Tayanch tushunchalar:
Kompetensiyalarni baholash.
Bilim,
ko‘nikma.
Ta’lim samaradorligi
O‘quvchilarning informatika va axborot texnologiyalari fanidan
o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va kompetensiyalarni
baholashga qo‘yiladigan talablar
.
O‘quv-tarbiyaviy jarayon – bu boshqariladigan
va rostlanadigan
jarayon bo‘lib, o‘qituvchi, ustoz o‘quvchilardagi bilim, ko‘nikma, malaka va
kompetensiyalarni son va sifat jihatdan haqqoniy baholash va o‘quv-tarbiyaviy
jarayonda olingan natijalarganiga qarab o‘zgartirishlar
kiritib borish bilan birga
o‘zining faoliyatiga ham tavsif beradi.
Bilim –
nazariy va amaliy faoliyat natijasida
o‘rgangan,
esda
saqlab
qolingan, qabul qilingan va fikrlashtirilgan hodisa
va predmetlar haqidagi
tushunchalar tizimidir.
Bilimlar o‘z navbatida tizimli va tizimsiz,
nazariy va amaliy, keng va tor,
chuqur
va yuzaki, moslanuvchan va shablonli,
mustahkam va mustahkam
bo‘lmagan turlariga bo‘linadi. Bularning ichida kasbiy ta’lim natijasida hosil
bo‘ladigan nazariy va amaliy bilimlarni oshirish mumkin. CHunki,
nazariy
bilimlar narsalarning (predmetlar) etarli darajadagi xususiyatlarini texnika va
texnologiyalardan hodisasini (yavleniy) va ularning ob’ektiv
munosabatini
bildiradi.
Dostları ilə paylaş: