2.
Tarmoqlanuvchi algoritmlar.
Biror shartning bajarilishi bilan bog‘liq
ravishda tuziladigan algoritmlarga tarmoqlanuvchi algoritmlar deyiladi.
Tarmoqlanuvchi algoritmlar hisoblashlar ketma-ketligini aniqlaydigan
shartlarni o‘z ichiga oladi. Blok-tuzilma ko‘rinishida bo‘lishi shuni bildiradiki,
blok-tuzilmada hech bo‘lmaganda bitta romb ishtirok etadi. Masalan: ko‘chaga
qanday kiyimda chiqishimiz ob-havoga, avtomatdan sharbatli yoki mineral suv
ichishimiz esa unga qancha so‘mlik «jeton» tashlashimizga bog‘liqdir.
YUqorida keltirilgan «Svetofor» algoritmi ham tarmoqlanuvchi algoritmga
misoldir.
1-misol. Y=max(a,b). Agar a
b shart bajarilsa, u holda a maksimum, aks
holda b maksimum bo‘ladi.
2-misol. Y=min(a,b). Bu erda agar a
b shart bajarilsa u holda b, aks
holda a minimum bo‘ladi.
3.
Takrorlanuvchi (siklik) algoritmlar.
Ma’lum bir shart
asosida
algoritmda bir necha marta takrorlanish yuz beradigan jarayonlar ham
ko‘plab uchraydi. Masalan, yil fasllarining har
yili bir xilda takrorlanib kelishi, har haftada
bo‘ladigan
darslarning
kunlar
bo‘yicha
takrorlanishi va hokazo. Demak, takrorlanuvchi
algoritmlar deb shunday algoritmlarga aytiladiki,
unda bir yoki bir necha amallar ketma-ketligi bir
necha marta takrorlanadi, bu ketma-ketlik
tarmoqlardan iborat bo‘lishi ham mumkin.
Dostları ilə paylaş: