Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги Наманган давлат университети



Yüklə 5,1 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/126
tarix19.12.2023
ölçüsü5,1 Kb.
#185510
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   126
IUM qollanma Metodika bo\'yicha

VI.
Dars tipologiyasi.
1-tip. 
YAngi materialni o‘rganish darsi
2-tip. 
Bilimlar,
 
ko‘nikmalarni qo‘llash va
 
mukammallashtirish darsi.
3-tip. 
Bilimlarni umumlashtirish va
 
tizimlashtirish darsi.
4-tip. 
Bilimlar va
 
ko‘nikmalarni tartibga
 
solish va
 
nazorat qilish.
5-tip. 
Aralash dars.
Dars ishlanmasini ishlab chiqish - dars ishlanmasi o‘qituvchi uchun tuzish 
majburiy bo‘lgan hujjatdir. Uni tuzishdan ko‘zlangan asosiy maqsad 
o‘qituvchining dars jarayonidagi faoliyatini rejalashtirish, dars mazmunini 
boyitish, ta’lim samaradorligini oshirishdan iborat.
Dars ishlanmasining tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat. Sana, sinf 
(parallel sinflar uchun bitta mavzu bo‘yicha alohida-alohida dars ishlanmasini 
yozish shart emas, bitta mavzuga bitta dars ishlanmasi yozilsa kifoya. Masalan: 
5-a, b-sinflarda deb ko‘rsatiladi), fan nomi yoziladi. Darsning mavzusi (taqvim-
mavzu reja asosida). Dars maqsadi (darsga qo‘yilgan maqsad 45 daqiqa davomida 
bajariladigan (erishiladigan, aniq hayotiy (real) va dars yakunida baholanadigan 
(o‘lchamli) bo‘lishi maqsadga muvofiq):

Ta’limiy maqsad - dars jarayonida o‘quvchilarda shakllantiriladigan 
bilim, ko‘nikma va malakalar asosida belgilanadi;



Tarbiyaviy maqsad - dars jarayonida o‘quvchilarda qaysi ahloqiy 
sifatlar shakllantirilishi asosida belgilanadi;







Rivojlantiruvchi maqsad - dars natijasida o‘quvchilarda qaysi bilimlar va 
ahloqiy fazilatlar rivojlantirilishi asosida belgilanadi.


Dars turi: (quyidagicha bo‘lishi mumkin: yangi tushuncha, bilimlarni 
shakllantiruvchi; o‘quvchilarning bilim ko‘nikma va malakalarini rivojlantiruvchi; 
umumlashtiruvchi; o‘quvchilar egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarini tahlil 
nazorat qiluvchi darslar). Darsda foydalaniladigan turli xil metodlar (an’anaviy, 
zamonaviy, interfaol kabilar)dan eng yaxshisi bu o‘tilayotgan mavzuning 
o‘quvchilar tomonidan samarali o‘zlashtirilishiga hizmat qiladigani.


Darsda foydalaniladigan jihozlar: tehnik vositalar, ko‘rgazmali va didaktik 
materiallar. Darsni tarkiban quyidagi qismlarga ajratish mumkin:



Yüklə 5,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin