Test topshiriqlariga qo‘yiladigan talablar. Test topshiriqlariga quyidagi talablar qo‘yiladi:
Test topshirig‘i mazmunining to‘g‘riligi;
Savolning mantiqiy jihatdan to‘g‘ri tanlanishi;
Test topshirig‘i shaklining to‘g‘riligi;
Test topshirig‘ining savol va javobning qisqaligi;
Test topshirig‘i elementlarining to‘g‘ri joylashganligi;
Test topshirig‘ining to‘g‘ri javoblari bir xil baholanishi;
Tahsil oluvchilarga test topshirig‘ining bajarish bo‘yicha bir xil ko‘rsatma
berilishi;
Ko‘rsatmalarning test topshirig‘i va mazmuniga mosligi.
Bundan tashqari test topshiriqlari Davlat test markazi tomonidan belgilangan
talablarga javob berishi lozim.
Test topshiriqlarini tuzishda mazmun asosiy o‘rinni egallaydi, shu sababli
o‘quv kursi mazmunidagi bilimlarni aniqlash va ularga mos o‘quv maqsadlariga
erishish darajasini belgilaydigan test topshiriqlarini tuzish maqsadga muvofiq.
Test metodining keng tarqalishi, rivojlanishi va takomillashuviga uning
quyidagi afzalliklari:
Test topshiriqlari tadqiqot maqsadiga muvofiq respondentlarning bilim,
ko‘nikma va malakalariga aniq baholash imkonini beradi;
Ijtimoiy so‘rovlarda ishtirok etgan ko‘psonli respondentlarning fikr va
mulohazalarini aniqlash va umumlashtirish imkoniyati mavjud;
Tahsil oluvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini aniqlash va baholash
jarayoni ob’ektiv amalga oshiriladi, baholovchi tomonidan sub’ektivizmga yo‘l
qo‘yish oldini oladi.
Turli guruh respondentlaridan olingan ma’lumotlarni qiyosiy-statistik
tahlilini o‘tkazish imkon berishi kabilar zamin yaratgan.
Test topshiriqlarining yalpi joriy etishdan avval, tanlangan maqsadli guruhda
sinovdan o‘tkazish, olingan natijalar va baholashning ob’ektivligi tahlil qilinishi
lozim.
Olingan natijalar va testlarning maqsadga muvofiqligi quyidagi