Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги Наманган давлат университети



Yüklə 5,1 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/126
tarix19.12.2023
ölçüsü5,1 Kb.
#185510
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   126
IUM qollanma Metodika bo\'yicha

Tashkiliy qism



O‘tilgan mavzuni takrorlash (mustahkamlash);



YAngi mavzuni tushuntirish;



YAngi mavzuni mustahkamlash;



O‘quvchilarni baholash;



Uyga vazifa berish.

Dars ishlanmasini tayyorlashda o‘qituvchi darsning har bir qismini e’tiborga 
olishi maqsadga muvofiq. Dars ishlanmasi hamma o‘qituvchida bo‘lishi shart. 
Lekin dars ishlanmasi qanday hajmda, necha varaqdan iborat bo‘lishi 
o‘qituvchining mahoratiga bog‘liq. Bunda hamma o‘qituvchi uchun bir xil 
chegara, cheklanish o‘rnatib bo‘lmaydi. Dars ishlanmasi qo‘lyozma va 
kompyuterda yozilishi ham mumkin.
O‘quv jarayonini loyihalashtirish hozirgi zamon sharoitida, yuqori malakali 
kadrlarni tayyorlashda, o‘qitishning hozirgi zamon tizimlari va yangi pedagogik 
tehnologiyalari asosida amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir. O‘quv jarayonini 
loyihalashtirishda ta’lim mazmunini, ta’lim maqsadini, kutilayotgan natijani 
to‘g‘ri belgilash, ta’lim metodlari, shakllari va vositalarini to‘g‘ri tanlash, 
o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini baholashni aniq mezonlarini 
oldindan ishlab chiqish, mashg‘ulotga ajratilgan vaqt ichida ularni to‘g‘ri amalga 
oshirish va bir-biri bilan uyg‘unlashuviga e’tiborni qaratish maqsadga muvofiqdir.
Ta’lim jarayonini loyihalashtirish quyidagi uch bosqichdan iborat:
1.
 
Ta’lim maqsadlari va natijalarini belgilash;
 
 
2.
 
Natijalar asosida nazorat topshiriqlari va baholash mezonlarini ishlab 
chiqish;
 
 
3.
 
O‘quv jarayonining texnologik xaritasi (dars ishlanmasi)ni ishlab chiqish.
 
 
Dars ishlanmasini yildan-yilga takomillashtirib va mukammalllashtirib 
borish, yangi metodlarni qo‘llash, yangi materiallarni kiritish bilan yangilab turish 
lozim. Har bir darsning o‘quv maqsadlari oldindan aniqlanishi lozim. Aniqlangan 
o‘quv maqsadlari, dars mazmuni bo‘yicha qaysi materiallarni tanlash, uni


o‘tkazish bo‘yicha qanday metodik va didaktik materiallardan foydalanish 
lozimligini belgilab beradi. SHunday qilib, har qanday ta’lim jarayonida o‘quv 
maqsadlari ta’lim mazmuni, metodlari va vositalari belgilanadi. Kutilayotgan 
natijalar - biror bir mavzuga yoki biror bir bo‘limga oid dars bo‘yicha o‘lchanishi 
mumkin bo‘lgan aniq yakuniy bilim, ko‘nikma va malakalarni ifodalaydi.
Kutilayotgan natijalar aniq ifoda etilganligi tufayli ta’lim jarayonida muhim 
o‘rin tutadi. Ular biror-bir mavzuga yoki biror-bir bo‘limga oid dars bo‘yicha 
o‘lchanishi mumkin bo‘lgan aniq yakuniy bilim, ko‘nikma, malaka va hulqni 
ifodalaydi. SHuning uchun ularni ifodalashda, maqsadlar bilan birga ularga 
erishish ko‘rsatkichlarini, baholash mezonlarini va bu natijalarga erishish uchun 
lozim bo‘lgan shart-sharoitlar tavsifini berish ham lozim bo‘ladi.

Yüklə 5,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin