quvchilarning umumiy tayyorgarligi, 
bilim olishdagi faoliyati, o‘quv faniga bo‘lgan qiziqishi, diqqat bilan ishlashi
matn, xarita, jadval, asboblar bilan mustaqil ishlay bilishi, o‘qituvchiga bo‘lgan 
munosabati aniqlanadi. SHu bilan birga o‘qituvchining faoliyati ham tahlil 
qilinadi. CHunonchi, o‘qituvchining o‘quv dasturi materiallarini bilish darajasi, 
yangi mavzuni tushuntirish jarayonida asosiy fikrni ajratib olishi, ilmiylik va 
soddalik, ko‘rgazmalilik tamoyillariga rioya qilishi, dars maqsadini to‘g‘ri 
qo‘yishi, dars jarayonini to‘g‘ri rejalashtirishi, darsda hamkorlikka erisha olishi,


bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishni nazorat etishi, o‘quvchilar bilan yakka va 
jamoada ishlashni tashkil eta bilishi, dars mobaynida vaqtdan unumli foydalanishi 
va pedagogik muomala madaniyatini egallaganlik darajasi kabi jihatlar inobatga 
olinadi.
O‘qituvchining darsini bir necha marta kuzatish va tahlil qilish, uning 
pedagogik mahorati, ish tizimi, o‘quvchilarining o‘zlashtirishi, bilim darajasi kabi 
sohaviy va kasbiy layoqati yuzasidan xulosa chiqarish imkonini beradi.
Ta’kidlash joizki, umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘qituvchilarining darslarini 
tahlil qilishda ko‘pincha kuzatuvchilar darsga yaxlit tizim sifatida qaramay 
ko‘proq tashqi jihatlariga baho beradilar, darsning mazmun-mohiyati xususida 
yuzaki mulohaza yuritadilar. SHuningdek, dars tahlilida o‘qituvchining 
ko‘rsatmali qo‘llanmadan foydalanishi, didaktik kartochkalar bilan ishlashi va
hokazolar aytiladi-yu, ammo ulardan nima maqsadda, qaysi vaziyatda 
foydalanilgani, qanchalik samara berganligi, vaqt taqsimotiga to‘g‘ri amal 
qilinganligi, o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan-olmaganligi kabi 
masalalar to‘g‘risida fikr yuritilmaydi.
O‘qituvchilar aksariyat hollarda dars jarayonida quyidagi xato va 
kamchiliklarga yo‘l qo‘yadilar. Jumladan:

dars maqsadi bilan o‘quvchilarni tanishtirmaslik;



interfaol metodlardan samarasiz foydalanish;



dars jarayonida barcha o‘quvchilarning ishtirokini ta’minlay olmaslik;



o‘quvchilar bilan yakka va jamoa tartibda ishlashga erisha olmaslik;



o‘quvchilarning mustaqil ishlashini ta’minlamaslik.



o‘quvchilar bajargan ishlarini vaqtida baholamaslik;



o‘qituvchi nutqining ravon, ta’sirchan emasligi;



mavzuni amaliyot bilan bog‘lab tushuntirmaslik;



mavzuni ilmiy va amaliy nuqtai nazardan tushuntirishga e’tibor 
bermaslik;



sinf doskasi, darslik, o‘quvchi daftari, qo‘shimcha adabiyotlardan 
foydalanishning tizimli yo‘lga qo‘yilmaganligi;



o‘quvchilarga beriladigan savollarning muammoli tarzda tuzilmaganligi 
kabilar.


Yüklə 5,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin