Ilmiy
tahlil-
berilayotgan
bilimlarning
ilmiy
nazariy
jihatini,
o‘quvchi bajarayotgan mustaqil ishning maqsadga
muvofiqligini aniqlash demakdir.
Dars kuzatuvchi har bir
rahbar
darsning
ilmiy
tahlilida
asosan quyidagilarga e’tibor berishi maqsadga muvofiq bo‘ladi:
1.
O‘qituvchining ilmiy jihatdan (o‘zi mutaxassis bo‘lgan fanni ilmiy
asosda chuqur bilishi) qurollanganligi.
2.
SHu kungi darsga ilmiy jihatdan tayyorgarlik holati.
3.
O‘z mutaxassisligiga oid eng yangi ilmiy –nazariy axborotlar bilan
qurollanib borishi.
4.
Dars jarayonida ilmiy qoida va ta’riflarning to‘g‘ri bayon etilishi hamda
ilmiy atamalarning o‘quvchilarga singdirib borilishi.
5.
Darsda ta’limning o‘ziga xos xususiyatlarining hisobga olinishi.
6.
Darslik materiallarining qo‘shimcha adabiyot materiallari bilan
boyitilishi.
7. O‘quvchi bajarayotgan laboratoriya, amaliy hamda mustaqil ishlarning
ilmiy yo‘nalish bo‘yicha maqsadga muvofiqligi.
8.
O‘quvchilar xulosasining ilmiy jihatdan to‘g‘ri, qisqa va mukammal
bayon etilishi hamda uni o‘qituvchi tomonidan nazorat qilinishi.
9.
Dars davomida, yangi mavzuni bayon etish jarayonida ta’lim-tarbiya
bilan bog‘lanishi.
10.
O‘qituvchi va o‘quvchilarning ilmiy nutq madaniyati.
Dostları ilə paylaş: