Nazorat savollari 1.
Bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiya tushunchasi.
2.O‘quvchilarning o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va kompetensiyalarni
baholash.
3.
O‘quvchining o‘quv faoliyati monitoringini olib borish mezonlari.
5 ma’ruza. Informatika va axborot texnologiyalari fanidan testlarni tuzish metodikasi 1.
Informatika va axborot texnologiyalari fanidan ishlab chiqiladigan test
topshiriqlariga qo‘yiladiladigan asosiy talablar.
2.
Informatika
va
axborot
texnologiyalari
fanidan
tuzilgan
test
topshiriqlarini echish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar. O‘quvchilar o‘zlashtirgan bilim va
ko‘nikmalarini baholash vositalari.
Tayanch iboralar: Testologiya fani,
sinov,
test topshiriqlari,
reproduktiv
daraja, produktiv daraja, qisman-izlanishli daraja, ijodiy (kreativ).
Informatika va axborot texnologiyalari fanidan ishlab chiqiladigan test topshiriqlariga qo‘yiladiladigan asosiy talablar. O‘qituvchilar pedagogik faoliyatida vujudga kelayotgan mazkur
qiyinchiliklar o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma
va malakalarni aniqlash va ularni baholash uchun foydalaniladigan nazorat
topshiriqlarini xilma-xillashtirish jarayonida vujudga kelayotganligi sababli, shu
muammoni o‘quv qo‘llanmada yoritish lozim deb topildi.
Testologiya – (inglizcha so‘zdan olingan bo‘lib, test - sinov), yunoncha logos
- bilim) so‘zlari birikmasidan iborat.
Testologiya fanlararo fan bo‘lib, ilmiy asoslangan va sifatli diagnostik
o‘lchov metodikasi haqidagi fan sanaladi.
Psixologiyada
testologiyaning
mazmuni
asosan
tabaqalashtirilgan
psixometriyaning mazmuniga mos keladi.
Testologiyaning prinsiplari va metodlari psixologiyaning chegarasidan
chiqib, hozirgi kunda pedagogika, tibbiyot, texnika, menedjment sohalarida ham
muvaffaqiyatli qo‘llanib kelinmoqda.
Testologiyani qo‘llashda umumiy xususiyatlar: test topshiriqlarini tuzish
metodikasi, samaradorlik, ishonchlilik bilan bir qatorda har bir fan sohasining
o‘ziga xos xususiyatlari, xususan, fanning ta’lim mazmuni, testlarning mantiqiy
tuzilishi, test sinovining o‘tkazilish maqsadi, kasbiy va umumta’lim bilimlarni
nazorat qilish va baholash tartibi va o‘lchovi ham e’tiborga olinishi lozim.
Hozirgi zamon testologiya fani amaliy fan bo‘lib, tadqiqotchilar oldiga
nazariy muammolar, matematik yondoshuvlar, model va metodlarni tavsiya
etmoqda.