Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги Наманган давлат университети



Yüklə 5,1 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/126
tarix19.12.2023
ölçüsü5,1 Kb.
#185510
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   126
IUM qollanma Metodika bo\'yicha

Tekshiruvi – 
nazorat qiluvchi
 

 
o‘quvchilarning,
 
guruh
 
o‘quvchilarining 
o‘zlashtirganlik darajasini belgilab borish (ya’ni bilimi, malakasi va ko‘nikmasi).
O‘rgatuvchi – 
har bir o‘quvchining bilimi,
 
malakasi va
 
ko‘nikmasini
 
tekshirish natijasida boshqa o‘quvchilar o‘zlarining bilim, malaka va 
ko‘nikmalarini taqqoslaydi va o‘ziga xulosalar chiqaradi. SHu bilan birga 
o‘qituvchi umumiy kamchiliklarga ham to‘xtalib o‘tishi natijasida boshqa 
o‘quvchilarga saboq bo‘ladi.
Tarbiyalovchi funksiyasi – 
tizimli nazorat o‘quvchilarda
 
o‘ziga
 
o‘zi
 
baho 
berishni, imkoniyatlarini tarbiyalaydi va o‘z vaqtlarini to‘g‘ri taqsimlashga 
undaydi.
O‘quvchilarning bilimi, malakasi va ko‘nikmalarini nazorat qilishning eng 
ko‘p tarqalgan shakli og‘zaki so‘rash (shaxsiy, gruppali) dir. Buning keng 
tarqalganligining sababi uni tashkil qilishning osonligi. Lekin buning ham o‘ziga 
xos qiyinchilik tomonlari bor.
Qanday savol berish kerak? Savolning xajmi qanday bo‘lishi kerak? Qancha 
vaqt kerak? Nimani so‘rash kerak? Qachon o‘quvchilar bilan nima qilish kerak? 
va x.k.
Nazorat qilish qanday bo‘lmasin, ularga qo‘yiladigan umumiy talab: 
o‘quvchilarga aniq savollar bilan murojat qilish va bu nazoratga ko‘proq 
o‘quvchilarni jalb etishdir.
O‘quvchilarning kasbiy mahorat yurituvchi ob’ektlari bo‘lib quyidagi ishlab 
chiqarish bilim, malaka va ko‘nikmalari hisoblanadi.
-
o‘quv ishlab chiqarish ishlarini bajarish sifati; 


-
ishlab chiqarish mohiti unumdorligi – vaqt va mahorat; 
-
ishni bajarishda ishlab chiqarish negizlarining usullarini qo‘llay olish; 
-
hozirgi zamon texnika va texnologiyasini qo‘llay olish, ish bajarish; 
-
mustaqil ish bajara olish; 
-
amaliy ishlarni bajarish nazariy bilimlarni qo‘llay olish; 
-
mehnat madaniyati, ish joyi tartibi; 
-
ish bajarish vaqtida texnika xavfsizlik qoidalariga rioya qilish. 
O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalariga o‘qituvchi besh balli 
sistema bo‘yicha baho qo‘yadi. Baho qo‘yishning besh balli sistemasini amalda 
tadbiq etishda so‘zlar bilan ifodalanadigan «a’lo», «yaxshi», «qoniqarli», 
«yomon», «juda yomon» degan baholarni «5», «4», «3», «2», «1» raqamlari bilan 
almashtirish maqsadga muvofiq deb topilgan. Raqamli baholash ko‘proq aniqligi, 
puxtaligi va foydalanish uchun qulayligi bilan farq qiladi.
Quyidagi baho mezonlari belgilab chiqilgan. 
O‘quv materialini butun tafsilotlari bilan bilish va tushunish, materialni 
izchil, mantiqan bog‘langan holda xatosiz bayon etish, xisob-kitob va grafika 
ishlarini namunali bajarish, mehnat topshiriqlarini bajarish vaqtida olingan ilmiy-
texnikaviy bilimlarni mustaqil, dadil va to‘g‘ri tadbiq etish, mehnat usullarini 
to‘g‘ri bajarish (mehnat va hunar ta’limi dasturining talablari doirasida), 
texnikaviy talablar doirasida sifat ko‘rsatkichlariga rioya qilish, ishni vaqt 
normasi doirasida bajarish «5» baho bilan baholanadi. 
«4» baho butun o‘quv materiallarini bilishi va tushunishi, uni og‘zaki va 
yozma ravishda to‘g‘ri bayon etishi, hisob-kitob va grafika ishlarini to‘g‘ri va 
puxta bajarishi, olingan bilimlardan o‘quv-mehnat topshiriqlarini, berilgan ishni 
belgilangan vaqt normasiga muvofiq o‘z vaqtida bajarilganligi uchun qo‘yiladi. 
«3» baho programmadagi asosiy materialni bundan keyingi o‘quv-mehnat 
vazifalarini bajarishga imkon beradigan xajmda bilishi va tushunishi, o‘quv 
materialini birmuncha xato va kamchiliklar bilan, o‘qituvchining ozgina yordami 
orqali sodda qilib bayon etishi, mehnatni tashkil etishda bir oz kamchiliklar 
bo‘lgan holda belgilangan vaqt normasini 75% bajargani uchun qo‘yiladi. 
«2» balli baho programma materialining ko‘p qismini yaxshi tushunmaslik, 
uni qo‘pol xatolar bilan bayon qilish, hisob-kitob va grafika ishlarini etarli 
darajada bajarmaslik, olingan bilimlarni xatolarga yo‘l qo‘yib tatbiq etish, mehnat 
operasiyalarini ko‘p xatolar bilan bajarish, mehnatda belgilangan sifat 
ko‘rsatkichlarini ta’minlay olmaslik uchun qo‘yiladi. 
Butun programma materialini bilmaslik va tushunmaslik, o‘tilgan materialni 
bayon qilib bera olmaslik, olingan bilimlardan amalda foydalana bilmaslik, 
mehnat usullarini qo‘llay olmaslik, xatoga yo‘l qo‘yish uchun «1» baho qo‘yiladi. 
Baholashni tarbiyaviy rolini oshirish masalasi diqqatga sazovordir. SHu 
munosabat bilan o‘qituvchilar qo‘ygan baholarini izohlab berishi muhimdir. Bu 
hol o‘quvchilarga o‘z bilimlaridagi kamchiliklarini, amaliy ishlaridagi 


nuqsonlarini bilib olishlariga yordam beradi. Baholashni muntazam izohlab borish 
ularning ta’limiy rolini oshiradi. 

Yüklə 5,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin