Shuningdek, yakuniy nazorat uchun tuzilayotgan test topshiriqlari o‘zida
kursning nazariy masalalari, tushunchalar, qonunlar va qonuniyatlar, gipotezalar,
faktik materiallar, masala va mashqlarni mujassamlash-tirishi lozim.
8-prinsip. Test topshiriqlari mazmunining tizimliligi prinsipi.
Mazkur prinsipga asosan, test topshiriqlarining mazmunini tanlashda,
mazmun tahsil oluvchilarning o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalarini
nazorat qilishda tizimlilik talablariga javob berishi lozim. Undan tashqari test
topshiriqlarining tizimli mazmuni, bir-biri bilan uzviy bog‘langan bilimlarning
umumiy strukturasini aks ettirishi zarur.
Demak, har bir test topshirig‘i umumiy bilimlar tizimidan uning muayyan
qismini nazorat qilishiga e’tibor qaratish lozim.
9-prinsip. Test topshirig‘i mazmunining variativligi prinsipi.
Test topshirig‘i birinchi marta amaliyotga joriy etilganda, ularning mazmuni
tahsil oluvchilarga ma’lum bo‘lib qoladi va test javoblari xaqidagi axborotning
chetga chiqib ketish hollarining oldini olish uchun, mazkur prinsip test savollari
va javoblarini ko‘p variantli qilish, ularni almashtirib, yangilab turishni taqoza
etadi. Bu holatda test topshiriqlarining mazmuni va uni bajarish qiyinchilik
darajasini saqlash talab etiladi.
Nazorat savollari
1.
Testologiya tushunchasi.
2.
Test topshiriqlariga qo‘yiladiladigan asosiy talablar.
3.
Test tuzish bosqichlari va turlari.
4.
Informatika va axborot texnologiyalari fanidan tuzilgan test
topshiriqlarini echish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar.
Dostları ilə paylaş: