4.
Darsga ajratilgan har bir soat va daqiqalarni tejab, undan unumli
foydalanmoq zarur.
5.
Dars o‘qituvchi va o‘quvchilarning faolligi birligini ta’minlamog‘i
lozim.
6.
Darsda o‘quv materialining mazmuniga oid ko‘rsatmali qurollar,
texnik
vositalar va kompyuterlardan foydalanish imkoniyatini yaratmoq lozim.
7.
Darsda har bir o‘quvchining individual xususiyatlarini ham hisobga olish
maqsadga muvofiqdir.
Ta’lim tizimida eng ko‘p qo‘llaniladigan dars turlari quyidagilar:
YAngi bilimlarni bayon qilish darsi (ma’ruza).
O‘tilgan materiallarni mustahkamlash darsi.
O‘quvchilarning bilim, malaka va ko‘nikmalarini tekshirish va baholash
darsi.
Takrorlash – umumlashtiruvchi va kirish darslari.
Aralash dars (yuqoridagi dars turlarining bir nechtasini birga
qo‘llanishi).
Har bir dars turining ma’lum tuzilishi va xususiyatlari bor, bu narsa
o‘qituvchining o‘quv materialini to‘g‘ri va samarali tushuntirishiga, mustahkam
esda qoldirishga, takrorlashga va uning o‘zlashtirishini
nazorat qilib borishiga
yordam beradi. Maktablarimizda eng ko‘p qo‘llaniladigan dars turlaridan biri –
yangi bilimlarni bayon qilish darsidir. Bu dars turi quyidagicha tuziladi:
yangi bilimlarni bayon qilish;
yangi bilimlarni mustahkamlash;
yangi bilimlar ustida ishlash;
yangi bilimlarga bog‘liq holda uy vazifalari topshirish.
Demak, dars boshidan oxirigacha bir dars turi bilan olib borilmaydi, balki shu
darsda yangi bilimni bayon qilish bilan birga uni mustahkamlash (savol-javob),
yangi bilimlar ustida mashq o‘tkazish (masala va misollar echdirish, grafik ishlari
olib borish), uyga vazifa (boshqa bir dars elementini tushuntirish, yo‘l-yo‘riqlar
ko‘rsatish va h. k) kabi boshqa elementlarning bo‘lishi ham mumkin. SHunga
qaramay, darsdan ko‘zlangan maqsad o‘quvchilarga yangi bilim berishga
qaratilgan bo‘lsa, butun didaktik usullar shunga buysundiriladi. SHuning uchun
ham bunday dars yangi bilim berish darsi deb ataladi.
Dars tuzilishi u yoki bu dars turining tuzilishini, uning qismlarini anglatadi.
Biroq, dars turlari tuzilishidagi har qanday qism –
didaktik usul, dars tuzilishi
bo‘lavermaydi. U o‘qitish usuli bilan bog‘langandagina dars tuzilishini tashkil
qiladi. YA’ni dars tuzilishining o‘zgarishi bilanoq dars olib borish usuli ham
o‘zgaradi.
Darsning tuzilishi qo‘yilgan
maqsadlarga, o‘rganilayotgan materialning
mazmuniga, ta’limning darsda qo‘llanadigan metodlari va usullariga,
o‘quvchilarning tayyorgarlik va kamolat darajasiga, darsning o‘quv jarayonidagi
o‘rniga bog‘liqdir.
Dars tuzilishini biridan ikkinchisiga o‘tishi va shu orqali darsning shakli
hamda usullarining o‘zgarishi dars bosiqichi deb yuritiladi. Masalan, aralash dars
turining tuzilishi:
uy vazifalarini so‘rash, tekshirib ko‘rish;
yangi materiallarni bayon qilish;
yangi materiallarni mustahkamlash;
uy vazifalarini topshirishni o‘z ichiga oladi. Bunda:
a)
uy vazifalarini ko‘rish, suhbat (savol-javob), misol va masalalar ishlatish
yo‘li bilan olib borilishi mumkin. Bu dars tuzilishining birinchi qismi, darsning
birinchi bosqichi;
b) yangi materiallarni bayon qilish jarayonida o‘qituvchi tushuntirish, hikoya
qilish, maktab ma’ruzasi, suhbat kabi usullardan foydalanishi mumkin. Bu – dars
tuzilishining ikkinchi qismi, darsning ikkinchi bosqichi;
v) yangi materiallarni mustahkamlash
jarayonida suhbat, mashq qildirish,
kitob bilan ishlash usullaridan foydalanish mumkin. Bu – dars tuzilishining uchinsi
qismi, uchinchi bosqichi;
g) uy vazifalarini topshirish jarayonida tushuntirish. Suhbat usulidan
foydalanish mumkin. Bu – dars tuzilishini to‘rtinchi qismi, darsning to‘rtinchi
bosqichidir. YUqorida ko‘rib o‘tilgan dars turlarining hammasi o‘z tuzilishiga ega
bo‘lganidek, ma’lum bosqichlarga ham ajraladi.
Takroriy-umumlashtiruvchi dars, odatda, dasturning ma’lum bir qismi yoki
yirik mavzu o‘tib bo‘lganidan keyin ishlatiladi. Bunda o‘tilgan materiallarni
takrorlash – qayta esga tushirish va mustahkamlash maqsadida o‘tilgan mavzularni
qamrab olgan va bir-biriga bog‘liq bo‘lgan savollar orqali umumlashtirish nazarda
tutiladi.
Dostları ilə paylaş: