Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги Наманган давлат университети


mezonlar  bo‘yicha tahlil qilinadi: 1



Yüklə 5,1 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/126
tarix19.12.2023
ölçüsü5,1 Kb.
#185510
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   126
IUM qollanma Metodika bo\'yicha

mezonlar 
bo‘yicha tahlil qilinadi:
1.
 
Test topshiriqlarining qiyinlik darajasi mezoni. 
Test topshiriqlarining qiyinlik darajasi mezoni o‘rganilayotgan ob’ektning 
xususiyatlarini o‘zida to‘liq aks ettirib, u tahsil oluvchilar tomonidan mazkur 
xususiyatlarni aniqlash uchun bajaradigan aqliy operatsiyalariga ko‘ra: 



Reproduktiv daraja;



Produktiv daraja;



Qisman-izlanishli daraja;



Ijodiy (kreativ) darajada bo‘lishi mumkin.

Reproduktiv darajadagi test topshiriqlari 
tahsil
 
oluvchilarning tomonidan 
yodda saqlangan bilim, ko‘nikma va malakalarni tanish odatiy vaziyatda 
axborotlarni qayta ishlamasdan javob qaytarishni talab etadi. Bu darajada tuzilgan 
testlar tahsil oluvchilar
tomonidan o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalarni 
aniq baholash imkonini bermaydi.
Produktiv darajada 
tuzilgan test topshiriqlari tahsil oluvchilar
 
tomonidan 
o‘rganilgan ob’ektlarni qiyoslash, o‘xshashlik va farqlarni aniqlash, umumiy 
xulosa chiqarish orqali javob berishni talab etadi.
Qisman-izlanishli darajadagi 
test topshiriqlari tahsil
 
oluvchilar tomonidan 
o‘rganilgan ob’ektlarning xususiyatlarini boshqa ob’ektga ko‘chirish, mazkur 
ob’ektlarni taqqoslab, keyingi ob’ektning o‘ziga xos xususiyatlari haqida xulosa 
chiqarish, qisman izlanish olib borishni talab etadi.
Tahsil oluvchilar tomonidan mazkur darajadagi test topshiriqlariga javob 
berishdan avval o‘zlashtirilgan bilimlar yangi vaziyatlarga ko‘chiriladi.
Ijodiy (kreativ) darajada 
tuzilgan test topshiriqlari tahsil
 
oluvchilar 
tomonidan ijodiy fikr yuritish ko‘nikmalariga ega bo‘lish, mazkur test 
topshiriqlarini bajarish 
jarayonida tahsil 
oluvchilar tomonidan 
avval 
o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalarni yangi kutilmagan vaziyatlarda 
qo‘llashni talab etadi.
Dastlabki reproduktiv va produktiv darajadagi test topshiriqlari o‘quv fan 
bo‘yicha tasdiqlangan DTSning minimal darajasiga, qisman-izlanishli va ijodiy 
(kreativ) darajadagi test topshiriqlari DTSning maksimal darajasiga mos tuzilishi 
zarur.

Yüklə 5,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin