Al-Xorazmiy birinchi bo‘lib o‘nlik sanoq tizimining prinsiplarini va unda
turli amallar bajarish qoidalarini asoslab berdi. Bu esa hisoblash ishlarini
ixchamlashtirish va osonlashtirish imkonini yaratadi. CHunki bu bilan o‘sha
davrda qo‘llanib kelingan rim raqamlari va sonlarni so‘z orqali yozib bajarishdagi
noqulayliklar bartaraf etildi.
Al-Xorazmiyning ilmiy asarlari fanga algoritm tushunchasining
kiritilishiga sabab bo‘ldi.
Algoritm nima? Umuman olganda uni aniq ta’riflash mushkul. Lekin,
algoritmning mohiyatini aniq va qat’iyroq tushuntirishga harakat qilamiz.
Algoritm deganda biror maqsadga erishishga
yoki qandaydir masalani
echishga qaratilgan buyruqlarning aniq, tushunarli, chekli hamda to‘liq
tizimi
tushuniladi.
Algoritmga quyidagicha ta’rif berishimiz ham mumkin: algoritm deb aniq
natijaga olib keladigan amallarning cheklangan ketma-ketligiga aytiladi.
Algoritmning xizmati nimadan iborat?
Algoritmlar-bu bilimlar ustida fikrlash va uni etkazib berishdan iborat.
Haqiqatdan ham kimdir qandaydir masalani echishni o‘ylab topib va uni
boshqalarga aytmoqchi bo‘lsa, u holda u o‘ylab
topgan echimini shunday
tasvirlashi kerakki, natijada boshqalar ham uni tushunsin, hamda shu tasvirga
ko‘ra, boshqalar ham masalani to‘g‘ri echishsin. SHuning uchun tasvir bir necha
talablarga bo‘ysinishi kerak.
Agar echimning tasviri aniq bo‘lmasa, ya’ni mujmal bo‘lsa,
u holda shu
tasvirga asosan boshqa javobni olish mumkin. CHunki, har kim masala
yechimining tasvirini noaniq mujmal joyini o‘zisha aniqlashtirishi mumkin.
Bunday tasvirni algoritm deb bo‘lmaydi. Algoritmlarga misol sifatida taomlar
tayyorlash
retseptlarini, formulalarni, turli avtomatik qurilmalarni ishlatish
yo‘lini, mexanik yoki elektron o‘yinchoqlarni ishlatish bo‘yicha yo‘riqnomalarni,
ko‘cha harakati qoidalarini keltirish mumkin. Algoritmga ba’zi
bir misollar
keltiramiz:
Dostları ilə paylaş: