Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги Наманган давлат университети



Yüklə 5,1 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/126
tarix19.12.2023
ölçüsü5,1 Kb.
#185510
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   126
IUM qollanma Metodika bo\'yicha

Nostandart testlar. 
Standart testlar mazmuni bo‘yicha reproduktiv
 
va 
produktiv darajada, tarkibi jihatidan test topshirig‘i savoli va to‘g‘ri xamda 
noto‘g‘ri javoblardan iborat bo‘lsa, nostandart testlar o‘zining mazmuni, tuzilishi 
va qo‘llanish maqsadiga ko‘ra muayyan darajada farq qiladi.
Nostandart testlar mazmuni va mohiyatiga ko‘ra quyidagi guruhlarga 
ajratiladi:
1.
Integrativ testlar; 
2.
Adaptiv testlar; 
3.
Mezonli-mo‘ljal olish testlari. 
Integrativ testlar integral mazmun, shakl, qiyinchilik darajasi bo‘yicha o‘sib 
boruvchi, ta’lim muassasasining bitiruvchisining tayyorgarlik darajasi haqida 
umumlashgan yakuniy xulosa chiqarishga imkon beradigan test topshiriqlari 
sanaladi.
Adaptiv testlar avtomatlashtirilgan, tahsil oluvchilarga nisbatan individual 
yondoshish imkonini beradigan, topshiriq mazmuni, bajarish tartibi, qoidasi, shu


topshiriqni bajarish natijasida tahsil oluvchining egallashi mumkin bo‘lgan bali va 
test natijalarini umumlashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalardan iborat bo‘ladi.
Adaptiv testlarning asosiy guruhini piramidali adaptiv testlar tashkil etib, 
qo‘llanish maqsadiga ko‘ra: o‘rtacha og‘irlikdagi, tahsil oluvchining tanlashiga 
ko‘ra aralash, topshiriqlar bankidan faqat qiyin darajali bo‘lishi mumkin.
Adaptiv testlar ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishning modulь-kredit 
paradigmasida muvaffaqiyatli qo‘llanishi mumkin. Buning uchun pedagog bitta 
mavzu, bob, bo‘lim, kurs mazmuni bo‘yicha turli qiyinchilik darajadagi bir necha 
variantli test topshiriqlarini tuzish va amalda qo‘llash mahoratiga ega bo‘lishi 
lozim.
Mezonli-mo‘ljal olish testlari tahsil oluvchilarning umumiy tayyorgarlik 
darajasi, mazkur kursning o‘qitilish sifati, pedagogning pedagogik mahorati, 
ta’lim-tarbiya jarayoni samaradorligini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi.
Mazkur test topshiriqlarini tuzish uchun avvalo o‘quv kursi mazmuni DTS 
asosida tahlil etiladi, bilim, ko‘nikma va malakalar aniqlanadi, ularni aniqlash 
uchun topshiriqlar majmuasi tuziladi, mazkur topshiriqlar test topshiriqlariga 
aylantiriladi va sinov o‘tkaziladi, pirovard natijada tahsil oluvchilarning shu 
kursni o‘zlashtirish darajasi yuzasidan xulosa tayyorlanadi.
Mezonli-mo‘ljal olish test sinovlari orqali tahsil oluvchilarning bilimlaridagi 
bo‘shliqlar aniqlanadi va ularni bartaraf etish yo‘llari aniqlanadi.

Yüklə 5,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin