Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги Наманган давлат университети



Yüklə 5,1 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/126
tarix19.12.2023
ölçüsü5,1 Kb.
#185510
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   126
IUM qollanma Metodika bo\'yicha

2.
 
Test topshiriqlarining tabaqalashtirish mezoni. 
Tahsil oluvchilar tomonidan qiyinchilik darajasi va mazmunan bir xil test 
topshiriqlarni bajarish orqali olingan natijalariga muvofiq tabaqalashtirish mezoni 
ularni kuchli, o‘rta va kuchsiz guruhlarga ajratish mumkin.
Mazkur tabaqalashtirish orqali tahsil oluvchilar tomonidan o‘zlashtirgan 
bilim, ko‘nikma va malakalardagi tipik kamchiliklar va bo‘shliqlarni aniqlash, 
ularga barham berish yo‘llarini topish imkonini beradi.
Pedagogik testlar 
bu qiyinchilik darajasi bo‘yicha o‘sib boruvchi,
 
o‘ziga xos 
shaklga ega, tahsil oluvchilarning muayyan mazmun yuzasidan tayyorgarlik 
darajasini sifatli va samarali nazorat qilish va baholashga imkon beradigan 
topshiriqlar tizimi sanaladi.
Topshiriqlar tizimi 
deyilganda,
 
muayyan mavzu,
 
bob,
 
bo‘lim yoki
 
kurs 
mazmunini o‘zida mujassamlashtirgan va tizim hosil qiluvchi xususiyatga ega 
bo‘lgan o‘qituvchi tomonidan tanlangan topshiriqlar majmuasi tushuniladi.


Test topshiriqlarining o‘ziga xos shakli 
oddiy savol-javobdan
 
farq qilib, 
test topshirig‘i savollari va javoblari qisqa va lo‘nda bo‘lishi bilan izohlanadi.
Test topshiriqlarining muayyan mazmuni 
deyilganda kurs
 
mavzulari va 
ularning mazmunidagi nazorat qilinishi lozim bo‘lgan o‘quv materiallari 
tushuniladi.
Test topshiriqlarining o‘sib boruvchi qiyinlik darajalari 
tizim shaklida 
mujassamlashtirilgan topshiriqda dastlabki testlar reproduktiv, produktiv, 
keyingilari qisman-izlanishli va ijodiy (kreativ) bo‘lishi nazarda tutiladi. Test 
topshiriqlarining qiyinlik darajasi ko‘rsatkichlari tizim hosil qiluvchi, shu bilan 
bir qatorda topshiriqlar strukturasini aniqlovchi omil sanaladi.

Yüklə 5,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin