O‘quvchilarning bilim, malaka va ko‘nikmalarini baholash ustozning,
o‘qituvchining muxandis pedagogning uslubiy faoliyatini tarkibiy qismidir.
SHuning uchun ham o‘qituvchi o‘quv sharoitida har bir o‘quvchini diqqat bilan
kuzatib, o‘rganib borish va faoliyatini baholab borishi zarur.
Umumta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi va oliy o‘quv yurtlardagi
texnikaviy, texnologik fanlar bo‘yicha bilim, malaka va ko‘nikmalarini baholash
usullari va shakli asosan bir xildir. Ularda faqat mazmun jihatdan ya’ni amaliyotni,
kasbiy yo‘naltirilganlik, malaka va ko‘nikmalarga bo‘lgan talabning ko‘prog‘i va
boshqalar bilan bog‘liqdir.
Mashinasozlik fanlarini o‘rganishda bilim, malaka va ko‘nikmalarni
baholashning quyidagi turlari mavjud:
Joriy – og‘zaki so‘rash, yozma nazorat ishlari, amaliy ish, o‘qituvchining
kuzatib borishi, dasturli nazorat.
Davriy – har bitta mavzuning o‘tgandan keyin tekshirib borish.
YAkuniy – nazorat ishlari, imtihon va bitiruv ishlari.
O‘quvchilarning bilim, malaka va ko‘nikmalarini nazorat qilishda uchta
asosiy funksiya (vazifa) amaliga oshiriladi: tekshiruvchi, o‘rgatuvchi va
tarbiyalovchi.
Dostları ilə paylaş: