Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги Наманган давлат университети



Yüklə 5,1 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə115/126
tarix19.12.2023
ölçüsü5,1 Kb.
#185510
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   126
IUM qollanma Metodika bo\'yicha

Umumiy pedagogik tahlil 

 
darsdagi hamma jihatlarning qisqa va
 
engil 
ko‘rinishidagi tahlilidir.
Darsni umumiy pedagogik jihatdan tahlil qilganda quyidagilarni hisobga 
olish maqsadga muvofiqdir:
1.
O‘quv xonasi yoki sinf xonasining dars o‘tishga tayyorgarlik holati 
(dars jihozlari). 
2.
O‘quv xonasi yoki sinf xonasining sanitariya- gigiena holati. 
3.
Dars mavzusi va uning ta’limiy, tarbiyaviy maqsadi. 
4.
O‘qituvchining mazkur darsga ilmiy-metodik va pedagogik jihatdan 
tayyorlanganligi darajasi. 
5.O‘qituvchining darsni tashkil etish va dars bosqichlaridan to‘g‘ri 
foydalanishi. 


6.O‘qituvchining o‘quvchilarga ta’lim- tarbiya berishida pedagogik 
jihatdan namunali shaxs darajasiga ko‘tarila olganligi. 
7.
O‘quvchilar bilimiga qo‘yiladigan bahoning adolatli va izohli bo‘lishi. 
8.
O‘quvchilarning darsdagi faolligi, intizomi, mustaqil fikr yuritishi 
hamda mazkur fan asoslarini o‘zlashtirib olganlik darajasi. 
9.
O‘quvchilarning darsga munosabati va hurmat bilan qarashi. 
10.
O‘qituvchining darsdagi boshqaruvchilik roli va ish uslubi. 
11.
O‘qituvchining dars mavzusini ta’lim- tarbiyaga bog‘lashi. 
12.
Dars jarayonida yoki yangi mavzuni bayon qilishda o‘lkashunoslik 
materiallaridan foydalanishi. 
13.
Darsda o‘quvchilarning sifat o‘zlashtirishi. 
14.
O‘qituvchining darsdagi ta’limiy va tarbiyaviy maqsadiga to‘liq erisha 
olganligi. 
15.
O‘qituvchining ilmiy, metodik va umumpedagogik jihatdan 
yordamga ehtiyoji kabilar. 
Darsni psixologik-pedagogik 
jihatdan tahlil qilish tizimi: 
I. Darsning aniq maqsad va vazifalarga bog‘liq ravishda tuzilishiga 
psixologik baho berish. 
a) darsning mavzusi, maqsad va vazifalari: 
b) darsning tuzilishi va uning psixologik jihatdan maqsadga muvofiqligi. 
II. Darsning mazmuniga psixologik jihatdan baho berish: 
a) o‘quv materiallarining sifati (tasvirlovchi, tushuntiruvchi, 
ko‘rgazmalilik, aniqlik, mavhumlik va umumlashganlik darajasi); 
b) o‘quvchining bilish faoliyatini rivojlantirish, o‘quv axborotini idrok etishi 
(obrazli, og‘zaki mantiqiy xotirani, xayoliy tafakkurni). U qanday his-tuyg‘ularni 
uyg‘otadi? 
v) mazkur material o‘quvchilar bilish faoliyatining yosh xususiyatlariga
ularning hayotiy tajribasi va bilimlari darajasiga mos kelishi;
g) o‘qituvchining murakkab o‘quv materialini mazkur yoshdagi 
o‘quvchilarning idrok etishi uchun qulay, tushunarli va qiziqarli uyushtirish 
(bayon qilishning ravshanligi va oddiyligi, yorqin misollar, o‘xshatishlar, 
qiyoslashlarning mavjudligi, ko‘rgazmali materiallardan foydalanishi, hayot bilan 
bog‘lashi).
d) o‘rganilayotgan materialning tarbiyaviy ta’siri (axloqiy, estetik va h.k.). 
O‘qituvchi uning tarbiyaviy imkoniyatlarini qay darajada amalga oshiradi?

Yüklə 5,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin