Ba’zan chiziqlar oldida ushbu yo‘nalish qanday sharoitda tanlanganligi
yozib qo‘yiladi. Axborot oqimining asosiy yo‘nalishi tepadan pastga va chapdan
o‘ngga ketadi. Bu hollarda chiziqlarni ko‘rsatmasa ham bo‘ladi, boshqa hollarda
albatta chiziqlarni qo‘llash majburiydir. Blokka nisbatan oqim chizig‘i kiruvchi
yoki chiquvchi bo‘lishi mumkin. Blok uchun kiruvchi chiziqlar soni
chegaralanmagan. CHiquvchi chiziq esa mantiqiy bloklardan boshqa hollarda
faqat bitta bo‘ladi. Mantiqiy bloklar ikki va undan ortiq oqim chizig‘iga ega
bo‘ladi. Ulardan har biri mantiqiy shart tekshirishining mumkin bo‘lgan
natijalarga mos keladi.
O‘zaro kesiladigan chiziqlar soni ko‘p bo‘lganda va yo‘nalishlari ko‘p
o‘zgarganda tuzilmadagi ko‘rgazmalik yo‘qoladi. Bunday hollarda axborot oqimi
chizig‘ini uzishga yo‘l qo‘yiladi, uzilgan chiziq uchlariga "birlashtiruvchi" belgisi
qo‘yiladi. Agar uzilish bitta sahifa ichida bo‘lsa, O belgisi ishlatilib, ichiga ikki
tarafga ham bir xil harf-raqam belgisi qo‘yiladi. Agar tuzilma bir necha sahifaga
joylansa, bir sahifadan boshqasiga o‘tish "sahifalararo bog‘lanish" belgisi
ishlatiladi.
Algoritmlarni asosan 3 turga bo‘lish mumkin:
1)
CHiziqli algoritmlar;
2)
Tarmoqlanuvchi algoritmlar;
3)
Takrorlanuvchi algoritmlar.
Dostları ilə paylaş: