Reproduktiv daraja;
Produktiv daraja;
Qisman-izlanishli daraja;
Ijodiy (kreativ) darajada bo‘lishi mumkin.
Reproduktiv darajadagi test topshiriqlari
tahsil
oluvchilarning
tomonidan
yodda saqlangan bilim, ko‘nikma va malakalarni
tanish odatiy vaziyatda
axborotlarni qayta ishlamasdan javob qaytarishni talab etadi. Bu darajada tuzilgan
testlar tahsil oluvchilar
tomonidan o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalarni
aniq baholash imkonini bermaydi.
Produktiv darajada
tuzilgan test topshiriqlari tahsil oluvchilar
tomonidan
o‘rganilgan ob’ektlarni qiyoslash, o‘xshashlik
va farqlarni aniqlash, umumiy
xulosa chiqarish orqali javob berishni talab etadi.
Qisman-izlanishli darajadagi
test topshiriqlari tahsil
oluvchilar tomonidan
o‘rganilgan ob’ektlarning xususiyatlarini boshqa ob’ektga ko‘chirish, mazkur
ob’ektlarni taqqoslab, keyingi ob’ektning o‘ziga xos xususiyatlari haqida xulosa
chiqarish, qisman izlanish olib borishni talab etadi.
Tahsil oluvchilar tomonidan mazkur darajadagi
test topshiriqlariga javob
berishdan avval o‘zlashtirilgan bilimlar yangi vaziyatlarga ko‘chiriladi.
Ijodiy (kreativ) darajada
tuzilgan test topshiriqlari tahsil
oluvchilar
tomonidan ijodiy fikr yuritish ko‘nikmalariga ega bo‘lish,
mazkur test
topshiriqlarini bajarish
jarayonida tahsil
oluvchilar tomonidan
avval
o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalarni yangi kutilmagan vaziyatlarda
qo‘llashni talab etadi.
Dastlabki reproduktiv va produktiv darajadagi test topshiriqlari o‘quv fan
bo‘yicha tasdiqlangan DTSning minimal darajasiga,
qisman-izlanishli va ijodiy
(kreativ) darajadagi test topshiriqlari DTSning maksimal darajasiga mos tuzilishi
zarur.
Dostları ilə paylaş: