bali va test natijalarini umumlashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalardan iborat bo‘lishi
zarur.
Test topshiriqlarining
yaxlitligi u bir mavzu, bob, bo‘lim yoki kurs
mazmunini qamrab, ularni nazorat qilish imkoniyatiga ega ekanligida ko‘zga
tashlanadi.
Har bir test topshirig‘i yaxlit topshiriqning bir bo‘lagi sifatida muayyan
mazmunni qamrab oladi va ma’lum
bir vazifani bajaradi, shu sababli ularning
birortasini olib tashlash bilimlarni aniqlash jarayoni va sifatiga bevosita ta’sir
ko‘rsatadi.
Test topshiriqlarining strukturasiga topshiriqning o‘zaro aloqadorligini
amalga oshirish orqali erishiladi. Asosan, har bir test topshirig‘i
bir-biri bilan
umumiy mazmun va erishilishi nazarda tutilgan natijalarning umumiy variatsiyasi
orqali bog‘liqligini ko‘rish mumkin.
Standart pedagogik testlar mazmuni va mohiyatiga ko‘ra: gomogen va
geterogen testlarga ajratiladi.
Gomogen testlar bu qiyinchilik darajasi bo‘yicha o‘sib boruvchi, o‘ziga xos
shaklga ega bo‘lib, tahsil oluvchilarning muayyan mazmun yuzasidan tayyorgarlik
darajasi, bilim, ko‘nikma va malakalarini sifatli va samarali nazorat qilish va
baholashga mo‘ljallangan bitta o‘quv kurs bo‘yicha tuzilgan
topshiriqlar tizimi
sanaladi.
Geterogen testlar bu qiyinchilik darajasi bo‘yicha o‘sib boruvchi, o‘ziga xos
shaklga ega bo‘lib, tahsil oluvchilarning muayyan mazmun yuzasidan tayyorgarlik
darajasi, bilim, ko‘nikma va malakalarini sifatli va samarali nazorat qilish va
baholashga mo‘ljallangan bir nechta o‘quv kurs bo‘yicha tuzilgan topshiriqlar
tizimi sanaladi.
Dostları ilə paylaş: